Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman sevgi haqida she'r

Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman


Yana o‘sha alam, o‘sha iztirob,
Hijron qo‘llarida bo‘ldim-ku xorob,
Dardga shifo bermas hattoki sharob,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Siz uchun egildi tik turgan boshim,
Endi qaro tunlar mening sirdoshim,
Daryodek oqadi ko‘zdagi yoshim,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.


Orzular, adalar uchdi havoga,
Nahot mendek oshiq sig‘mas dunyoga,
Nolalar yetmas-mu qodir xudoga,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Taqdir sinolari ayirdi bizni,
O‘zga yor qo‘liga tutqazdi sizni,
Yurakdan sevgandim bir o‘zingizni,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Besh kunlik dunyodir hammasi yolg‘on,
Bizgacha bu olam kimlardan qolgan,
Siz urur yurakka azoblar solgan,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Baxtingiz tilashdan yo‘q o‘zga choram,
Barcha qizlar ichra tanho, yagonom,
Alvido, alvido mangu durdonam,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Sizni uchratguncha

Qay fursat men sizni ko‘rdim banogoh Endi zarra hijron dilimni g‘ashlar. Buncha yarashmasa o‘zingizga, oh, Munis tabassumu mayus qarashlar......

Eslab yuribman...

Ey ko'zlari shahlo qiz, Ey dunyoda tanho qiz, Sen haqingda bir og'iz So'zlab yuribman......

Internet mish-mishlari

Bu internet degani, Fisq-u fasod olami. Bir qarasang bazida, Odam emas odami......

Ra'no

Xar bitta so‘zingda ming bitta ma'no, Juda aqllisan, juda xam dono, Dunyoni aylanib izladim, ammo, Sendan yaxshisini topmadim, Ra'no....

Men hanuz falakka begonadayman...

Avval hayron qolding, quvonding, kulding, Jim qotding. Ko‘zingga yosh olding birdan. So‘ng begonaday menga termulding, Yig‘i nuqsi urgan nigohing bilan....

Nima kilay, bahtli bulishing uchun

Jonim beray, bahtga tulishing uchun Bahtdan yiglab bahtdan kulishing uchun Orzuim osmoniga olib ketay yur Nima kilay, bahtli bulishing uchun....

Pinxona sevgim hech bo'lmaydi oshkor

Sevgi doim mening ezib bu dilim Ko'zlarim yoshlatib ketar nogahon Go'yoki qonga belaydi ko'nglim Sevgim gullarini yuladi har on......

Muhabbat

Bu dunyo ko'zingga ko'rinsa zulmat, Intizor bo'larsan sevgan yoringga, Boshingga yog'dirsa balo-yu tuhmat, Nomini eslasang sevasan qayta, Olamni sevgiga to'ldirgin hardam, Zulmatni yoritgin chin sevging bilan, Muhabbat yo'lida sen bo'lgin bardam, Armon bo'lib qolmasin senga muhabbat....

Biz bir-birimizni shunday sevaylikki

Biz bir-birimizni shunday sevaylikki, Bizdan sevginglar oxiri nima bo'ldi deb so'rashsa, to'y bo'ldi  deb javob beraylik...!...

Sevgi Dunyosidan izlangiz meni...

Gohi kerak bo'lsam sizlarga agar. Shunchaki dunyodan izlamang meni. Kimgadir yoqarman kimlar suymaydi Ortimdan yomon so'z so'zlamang meni......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    💝💖💞💓❤️💕
    💝💖💞💓❤️💕 18 апреля 2022 06:02
    Seni bir bor ko'rgandim
    K o'zlaringa o'rgandim
    Inkor etib sevgingni
    Seni sevib bo'lgandim

    Sevgilim ko'kdagi bir yulduz bo'lsa
    Qalbimda aytib bo'lmasa o'chmas so'z bo'lsa
    Men unisevsam Meni sevmasa
    Go'zallikda tengsiz go'zal qiz bo'lsa
    Men muhhabatimni qog'ozga bitay
    Sevib sevilmagan oshiqman netay💝💖

    "S" enga aytaymi kimni sevaman
    "A" ytsam yuzinga oshkor aytaman
    "N" ihoyat o'qigan she'rni bosh harifini
    "I" zlab topchi kimni sevaman

    Rashksiz muhabbatni o'zi bo'lmaydi
    Rashkli muhabbat o'tda yonmaydi
    Rashk qilmay deyman u yurak qo'ymaydi
    Sizni o'zgalarga birgim kelmaydi😍😍💝💖💝💖

Fikr qo'shish