Qizlar ismiga sara sherlar to'plami uzbekcha she'r
Muxlisa ismiga sher
M-en dunyoda bir telba oshiq.
U-midlarim sen qizga bog‘liq.
X-ayotim ham ol senga tortiq.
L-ekin sensiz qalbimda og‘riq.
I-zlaganim o‘zingsan faqat.
S-ensiz dunyo go‘yoki zulmat.
A-yro bo‘lsam yuragimda dard.
M-uxlisam sen qalbimdagi baxt.
Zilola ismiga sherlar
Z-iyoda bo‘lsin umringiz,
I-shqqa to‘lsin qalbingiz,
L-oladek betakrorsiz,
O-smonimni oyisiz,
L-obarginam Zilolam,
A-asal qantim bir donam.
Zilola ismiga sher 2
Z-ilola deb har on kutaman,
I-shq dardini ichga yutaman,
L-ozim bo‘lsa Zilolam uchun,
O-rzulardan gullar tutaman,
L-olalarga qiyos chiroying sening,
A-zizam sevganim Zilolam mening.
Zebo ismiga sherlar
Z-avqlanib yozarman sherlarim senga,
E-rtaklar bitayin bizning sevgiga.
B-axt qushi boshimizga qo‘nsin sevgilim,
O-lloh bizni asrasin, chin dildan ilohim.
Ziyoda ismiga sher
Z-orlar qilib yo‘lingiz To‘ssam,
I-ntiq bo‘lib so‘zingiz kutsam.
Y-orim bo‘ling bir umir menga,
O-smonlarga uchaylik birga.
D-ilim kuyar ko‘rmasam sizni,
A-yting jonim sevasizmi Meni.
Zarina ismiga sherlar
Z-or yig‘latib javdiratib qaro ko‘zni,
A-fsus taqdir o‘yin qildi ikkimizni.
R-ashk qilgandim buni gulim tushunmading,
I-sming yozib dildan quvlay xasratimni.
N-etay yo‘lni o‘zim tanlaganman bu kun,
A-rmon ko‘chasida qoldi so‘zim bugun.
Zarina ismiga sher 2
Z-orlanaman yolg‘izman bugun,
A-yt Ollohim yonimga kelsin.
R-uxsorini sog‘inib tun-u kun,
I-ntizorman bir ko‘rib ketgin.
N-etay azob qiynar yuragim,
A-ytolmadim senga sog‘inchim bugun.
Yulduzcha ismiga sherlar
Y-uraging tubiga joylagin meni,
U-chqun kabi porlasin yulduzlarimiz.
L-ablaring g‘unchadek ko‘zlari charos,
D-unyoda yagona gulg‘uncham meni.
U-zoq manzil oralab o‘tsa umrimiz,
Z-or bo‘lib ishqingda kuysam nogahon.
Ch-aros ko‘zlaringdan topsam bir panoh,
A-rmonsiz ko‘z yumsam mayliga nogoh.
Yulduz ismiga sher
Y-olg‘iz yurma yoningda bo‘lay,
U-xlasang gar tushlaring kiray.
L-ablaringdan bo‘salar olib,
D-il so‘zlarim senga men aytay.
U-zun tunlar yonimdasan,
Z-arrin nurli – yulduzimsan.
Xadicha ismiga sherlar
X-ayollarim uchaverar doim sen tomon,
A-garda sen bo‘lmasang axvolim yomon.
D-ardsizman sen bo‘lsang yonimda jonim,
I-shq o‘tida ado bo‘lar kuyib hijronim.
Ch-aros ko‘zing jilosiga oshiqman o‘zim,
A-srayman kel ko‘nglimga bittadir so‘zim.
Umigulsin ismiga sher
U-zun yo‘llar boshida turib,
M-anzilimni izlayman hamon.
I-zlaringni yomg‘irlar yuvgan,
G-o‘zalimni qumsayman hamon.
U-zoq yo‘llar yillarga o‘xshar,
L-ablarimda titraydi so‘zlar.
S-og‘inch qiynar aytmaydi dillar,
I-sxorlarim uchursa yellar.
N-igohingni sog‘indim netay.
Umida ismiga sherlar
U-zun tunlar kutaman seni,
M-ahzun ko‘nglim intizor meni.
I-shq kitobin yozsam kechalar,
D-ilimda tor chalinar mungli.
A-xir seni sevaman bilasan sirli.
Umida ismiga sher 2
U-zun qop-qora sochlaringiz bor,
M-oviy rangli ko‘zlaringiz bor.
I-smimgizda juda ko‘o‘o‘p mano bor,
D-ilingizni toza qalbi beg‘ubor.
A-saldek shirin so‘zlaringiz bor.
Umida ismiga sher 3
U-zun soching tolasiga oshiq o‘zim,
M-ayin labing bollaridan qonsin labim.
I-stamayman sensizlikda yashash azob,
D-unyo ham tor ko‘rinadi sensiz jonim.
A-jib tuyg‘u sevgidir bu go‘zalim mening.
Shoxsanam ismiga sherlar
S-izni sevdim yoningizdan ketolmayman,
H-ar dam o‘ylab visolingiz yetolmayman.
O-smon olis qo‘l uzatsam tutolmayman,
X-ijron bog‘da sizni tashlab ketolmayman.
