Mulohaza uchun

Mulohaza uchun
Mulohaza uchun

Men shaharda do‘konda ishlayman. Bir kuni ishdalik paytimda onam telefon qildilar.
- Assalomu alaykum Onajon!
- Va alaykum assalom, Iqboljon yaxshimisan bolam? Bolalarim xam yaxshimi, kelinim xam ishiga borib kelyaptimi?
- Ha, rahmat onajon. Dadam yaxshimilar, ukam, kelin hammalari yaxshi yurishibdimi?
- Tuzuk xammasi yaxshi, o‘zim ham yaxshiman bolam.
- Ha onajon, tinchlikmi, telefon qilibsiz?!
- Tinchlik bolam, ertaga shanba kelasizlarmi, deb telefon qilgandim.
- Ertaga bo‘laversin-chi oyijon, vaziyatga qarab aytaman-da, ishim chiqib qolmasa albatta boramiz.
- Ha ishqilib, ishing chiqib qolmasinda bolam, bilasan-ku sog‘inib qolaman.
- Ho‘p oyijon, Xudo hohlasa borarman. Mayli hayr, yonimda odam bor edi... Keyinroq o‘zim telefon qilaman...
Telefonni stolga qo‘yishim bilan, do‘konimga haridor bo‘lib kirgan, notanish kishi ko‘zimga qaradi.
Yuzlari qandaydir ma’yus, hiyol kulgancha:
- Onangizmilar? - deb so‘radi.
- Ha onam...
- Ular boshqa joyda yashaydilarmi? - yana savolga tutdi boyagi kishi.
- Ha ular mendan ancha olisda, masofa bilan hisoblaganda 100 km dan oshiqroq uzoqlikda yashaydilar..
- Ha-a, shunaqami? Demak, 100 km deng... Bir gap aytsam hafa bo‘lmaysizmi?
- Yo‘q hafa bo‘lmayman, aka bemalol, - dedim hayron bo‘lib.
- Agar menda shunday imkon bo‘lganida uka, 100 km ekan-ku, 1000 km bo‘lsa ham, har kun borib qaytishga tayyor edim...Qani meni ham Onam hayot bo‘lsalar, qani endi ular ham sizni onangiz kabi qo‘ng‘iroq qilib, yonlariga chaqirib, kel bolam desalar, qani endi ularning tizzalariga boshimni qo‘yib uhlay ololsam, qani endi onam boshimni silab duolar qilsalar uka. Afsuski, buni iloji yo‘q! Hech qanday yo‘l bilan ularni qaytara olmayman uka… Onam endi yo‘q!
Sizda esa hayot ekanlar. Uka boring oldilariga, ko‘ngillarini oling, xizmatlarini qiling, keyin men kabi afsus qilmaysiz..Ota- onangizni hayot ekanliklari siz uchun - Baxt!
Notanish kishi onasi xaqidagi armonlarini gapirar ekan ichimdan bir narsa uzilgandek bo‘ldi...
Boyagina onamga borish bormasligim ehtimol deganim yodimga tushib, uyalib ketdim. Beihtiyor yana telefonimni qo‘limga olib, onamni telefon raqamlarini terdim...
- Ha bolam, biror gaping esingdan chiqib qolibdimi?! - deya, qayta qo‘ng‘iroq qilganimga ajablanib so‘radilar onam.
- Ha onajon, ertaga Xudo hohlasa albatta borarkanmiz, shuni aytib qo‘ymoqchi edim.
- Voy Xudoga shukr!
- Ha aytgancha, yana xar safargidek bolalarim kelarkan deb, ertalabdan bir narsalarga unnab yurmang, xech narsa kerak emas, bizga Siz keraksiz!
Onam bilan suhbatlasharkanman, boyagi notanish kishining ko‘zlarida ikki dona yosh tomchilaganini ko‘rdim...

Fikr qo'shish