Boylik topgan bola

Boylik topgan bola
Boylik topgan bola


Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir cholning ikki o‘g‘li bo‘lib, ulardan biri sabrli va mehnatkash, ikkinchisi esa yalqov va ishyoqmas ekan. Katta o‘g‘il tinmay mehnat qilgani uchun ham sog‘lom va baquvvat bo‘lsa, dangasa o‘g‘il xo‘ppa semiz va dardmand ekan.

Kunlardan bir kuni qarib qolgan ota merosni taqsimlashga kelganda o‘zi qurgan imoratni qaysi o‘g‘liga qoldirishni bilmay, boshi qotibdi. Shunda ularni sinovdan o‘tkazmoqchi bo‘libdi.

– Shartim shunday, kimda-kim o‘ziga bo‘lib berilgan yerdan mo‘l hosil olsa, hovli-joy o‘shanga qoladi, debdi. Va o‘z-o‘zicha chamalab, baribir katta o‘g‘il g‘olib bo‘lsa kerak, chunki uning suyagi mehnatda qotgan, deya o‘ylabdi. Ammo, kichik o‘g‘il bo‘sh kelmabdi. O‘ziga ajratilgan yerdan mo‘l hosil yig‘ish uchun ishchilar yollabdi. Yig‘im-terim paytida bir necha kishining uygan xirmoni balandroq kelibdi. Katta o‘g‘il bundan xafa bo‘lmabdi. Chunki u xuddi otasi qurgan imoratdek uy sola olishiga ko‘zi yetarkan-da. Ammo, natija hammani hayron qoldiribdi.

Kichik o‘g‘il mehnat qilmay rohat ko‘rish mumkin emasligini tushunib yetibdi. Chunki u kamharakatlikdan tobora semirib, xuddi koptokday bo‘lib qolibdi.

Bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib, otasiga ekin-tikin ishlarida, novvos boqishda, o‘tin terishda yaqindan ko‘maklashibdi. Mehnat uning yuzlariga nur, taniga tetiklik bag‘ishlabdi. Shunda kichik o‘g‘il haqiqiy boylik bu – salomatlik ekanini anglab, sog‘lig‘ini va baxtini mehnatdan topibdi.

Bahodir tabib

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli...

Dehqon va Jin

Qadim zamonlarda Baliqko‘l tomonlarda bir Jin bo‘lgan ekan. Kunlarning birida uning xojasi olamdan o‘tib, Jin ozodlikka chiqibdi. U hech qachon mustaqil, ozod yashab ko‘rmagan ekan. Endi nima qilsam ekan, yo o‘zimga boshqa xo‘jayin topsammikan, deb ketayotib dalada mehnat qilayotgan dehqonga duch kelibdi. U terlab-pishib yer chopayotgan ekan....

Sabr daraxtining mevasi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Katta bir shahar bo‘lgan ekan. U yerning aholisi judayam mehnatkash ekan. Bu shaharda bir etikdo‘z yashar ekan. Uning Ko‘sa ismli o‘g‘li bor ekan. Etikdo‘z har kuni charchab ishdan qaytganda Ko‘sa bilan suhbatlashar, bolasining biyron javoblaridan yayragan etikdo‘z birpasda charchog‘ini unutib yuborarkan. Kunlar...

Ayiqning tug'ilgan kuni

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Katta o'rmonning o'rtasida bir uy bor ekan. O'sha uyda ota ayiq, ona ayiq va Maymoqvoy ismli kichkina ayiqcha yashar ekan. Bahorning oxirgi kunlaridan birida ona ayiqning tug'ilgan kuni nishonlanar ekan. Maymoqvoy bir necha kun onasining tug'ilgan kunida uni qanday xursand qilishni o'ylabdi......

Kenguru va shifokor Laylak

Qadim zamonlarda kichkina kenguru yashagan ekan. U ota-onasi bilan yashar ekan. Kengurular tug'ilganda juda kichkina bo'lar ekan. Ular olti oylik bo'lguncha onasining qornidagi xaltachada yurar, ona suti bilan ovqatlanishar ekan. Kangu ham tug'ilgandan beri onasining xaltasida yashar ekan. Bu yerlarga bahor kelibdi. Hamma hayvonlar tabiat qo'ynida...

Dariya va turfa rang baliqchalar

Qachonlardir ko‘m-ko‘k tubsiz dengiz va qalin zumrad o‘rmon oralig‘idagi kichkina qishloqda baliqchilar oilasi yashagan ekan. Xonadon sohibi Kali, mehribon beka Dilda, o‘g‘li Mansur va sohibjamol qizaloq Dariyadan iborat bu uyda barchaning o‘z yumushi bor edi. Kali baliq tutib kelar, Mansur parranda va darrandalarni ovlashda mohir edi. Dilda va...

Tanga baliqlar va itbaliq

Dize bilan Mize kumush rangli yaltiroq tangachalari bor ikkita kichkina baliqcha ekan. Ular ota-onalari bilan dengizdagi uyida yashashar ekan. Ona baliq kun bo'yi tozalik bilan mashg'ul bo'lar ekan. Kichkina uyning u tarafiga bu tarafiga suzar, dumini likillatib ishlarini qilar ekan. Kiraverishdagi o'tlarni tozalar, toshlarni o'z joyiga qo'yar...

Tulkining uyi

Bor ekan-u yo‘q ekan, och ekan-u to‘q ekan, obod dasht qishlog‘ida tomorqasi kattagina ahil oila yashar ekan. Uy bekasining buyurtmasiga ko‘ra ota-o‘g‘il shu tomorqalari chetida qurgan yangi qo‘noq – tovuqkatak binoyidek chiqibdi. Mo‘jaz hovlisi sim to‘r bilan o‘ralgan. Erta-indin tovuqlar shu joyga ko‘chiriladi. Tushdan keyin bekaning o‘g‘li...

Xo‘roz mingan bola (ertak)

Bo‘rivoy hovliga chiqib, u yoq-bu yoqqa qaradi. Don cho‘qilayotgan xo‘rozni bir tepib, qoqolatdi-yu, ko‘chaga oshiqdi. Kechqurun hovli chetidagi tovuqxonada tepki yegan xo‘roz yig‘lamsirab, hasrat qila boshladi......

Shokoladli kecha

Ziyoda sakkiz yoshli yoqimtoy qiz ekan. Qishki ta'til kunlarida u ko'p vaqtini xonasida o'yinchoqlar o'ynab o'tkazar ekan. O'sha kuni Ziyoda xonasida koptok o'ynayotganida onasi oshxonadagi shkafga katta qutida shokolad qo'yayotganini ko'rib qolibdi. Qizaloq shokoladni juda yaxshi ko'rar ekan. Shuning uchun butun hayoli shokolad qutisida bo'libdi....

Fikr qo'shish