S-evaman deb aytolmaysiz o‘jarsizda,
A-zob berib zor yuragim ezarsizda.
N-ega buncha chiroylisiz kapalakdek,
A-sal so‘zlab yuragimga kirarsizda.
M-enga bir kun – sevaman deb aytarsizda.
Shohsanam ismiga sher 2
Sh-odligimda bo‘lsang qani yonginamda,
O-ydek to‘lib yursang edi koshonamga.
H-ayot yo‘lin senla birga kezar edim,
S-hamollardek sochlaringni silar edim.
A-rmon bo‘lma yonimda yor bo‘lgin mani,
N-igohingda ko‘zlarimni ko‘rsam qani.
A-jib tunlar tushlaringga kirib olsam,
M-ayin qo‘ling ushlab olib ketsam sani.
Shoxsanam ismiga sher 3
Sh-irin yig‘lar farhodidan arazlab bugun,
O-smon yig‘lar yuzlarimda yoshlari quyun.
X-islarimga jilov bermay ozor berdimmi,
S-ensiz jonim azobdaman kechirgin meni.
A-rmon bo‘lma sevgimizni bog‘ida xazon,
N-urlar sochmay qo‘ydi quyosh qorong‘udaman.
A-ziz bilib sog‘inaman sevgilim mehring,
M-enga yana qayt go‘zalim unut barchasin.
Shaxrizoda ismiga sherlar
S-og‘inch o‘rtar jonimni netay,
H-asratdan shunchalar charchadim bugun.
A-rmon bo‘lma sevgim senga yetay,
X-olim o‘zingga ayon aylama zabun.
R-axm etgil sog‘inganman seni,
I-lojim yo‘q ketmoqqa yiroq.
Z-or etib qoldirma firoqda meni,
A-lam zulmatida bo‘lgin bir chiroq.
D-ardlarimga darmonim bo‘l o‘zing,
A-ldamay sodiq bo‘lib kel o‘zing.
Shahrizoda ismiga sher 2
S-izga dunyo tor kelsa ham ko‘zingizga,
H-asad bilan qarasalar yuzingizga.
A-rmon yo‘qdir bu begunox qalbingizda,
H-afa bo‘lmang do‘stlaringiz yoningizda.
R-axm qilmay ko‘nglingizni og‘ritsalar,
I-nsoniyat tuyg‘ularin xor qilsalar.
Z-axar-xaxar so‘zlarini yog‘dirsalar,
O-rzu qiling baxli kunlar bir kun kelar.
D-ardiz yo‘qdir bilmadim ne yozishni ham,
A-qli ojiz men shoirni – kechiring siz ham.
Shahrizoda ismiga sher 3
Sh-amol sochlaringni silaydi mayin,
A-sta shivirlaydi quloqlaringga.
H-ayolimni olib qo‘yding go‘zalim,
R-anjimagin jonimni beraman senga.
I-ntizordir ko‘zlarim ko‘rmoqqa seni,
Z-erikarli kunlarim o‘tmoqda meni.
O-jiz qalbim faqat senla tirikdir jonim.
D-ilda borim sen o‘zing g‘uncha gulginam,
A-qlu xushim o‘g‘risi sensan sevgilim.
Shaxina ismiga sherlar
Sh-irin lablaringni boliga to‘ymay,
A-tirlaring iforidan mast-u alastman.
X-ayollarim domiga yolg‘iz yasholmay,
I-shqing jodusiga hamroh dargohman.
N-ola qilib yashayman sening ishqingda,
A-gar meni sevaolsang kelgin yonimga.
Shahnoza ismiga sher
S-hiringina kulib boqishing,
H-ayolimni olib qochadi.
A-sal asal so‘zlaring meni,
H-asratlarim so‘zlayveradi.
N-ega buncha go‘zalsan jonim,
O-smondagi oyga o‘xshaysan.
Z-arrin zarrin nurlaring bilan,
A-qlu xushim olib sevasan.
Shabnam ismiga sherlar
Sh-erlar yozib sizga ataymi,
A-ytib dardim dilim to‘kaymi.
B-ilsam endi yolg‘iz ekansiz,
N-ozli ko‘ngliz olib qochaymi.
A-ziz bo‘lgan singilginamsiz,
M-ehri cheksiz mehribonimsiz.
Sevara ismiga sher
S-evib qoldim go‘zal gulimni,
E-ng yoqimli shirin so‘zimni.
V-aslingga men haridorman,
A-trofingda zor giryonman.
R-ahm qilgin men oshig‘ingga,
A-ytolmadim sevishim senga.
G-o‘zalliging tilim lol qilar,
A-ql hushim devona qilar.
Sevara ismiga sher 2
S-evgi nima bilmagandim seni ko‘rguncha,
E-slab bag‘rim tilmagandim azobini tortguncha.
V-ada berdim bag‘rim to‘lib quchmaguncha,
A-ldamagin men oshig‘ing o‘lmaguncha.
R-ashkim kelar hatto go‘zal guldan ham,
A-sra meni sevgim uchun ko‘nglingda.
Sojida ismiga sherlar
S-ochlaringni silay kun-u tunlari,
O-ydek yuzing o‘pay visol kunlari.
