Ilonlar haqida ko’pchilik bilgan biroq haqiqatdan yiroq bo’lgan mish-mishlar

Ilonlar haqida ko’pchilik bilgan biroq haqiqatdan yiroq bo’lgan mish-mishlar
Ilonlar haqida ko’pchilik bilgan biroq haqiqatdan yiroq bo’lgan mish-mishlar

Ilonlar - sayyoramizdagi eng sirli jonzotlardir. Har qanday ilon bilan uchrashuvda ibtidoiy ovchilar undan qochishga shoshilishgan, chunki ular faqat bitta chaqishining o’zi o'limga olib kelishini yaxshi bilishgan.

Bu sudralib yuruvchilarning aksariyati yaxshi o'rganilgan bo'lishiga qaramay, avloddan-avlodga o'tgan ilonlar haqidagi eski mish-mishlar va afsonalar hanuzgacha odamlarning ongida saqlanib qolgan. Quyida ilonlar  haqidagi eng keng tarqalgan afsonalardan bir qanchasini to'pladik. Marhamat ular bilan tanishing.

Ilonlar sut ichishadi
Bu afsona ko'pchiligimizga Konan Doylning "Rangli lenta" asari tufayli ma'lum bo'ldi. Aslida, ilonni sut ichishi mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Sababi ilonlar laktozani o’zlashtirishmaydi.
Noma'lum sabablarga ko'ra, ko'p odamlar ilonlar uzun tillari bilan zaharlaydi deb o’ylashadi. Ilonlar, boshqa hayvonlar singari, o’kir tishlari bilan hujum qilishadi. Til ularga boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi.
Yuqorida aytib o'tilganidek, ilonning tili hujum qilish uchun mo'ljallanmagan. Haqiqat shundaki, ilonlarning burunlari yo'q va ular uchun kerakli retseptorlar tilida joylashgan. Shu sababli, yirtqich sudraluvchi hidni yaxshiroq hidlash va uning joylashgan joyini aniqlash uchun tilini chiqarib oladi. 
Serpentologlarga ma'lum bo'lgan ikki yarim ming turdagi ilonlarning atigi 400 tasida zaharli tishlari bor. Ulardan faqat 9 tasi Yevropada uchraydi. Janubiy Amerikadagi zaharli ilonlarning turi – 72 tani tashkil etadi. Qolganlari Avstraliya, Markaziy Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo, Markaziy va Shimoliy Amerikada deyarli teng taqsimlangan.
Statistikaga ko'ra, ilonlar ko'pincha o'zini himoya qilish uchun odamlarni tishlashadi. Agar ilon sizning ko'zingizdan jahldor bo'lsa va tahdidli harakatlar qilsa, bu shunchaki yolg'iz qolishni xohlayotganini anglatadi. Biroz orqaga chekinsangiz va ilon darhol o'z hayotini saqlab qolish uchun ko'zdan g'oyib bo'ladi.
Ilonlarga go'sht berilishi mumkin
Ba’zi ilonlar kemiruvchilar bilan oziqlanishadi. Ularning ichida qurbaqa, baliq, hattoki hashorat va sudraluvchilarni iste’mol qiladiganlari ham mavjud. Masalan, kobralar boshqa turdagi ilonlarini yeyishni afzal ko'rishadi. Shunday qilib, ilonni qanday ovqatlantirish faqat ilonning o'ziga bog'liq.
Ilonlar -sovuqqon hayvondirlar. Shuning uchun ilonning tana harorati atrof-muhit haroratiga teng bo'ladi. Tana haroratini (30 ° C dan yuqori) ushlab turolmayotgan ilonlar quyoshda sudralishni  yaxshi ko'radilar.

Fikr qo'shish