Sizni mendan ortiq sevsalar sevgi haqida sher

Sizni mendan ortiq sevsalar
Sizni mendan ortiq sevsalar

Mayli, yuragimni vayron qilsalar,
Sevishimni balki ermak bilsalar.
Barchasiga ko‘ngan bo‘lardim, agar,
Sizni mendan ortiq sevsalar...

Sog‘inchli hayolga cho‘mayin, mayli,
O‘ngimni tushimga berayin, mayli,
Ko‘nglimga armonni ko‘mayin, mayli,
Sizni mendan ortiq sevsalar...

Mayli, nigohingiz dilimga armon,
Meni qiynayvering yuborib hijron,
Suratingiz qalbda yashar jovidon,
Sizni mendan ortiq sevsalar...

Hamon yodimdadur o‘sha ilk bo‘sa,
Roziman dilimni tig‘ kabi tilsa,
Darbadar ketarman ag‘yorlar bilsa,
Sizni mendan ortiq sevsalar...

Fikr qo'shish