J-onim beray senga jonim fidodur,
I-shq yo‘lida men oshig‘i majnundur.
D-ema tinch qo‘y!-kuyar jonim sensizlikda,
A-slo sensiz yasholmasman yolg‘izlikda.
Sarvinoz ismiga sher
S-en bahorni gul g‘unchasi,
A-trofingda bulbul bo‘lay.
R-ad etmagin chin sevgimni,
V-isolingga o‘zim yetay.
I-shq kuyiga oldim qalam,
N-etay seni sevib qoldim.
O-lding aqlu – hushginamni,
Z-orlar qilib kuyib qoldim.
Saodat ismiga sherlar
S-og‘inchimda yashaysan jonim,
A-zob cheksam darmonim bo‘lgin.
O-stonamga qadaming tashlab,
D-argohimda chin yorim bo‘lgin.
A-zizimsan hayotim-borlig‘im o‘zing,
T-unlarimda yolg‘izim yonimda bo‘lgin.
Sanobar ismiga sher
S-en gul bo‘lsang mehrimni beray,
A-razlama qaysarginam borimni beray.
N-iyat qilgin bir umrga bo‘laylik birga,
O-lloh bersin baxtimizni so‘nggi ongacha.
B-axt ishonchdan sadoqatdan muhabbatdandir,
A-ytchi bizga bundan ortiq nima kerakdir.
R-uxsoringga to‘yolmayin ko‘zlarim izlar.
Salomat ismiga sherlar
S-evgi nima men buni, xecham bilmasdim,
A-ytsalar kular edim, etibor bermasdim.
L-ayli Majnun-Tohir Zuhro, asarlari ertak edi,
O-lam juda go‘zal va havoyam yetar edi.
M-enga kimdir qo‘l berib, sevgi izhori qildi,
A-jabo bu hayajon, meni yuragimni tildi.
T-avba sevgi buncha azob, sevib qoldim oxiri.
Sadoqat ismiga sher
S-evgidan sher yozdim, birinchi bora,
A-qlim hayron sevmoqdaman, seni tobora.
D-iydor uchun kel yonimga, sog‘indim juda,
O-lgin jonim kerak bo‘lsa, tutay qo‘lingga.
Q-iynamagin jonim firoq dardida yondim,
A-trofimda xazonlar-u qorga burkandim.
T-aftingdan ber biroz mehr, muzlar yuragim.
Sabina ismiga sherlar
S-ohibjamol go‘zal malikam,
A-ytar so‘zim tinglagin erkam.
B-edor o‘tgan tunlarim sensan,
I-shon qo‘lim yetmas, orzuyim sensan.
N-ozli boqishlaring jonimni oldi,
A-badiy bo‘lgan sevgi uyg‘ondi.
Ruxsora ismiga sher
R-uxsoring ko‘rmoqlik men uchun orzu,
U-nutma sen uchun yashayman mangu.
X-ayolimda kecha kunduz o‘zingsan jonim,
S-ensiz o‘tmas bir lahzayu hatto hayotim.
O-ydek to‘lib yoritsayding nursiz tunimni,
R-oziman ol kerak bo‘lsa mening jonimni.
A-razlaring tirnar qalbim erkatoy yorim,
Meni sevgin chin yurakdan sevgin Ruxsoram.
Ruxsora ismiga sher 2
R-uhsoringga oshiq-u beqaror bo‘lib,
H-umoring tutganda ishqingda kuyib,
S-eni sevib Tohir va Majnundek suydim.
O-romim yo‘qotdim tunlarim bedor,
R-oziman mayli jonim yuragimni ol.
A-qlu xushim o‘g‘irlab qildingku abgor.
Roziya ismiga sherlar
R-ashk o‘tida kuydiribon sevdiraman,
O-lovimda muz yuraging yondiraman.
Z-or zor yig‘lab ko‘l bo‘ldiku izlaringiz,
I-shqim tushdi mana oxir so‘zladingiz.
Y-uragimga kirib kelgan gulimdirsiz,
A-ybim sizni chindan sevdim bilmadingiz.
Ro‘zigul ismiga sher
R-ashk o‘tida kuyib-yonib olov bo‘lyapman,
O‘-z o‘zimdan qizg‘onib telba bo‘lyapman.
Z-anjirlarga o‘ralgan bu yuragim senga,
I-kki dunyo xor qilmagin asra qalbingda.
G-ulzorimda tanho bitta go‘zalim bo‘lgin,
U-zun tunlar osmonda oy bag‘rimga cho‘kkin.
L-ablaringda har lahzada ismimni aytib.
Ra'no ismiga sherlar
R-uhimni parishon ayladim,
A-sta borib sho‘x qizga so‘yladim.
N-ozlaringda o‘rgilayin singiljon,
O-tasini erkasida Ranoxon.
Parvina ismiga sher
P-arvonaman oldingdan keta olmayman,
A-bgorman husningga to‘ya olmayman.
R-ahm qilgin mendek bechorangga,
V-aslingga men zoru devonadurman.
I-shon sevgilim birga yo‘limiz,
N-asib qilsa baxtli oila quramiz.
A-sal va shiringina farzandlar ko‘ramiz.
Ozoda ismiga sherlar
O-ymomo jilmaysin kulguchingizda,
Z-arrin nurlaringiz yoritsin yo‘lim.
O-rom ham olmaysiz har kecha tunda,
D-erazam ortidan boqib men tomon.
A-rmonli kunlarni unuting bir zum.
Oydinoy ismiga sher
O-smonlarga uchib ketarman,
Y-ulduzlardan senga boqarman.
D-ardim aytib ko‘zyoshlar bilan,
I-shon jonim seni sevarman.
N-ahot sevgim diling og‘ritsa,
O-ydinoyim sevmaysan nega.
Y-uragimni berarman senga.
Oydina ismiga sherlar
O-y yuzligim mani sevgilim,
Y-uragimga ochilgan gulim.
D-il kuyimni senga atayman,
I-zlaringga gullar to‘shayman.
N-ozlaringda qiynama buncha,
A-ytgin meni sevasan qancha.
Oydin ismiga sher
O-shiq etding shirin so‘zingga,
Y-uragimni to‘ldirding nurga.
D-ilimdagi so‘zlarim tingla,
I-zhor etay sevgimni senga.
N-ima qilay oshiqman senga.
Nodira ismiga sherlar
N-ilufar ifori kelar atringdan,
O-q qushlar yo‘lingda hamrohing ekan.
D-iydor uchun eslagin-eslagin meni,
I-shq kuyingda sevaman jonginam seni.
R-ashkim kelsa qiynalar vujudim-qalbim,
A-xir seni sevaman mening Nodiram.
Nozima ismiga sher
N-ozlaringga chidayman chunki seni sevaman,
O-y bo‘lsang quyoshingman tunlari isitaman.
Z-aminga nur sochasan meni ko‘zim o‘ynatib,
I-smingga sher yozyapman yuragingdan joy so‘rab.
M-en bir oshiq devonaman tushunarsan jonginam,
A-qlu xushim o‘g‘irlagan sevgilimsan Nozimam.
Nilufar ismiga sherlar
N-igohlarim yo‘lingga mushtoq,
I-sming takror aytadi tilim.
L-olazorda kezarsan yolg‘iz,
U-nutdingmi qo‘llarim taftin.
F-alak gardishida yurak surati,
A-ytolmagan so‘zlarim qoldi.
R-uhim ketdi tanam tark etib.
Nozigul ismiga sher
N-etay sensiz yasholmasam,
O-smonni xech qucholmasam.
Z-or bu qalbdan kecholmasam,
I-shq so‘zidan bir shoirman,
G-ulni sevgan bir tikonman.
U-zun tunda yulduzim bo‘l,
L-aylim o‘zing sevgilim bo‘l.
Nigora ismiga sherlar
N-afis gulim go‘zalsan buncha,
I-foringdan yayragan ko‘ngillar qancha.
G-o‘zaldirsan dunyoda bittasan bitta,
O-yga o‘xshatdim seni tanhosan nega.
R-uxsoringni yashirma 15-kun mendan,
A-yriliqqa chidolmayman sevgi bu chindan.
Nigina ismiga sher
N-ega sevgi azob berar yuragimga,
I-ntizorman bir bor qara ko‘zlarimga.
G-unohlarim yuvib ketsin, ko‘zlaring yoshi,
I-itimos sevgim qilma, azobning boshi.
N-echa yillar kutay seni,aytib ket qancha,
A-yriliqni ravo ko‘rib, ketasan menga.
Nasiba ismiga sherlar
N-otinch yurak nelardandir, qiylangan onda,
A-sta sekin borarmanu, seni yoningga.
S-enla suhbat qurib dildan, ko‘nglim ovutib,
I-ztirobni quvamizmi, kel do‘stim birga.
B-axtimga yaxshiyam, sendek do‘stim bor,
A-slo bizni ollohim, qilma do‘stga zor.
Nargiza ismiga sher
N-igohingiz sog‘indi ko‘zim,
A-zoblarga qoldirib ketmang.
R-ashk o‘tida kuydirib dilim,
G-ulzorimni tikanzor etmang.
I-smingizni yurakka chizdim,
Z-or qalbimni intizor qilmang.
A-qlim olib mendan yiroqlab,
M-en oshig‘ingiz devona etmang.
Nargiza ismiga sher 2
N-ima qilay men oshig‘u bechoraman,
A-yriliqda tunim o‘tar satporaman.
R-uxsoringga to‘yolmagan hasta jonim,
G-ulzorimga bog‘bon o‘zing beg‘uborim.
I-zhor etib qo‘shiq aytsam bulbul misoli,
Z-uhro bo‘lgin senga bo‘lay Tohir visoli.
A-yriliqqa tashlamagin mening sevgilim.
Nazokat ismiga sherlar
N-azokatu ibo bilan hayolim olding,
A-qlu hushim o‘g‘irlabon devona etding.
Z-or qilmagin yo‘llaringga ko‘zim intizor,
O-rom topay quchog‘ingda yonginamda qol.
K-echalari bo‘lay senga nurli yulduzing,
A-ytay senga dil so‘zlarim qilayin izhor.
T-ermulaman yuzlaringga sochlaring silab.
Nafisa ismiga sher
N-ozli yorim kuydurdingiz yuragimni,
A-zob bermang qiynamangiz tilagimni.
F-arishtadek nur sochasiz ko‘z oldimda,
I-ntizorman qalbim to‘ri faqat sizga.
S-evsam yurak oh tortadi sizni eslab,
A-yting jonim kelmaysizmi meni qumsab.
Muxtasar ismiga sherlar
M-ayin sochlaringni silasam jonim,
U-zun tunlar yoningda bo‘lgim keladi.
X-ayol qilib vaslingni kechalar gulim,
T-ushlaringga doimo kirgim keladi.
A-zob berma gulim-ko‘nglim sendadur,
S-evganimsan borim-jonim sendadur.
A-sal so‘zlaringni sog‘indim jonim,
R-axm qilgin hayotim baxtim sendadur.
Munojat ismiga sher
M-ehr bilan tutaman qo‘ling,
U-zoq bo‘lsin do‘stginam umring.
N-asib qilsa boramiz to‘ying,
O-mon bo‘lgin do‘stginam mening.
J-im turmagin o‘ynab kul quvon,
A-trofingda do‘stlaring har yon.
T-ug‘ilgan kun muborak bo‘lsin,
Mohinur ismiga sherlar
M-enga hayot tatimaydi sen bo‘lmasang,
O-smon ochmas o‘z bag‘rini jon bermasang.
H-ijron o‘ti qiynar meni sen kelmasang,
I-zhor etmay yurak yig‘lar dard bilmasang.
N-ogoh o‘ylab yetolmayman senga tunlari,
U-zoqdasan ko‘rolmasam qora ko‘zlarni.
R-axming kelib bir habar ol tushimga kirib.
Mohinur ismiga sher 2
M-uhabbat ko‘zlarim ko‘r qilganmidi,
O-y yuzidan yaralgan bevafoginam.
H-ijronli tunlarga boshlading meni,
I-shonmading sevgimga vafosizginam.
N-ahot bo‘ldi sevgimiz sen uchun yolg‘on,
U-mrim tugab borar misoli shamdon.
R-uhim so‘nib borar dardlarga ko‘mib.
Munavvar ismiga sher
M-ehr berib yurakdan sevsam seni,
U-nutmayin olislardan kutsam seni.
N-urli tunning yulduzlari olsa hayolim,
A-dashmayin sinovidan topsam seni.
V-isolingga mushtoq sabr kutaverar,
V-adalarga ko‘ngan g‘urur dodlayverar.
A-trofimda dardu alam o‘rab kelar,
R-ashkim seni sog‘inishdan tonaverar.
Mohlaroyim ismiga sherlar
M-eni kuygan yuragimni kuydirib yana,
O-hlar ursam faryodimga kulasan mana.
X-atolarim bo‘lsa kechir sevaman seni,
L-ablarimda qolib ketti bir so‘zim meni.
A-trofingda zoru sarson yuribman jonim,
R-uxsoringga tunlar bedor parvona ko‘zim.
O-y yuzingdan bir o‘psaydim qolmasdi dardim,
Y-ana tunlar sherlar o‘qib ko‘ngling olsaydim.
I-zhorimga tarif berib senga atalgan,
M-uhabbatim rad etmagin sen Moxlaroyim.
Mehriniso ismiga sher
M-ayli taqdir bizni ayrolar qilsin,
E-ng buyuk sevgimiz sarsona bo‘lsin.
X-atto ojiz bo‘lib qolsin bu qora ko‘zim,
R-uhimni sevishdan qaytarolmayman.
I-kki dunyo men sendan voz kecholmayman.
N-igohingni sog‘inganda oyga termulib,
I-lhom keldi yozmoqdaman ushbu sherimni.
S-og‘inaman ko‘zlaringni qarosi bo‘lib,
O-ydek yuzing silagayman tushimda seni.
Malika ismiga sherlar
M-endan olis qaylardasan yor,
A-ytchi sendan o‘zga kimim bor.
L-ablaringni bir kun o‘parman,
I-boligim qilma ko‘ngling tor.
K-o‘zlaringni jodusida sehrlab meni,
A-yriliqda qiynamagin bu yuragimni.
Mahliyo ismiga sher
M-ahliyo qilib qo‘ydi, sani qora ko‘zlaring,
A-qlim ojiz kulgichi bor, go‘zal sening yuzlaring.
H-atto oy ham uyalar, shirindir kulgularing,
L-ablaringni rangidanmi, g‘uncha guldagi ranglar.
I-ntizorman ko‘zlarimga, uyqu yo‘q tunlar sensiz,
Y-orim bo‘lib kel yonimga, sirdosh yo‘q jonim sensiz.
O-smonlardek pok sevgimiz, bizni xech kim ajratolmas.
Maftuna ismiga sherlar
M-enga boqqin go‘zal yor,
A-ytar so‘zim senga bor.
F-aqat mening o‘zimni,
T-anlaganim sensan yor.
U-midimni uzmayman, o‘zingdan xech kechmayman,
N-ozlaringni bilsamda, yoningdan xech ketmayman.
A-sabimni buzmayman, sevgimdan xam kechmayman.
Madina ismiga sher
M-uhabbat chirog‘in yoqib qalbimga,
A-ylagin yuragim shodon baxtlarga.
D-iydor qumsab borarman sening tomonga,
I-ntizor ko‘zlarim ko‘rmoq istaydi.
N-iyatim bir senla yashamoq abad,
A-ytsang jonim beraman senga xaqiqat.
Marjona ismiga sherlar
M-ing bir azoblarga chidar bu yurak,
A-sli hayotimning o‘zi bir tilak.
R-ashk o‘tida qiynalib kuydi bu falak,
J-onim bizni ayrolmas o‘zga bir yurak.
O-rzu qilib izlaganim – siz yonimdasiz,
N-igoxingiz ko‘zimda – hayolimdasiz.
A-lloh bergan sevgimni qaytarib olmas.
Laylo ismiga sher
L-oladek qizarmasin jonginam yanoqlaring,
A-trofingda yurmasin devona oshiqlaring.
Y-uragingni to‘ldiray baxt-u mahabbatimga,
L-ayloyim seni sevay umrimni so‘nggigacha.
O-ydek yuzing jilmaysa quvonar yurakkinam.
Kumush ismiga sher
K-erakmas bu dunyo sensiz qorong‘u,
U-nutilmas ko‘zlaring yo‘limda yog‘du.
M-anzilim olisdir lek maqsad bitta,
U-zoq bo‘lsang ham jonim yetaman senga.
Sh-irinimsan yo laylim — yagonamsan kumushim.
Kamola ismiga sherlar
K-o’zlarimni sog’ingani faqat o’zingsan,
A-sal kabi totli shirin so’zligimdirsan.
M-uhabbatning oshyonidan topganman seni,
O-lloh asra sevganimni baxt kamolimni.
L-ola kabi qizarmasin oydek yuzlaring,
A-sal kabi shirin bo’lsin doim so’zlaring.
Jasmina ismiga sher
J-ilmayasan boqasan menga,
A-jib sirli yoqasan menga.
S-evib qolsam yomon bo‘ladi,
M-uhabbatim sarson bo‘ladi.
I-ltimosim ketmagin mendan,
N-igohingni yashirma zimdan.
A-zobingda qiynama meni.
Hafiza ismiga sherlar
H-ijron dog‘lar yurak bag‘rimni,
A-rmonginam kelmaysan nega.
F-iroq dardi kuydursa qalbim,
I-ntizorim sezmaysan nega.
Z-erikaman ko‘rmasam bir on,
A-zoblarga tashlama meni.
Hulkar ismiga sherlar
H-ar kechaning yulduzlari, sochlaringga qo‘nibdi,
U-zoq kutib dugonajon, tug‘ilgan kuning keldi.
L-ablaringda tabassum, quvonchga to‘lsin bag‘ring,
K-elajakda yoring bilan farzandga to‘lsin uying.
A-trofingda havas ila, do‘stlaring gavjum bugun,
R-ost bu ezgu tilagim, baxtli bo‘lgin ilohim.
Holida ismiga sher
H-ayollarim olib qochsa do‘stlarim tomon,
O-smonda porlaydi quyosh charog‘on.
L-olazorda o‘ynab kulib gulchambar taqib,
I-kkalamiz yurar edik do‘stginam quvnab.
D-unyoda xaqiqiy do‘stlar ko‘p bo‘lsin,
A-trofimiz doimo gullarga to‘lsin.
Halima ismiga sherlar
H-ar lahza yodimda sening oy yuzing,
A-sal kabi shirindur sening so‘zlaring.
L-oladek yanog‘ing qizarmasin yor,
I-kkimizni yaratgan hudoga shukur.
M-ayin soching silayin kechayu kunduz,
A-slo bizni ayirmasin mehribonimiz.
Gulnora ismiga sher
G-ullar ham uyalar go‘zalligingdan,
U-midlar uyg‘onar sening sevgingdan.
L-ablarim aytadi ismingni takror,
N-asib bo‘lsa go‘zalim qilamiz to‘ylar.
O-y yuzligim bir ko‘rmasam sog‘inaman,
R-ad qilmagin sevgimizga ishonaman.
A-badiy yashaymiz baxt uyimizda.
Gulmira ismiga sherlar
G-umon qilma sevgimga ishon,
U-zoqlashma yuragim nishon.
L-abzi halol, bir so‘z yigitman,
M-azmunli dunyoda sevganim sensan.
I-kki yurak, bir bo‘lsin endi,
R-ishtalarni bog‘la kel qani.
A-lam qilsin oshiqlaringga.
Gulrux ismiga sher
G-ul ko‘tarib kelaman, yo‘llaringda doimo,
U-zun soching o‘ynatib, o‘tasan yonimdano.
L-ablarimda qolar so‘z, aytolmaydi sevishim,
R-ad etdinggu qo‘limda, so‘ldiku bu gullarim.
U-zun soching uchlarida, qolib ketti ko‘zlarim,
X-amon tunlar eslayman, endi yo‘qsan go‘zalim.
Gulnozam ismiga sherlar
G-ulim bugun seni juda sog‘indim,
U-zoqdasan gul yuzingni sog‘indim.
L-ablarim doimo-takrorlar isming,
N-ozli – nozli qarashlaring sog‘indim.
O-x uraman bu oxlarim tugarmikan,
Z-or zor kutgan yorim bugun kelarmikan.
A-ytarmikan zor kutganim intizorim,
M-en bugun ham jonim seni sog‘indim.
Gulnihol ismiga sher
G-o‘zallar ololmas ko‘nglimni aslo,
U-midim yashamoq bir senla tanho.
L-aylisan men bo‘lay majnuning go‘yo,
N-olalarim tinglasayding biladi Hudo.
I-shqingda yonaman tunlari bedor,
H-ar safar quchaman surating takror.
O-smonga termulib oydan so‘rayman,
L-ablaring bolidan bir kun qonaman.
Gulilola ismiga sherlar
G-ulim mening shirin so‘zim senga atalgay,
U-zun soching qo‘llarimda tunlar bog‘langay.
L-ablaringni shirin boli mast qilar meni,
I-kkimizni asra Olloh asragin bizni.
L-aylim mening gulilolam tanho sevgilim,
O-smondagi to‘lin oyim sensan yulduzim.
L-ola kabi yanog‘ingdan o‘payin o‘zim,
A-trofingda parvonangman vafoli yorim.
Gulhayo ismiga sher
G-unohim bir seni chindan sevganim,
U-zuk taqib qo‘lingga yor bo‘lolmadim.
L-ali lablaringdan bir bor o‘pmagan,
H-ayol ketar sen tomon eh armonginam.
A-gar meni yuragimdan joy olsa o‘zga,
Y-ulib tashla yuragimni sevmasin boshqa.
O-h bunchalar azoblidir sevgi qiynog‘i.
Guli ismiga sherlar
G-o‘zallardan go‘zalim o‘zing,
U-mid bilan kutaman so‘zing.
L-ola terib beraman kelgin,
I-intizorman sevaman degin.
Fotima ismiga sher
F-asllar almashib kelganda bahor,
O-chilar sen uchun qalbimda gullar.
T-unlari osmoning bo‘lsin yulduzli,
I-kkimizni asrasin yaratgan tangri.
M-ening ko‘ngil bog‘imda ochilgan gulsan,
A-srayin sen mangu muhabbatimsan.
Feruza ismiga sherlar
F-alakka bo‘y cho‘zdi sevgimiz jonim,
E-rkalab sevaman tushlaringda ham.
R-ad etmagin go‘zalim birga yashaylik,
U-mrim so‘nggigacha yonimda bo‘lgin.
Z-arrin yulduzlarga o‘xshaysan jonim,
A-zoblarga faqat tashlama yorim.
Farishta ismiga sher
F-irog‘ingda yonar bo‘ldim ko‘rmasam seni,
A-rmon menga oysiz tunlar nurli ko‘zlaring.
R-axm aylagin yongan dilim kuydurding yomon,
I-zlaringni o‘pay endi kelgin men tomon.
S-ehrlading mehr bilan shirin so‘z bilan,
H-ijroningda qiynamagin farishtaginam.
T-anho seni sog‘inaman mag‘zun kechalar,
A-sli tushda ko‘rganimsan mening hayolim.
Farzona ismiga sherlar
F-arishtalar yuragim tark etsalar ham,
A-zob quchog‘iga tashlasalar ham.
R-axmdil jonkuyar bir sevganim bor,
Z-aminga gul bo‘lib ochilganim bor.
O-yga o‘xshatmayman uni nozikdir ko‘ngli,
N-ozik niholim bordir o‘zi g‘uncha misoli.
A-tirlari hushni olar farishtam mening.
Farida ismiga sher
F-iroq nedur bilasanmi yor,
A-zob nedur sezasanmi bor.
R-ashk qilaman yig‘laysanmi zor,
I-shq muhabbat sendan umidvor.
D-iydoringni qumsayman qancha,
A-yt sevgilim qiynama buncha.
Ezoza ismiga sherlar
E-y dunyo yaratding shunday go‘zalni,
Z-ilol suvda yuvdingmi oydek yuzini.
O-qshom tushib uyquga ketganda yorim,
Z-erikma deb ko‘rsatdingmi tushida meni.
A-ytgin dunyo ko‘ngli bormi go‘zalni menga.
Dinora ismiga sher
D-ilni pora qilib yana ezadi yurak,
I-smingni takrorlab izlar zor xalak.
N-igohim tushmaydi o‘zga gullarga,
O-lisda bo‘lsang ham ko‘nglim bir senda.
R-anjima go‘zalim topaman seni,
A-xir senga sodiqman bilasan meni.
Dilyora ismiga sherlar
D-unyo… sendan bitta o‘tinchim,
I-zn ber men uni baxtli qilayin.
L-oladek ochilgan g‘uncha gulimga,
Y-uragimdan joy berib sevib yashayin.
O-smon yog‘avergin mayli qor-yomg‘ir,
R-ahm qilmay shafqatsiz taqdirimizga.
A-rmon emas quchog‘imda ochilgan gulim.
Durdona ismiga sher
D-ilimda sho‘x navo birdona,
U-zolmagan gulim yagona.
R-ad etadi sevgimni nechun,
D-urdonadir mening sevgilim.
O-smondagi yulduzga o‘xshar,
N-ozli boqib yuragim o‘rtar.
A-qlim olib sevgimni sinar.
Dilshoda ismiga sherlar
D-ilim kuyar aytolmasam sevishimni,
I-ntizorman menga bir bor qarashingga.
L-axza laxza kutar bo‘lsam yo‘llaringda,
S-og‘inch qiynar bir ko‘rmasam ko‘zlaringni.
H-ayajonda tilim so‘zga kelmay qolar,
O-ldingdaman o‘zim bilmas majnundekman.
D-il izhorim aytolmasam ko‘zlarim aytar,
A-qlu hushim o‘g‘irlagan sevganimsan.
Dildora ismiga sher
D-iydoringni sog‘ingan ko‘ngil,
I-shq kuyiga sher yozdi bu dil.
L-ablaringdan o‘payin o‘zim,
D-il so‘zimni eshitgin dildor.
O-smonlarga uchmagin mensiz,
R-ashkim kelar boqmasang bir bor.
A-ytgin meni nechun qiynaysan.
Dilorom ismiga sherlar
D-iloromim dil oxim, azoblar sensiz,
I-ntizorman ko‘zlarim, yo‘lingda unsiz.
L-ahza-lahza aytaman, sog‘indim yomon,
O-ydin kechada sen meni, eslashing gumon.
R-o‘yomidi ko‘rgan kunim, yoki tushmidi,
O-smonlarga parvoz etgan, go‘zal qushmidi.
M-en ucharman tushlarimda, sog‘inib seni.
Dilshoda ismiga sher
D-ardimni tushunmas unsiz kechalar,
I-zhorsiz tillarim sevgidan so‘ylar.
L-ahza lahza uradi yuragim sensiz,
Sh-irin hayollarga yana aldanib qolar.
O-smonim qopladi qora bulutlar,
D-unyoni oppoq qor bosdiku bugun.
A-zob berib yuragimga kelmading yorim.
Dilhumor ismiga sherlar
D-ilimning ko‘zlari qora tunga o‘xshaydi,
I-ntilgan qo‘llarim yulduzlarga yetmaydi.
L-aylidek hayoli ko‘zi humorim,
H-aliyam nega yana yuragimni qiynaydi.
U-ndan uzoqlashgan qalbni yig‘latib,
M-udom uning cheksiz mehrini qumsab.
O-smonda ham to‘lin oy undan uyalib,
R-uxsorini yashirar jimgina kulib.
Dildora ismiga sher
D-unyolar aylanar boshimda osmon,
I-liqlik so‘rayman muzladim ishon.
L-aylak qor parchasi yuzlarim qoplar,
D-unyodan so‘rayman yorimni qaytar.
O-lisginam yonimda bo‘lsang qaniydi,
R-ashkim abozidan yonsam mayliydi.
A-sta sekin osmonga chiqadi quyosh.
Dilbar ismiga sherlar
D-unyodan izladim tanxo bir seni,
I-zladim qalbimning shahzodasini.
L-ablarim aytadi ismingni takror,
B-axtliman men seni uchratdim ey yor.
A-yirmagin bizni aslo mehribon olloh,
R-obbim bizni asragin baxtlimiz ey voh.
Dilafruz ismiga sher
D-eydilar sevgining azobi shirin,
I-shqingda yonar bu,mening yuragim.
L-atofat yuzingda mehr ko‘zingda,
A-qlu hushim o‘g‘irlagan, ey Dilafruzim.
F-arishta sen bo‘lsang, tilagim o‘zing,
R-ad etma yurakdan, har bitta so‘zim.
U-zoq izlab topganim, sen Dilafruzim,
Z-iyo aylab nurafshon qil, ushbu hayotim.
Charos ismiga sherlar
Ch-iroyligim mana keldim yoningdaman,
A-tirlaring buncha shirin mastonaman.
R-ostin aytsam telba bo‘ldim visolingga,
O-lislarga nega ketting Charosginam.
S-eni eslab yozdim shirin g‘azalginam.
Bonu ismiga sher
B-or jahonim sizga ataymi,
O-rzularga sizla ketaymi.
N-ozli kulib buncha qaraysiz,
U-zoqlarga olib qochaymi.
Barchinoy ismiga sherlar
B-irinchi bor xis qildim o‘tli sevgini,
A-chinmadi yuragimga kirdi muhabbat.
R-anjitmayin deya uning yumshoq ko‘nglini,
Ch-orladimi qiz qalbiga ilk bor muhabbat.
I-shq kuyini chalib bedor ovvoradurman,
N-echun bu qiz yuragimni devona qilgan.
O-y jamolin ko‘ray desam qaytib kelmas xech,
Y-uragimdan ilk sevgilim ketgan endi kech.
Arofat ismiga sher
A-yt faqat bir so‘zni sendan kutaman,
R-aqiblar qo‘lidan zaxar ichyapman.
O-smondan o‘zimga makon izlayman,
F-aqat meni sevmasang yashayolmayman.
A-yt kutay tunlardan tong otgangacha,
T-ilingdan bol tomib sevaman deb ayt.
Aziza ismiga sherlar
A-rmonni quvaman baxtlarim bilan,
Z-aminga ekaman gul qo‘lim bilan.
I-shqim tushdi bir gulga judayam go‘zal,
Z-uxrolarga alishmasman azizdur o‘shal.
A-rmonim bo‘lmagin baxtim sen o‘zing.
Izohlar 57