Qirq yamoq haqi

Qirq yamoq haqi
Qirq yamoq haqi


Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, biz ko‘rmagan, biz bo‘lmagan zamonlarning birida ikki qo‘shni bo‘lgan ekan. Biri o‘ta boy, bo‘g‘zigacha moy, ikkinchisi uning xizmatida sochi oqargan, ammo kosasi oqarmagan kambag‘al ekan.

Kunlarning birida kambag‘alning xotini qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ibdi. Otasi bizdan ham bir boy chiqsin, deb yaxshi niyat bilan otini Bolqiboy qo‘yibdi. Bola ulg‘ayib, aqli zukko, tili burro, zo‘r o‘g‘lon bo‘libdi. Farosati yetmagan ish yo‘q, shundan ota-onasining ko‘ngli to‘q ekan. Bir ish qilar bo‘lsa, o‘n odam bir taraf, uning o‘zi bir taraf bo‘lar ekan. Ovozasini eshitgan boylar kiroyi xizmatkoring shunday bo‘lsa, deb har yoqdan uni izlab, otini sizlab kelaveribdi. Boshqalar ilib ketmasin, deb qo‘shni boy erta bahordan uni so‘roqlabdi:

– Qo‘shnining qo‘shnida haqqi bor, deydilar. O‘zga boylarga boqmaysan, ularning gapiga quloq osmaysan. Menga xizmat qilsang kam bo‘lmaysan, so‘raganingni olasan.

Kambag‘alning bolasi zukkolarning zukkosi emasmi, boyning yo‘qlashini oldindan sezib, otasining qirq yamoq choponini kiyib chiqibdi.

– Boy ota, qo‘shni haqqini bilamiz. Siz aytgandek qilamiz. Xizmat bizdan – haqqi sizdan, – debdi Bolqiboy unga ta’zim qilib.


– So‘raganingni berganim bo‘lsin, ayt! – debdi boy ota tantilik bilan.

– Men bir kambag‘alning bolasi bo‘lsam, ko‘p so‘ramayman. Xizmatimga shu choponimning haqini bersangiz bo‘ldi, – debdi o‘zini kamtar va kamsuqum ko‘rsatib.

– E, bolam, shu yamog‘ing haqqi qancha bo‘ladi? Yuzta bo‘lsa ham, uzmagan nomard, – debdi boy o‘ylab ham o‘tirmay.

Bolqiboy ota-onasining, qo‘ni-qo‘shnining haqini undirish fursati yetganidan xursand bo‘libdi. Boy gapidan qaytib qolmasiligi uchun, yamoq haqqini el-yurt oldida kelishib olaylik, debdi. Bu gap boyga ham sariyog‘dek yoqib tushibdi.

Ularning shartlashayotganini eshitib tumonat odam yig‘ilibdi. Bolqiboy odamlar guvohligida shartini ayta boshlabdi:

– Yamog‘imga to‘lanadigan haq: birinchi yamog‘imga ikki dona bug‘doy, ikkinchisiga – to‘rt dona, uchinchisiga – o‘n olti dona, to‘rtinchisiga – ikki yuz ellik olti, beshinchisiga...

Boy, bo‘ldi, o‘shanda – hosil yig‘ilgach, sanab olarsan, deb Bolqiboyni to‘xtatibdi. Bu g‘aroyib shartlashuvga sira aqli yetmagan xaloyiq yigitga ichi achib, boyni qarg‘ab tarqalishibdi.

Oradan uch oy bahor, uch oy yoz o‘tib, yig‘im-terim mavsumi – kuz kelibdi. Boydan o‘chini olish uchun yigit ter to‘kib mehnat qilibdi. Bug‘doy ham chunonan hosil beribdiki, boy bu yil omborlarim donga to‘ladigan bo‘ldi deb suyunibdi. Bolqiboy shartlashganda guvoh bo‘lgan odamlarni yig‘ib boyning qoshiga boribdi. Chopon yamog‘ining haqqi qancha bo‘lishiga aqli yetmagan boy bir xalta bug‘doyni o‘rtaga qo‘yib:

– Qani yamog‘ingning haqqini sanab olaver, haloling bo‘lsin, – debdi saxiylik bilan.

Bolqiboy shoshmasdan bu birinchi yamog‘imning haqqi, deb xaltasiga ikki dona bug‘doy joylabdi, so‘ng bu ikkinchi yamog‘imning haqqi deb to‘rt dona bug‘doyni qopiga solibdi. Shunday qilib qirq yamog‘ining haqqini bir-bir sanab xaltaga joylayveribdi. Qarasa, birin-ketin xaltalar to‘larmish-u, Bolqiboy sanashdan to‘xtamasmish. Xaloyiq ham do‘ppisini olib boshini qashib qolibdi. Bolqiboy o‘zi bilan bir to‘p jo‘rasini olib kelgan ekan. Har birining qo‘ynidagi xalta-yu qoplar bir-bir ochilib bug‘doyga to‘laveribdi. Hash-pash deguncha boyning omborida hech vaqo qolmabdi. Shartlashganda quvongan boy, bolasi tengidan yengilgach, yuragini changallab yotib qolibdi. Shart boshida yigitga rahmi kelganlar uning aql-zakovatiga tan beribdi. Bolqiboyni boydan hammamizning haqqimizni oldi deb olqishlashibdi. Boy bo‘lsa yetmagan bug‘doy uchun hovlisini xatlab beribdi. El oldida sharmanda bo‘lganiga chiday olmay shahardan bosh olib ketibdi.

Alqissa, bolajonlar, Bolqiboy aql bilan ish ko‘rib ochko‘z boyni shunday jazolagan ekan.

Ari bilan Kapalak

Ari bilan ipak qurti bir bog'da yashaydigan inoq do'stlar ekan. Ular kunlarni shu bog'da o'ynab o'tkazaishar ekan. Lekin oxirgi kunlarda ipak qurti ari bilan oʻynamay qo'yibdi. Ari qachon ipak qurtining oldigakelsa: - Charchaganman, uyqum kelyapti, - der ekan. Bir kuni ari ipak qurti yotgan daraxt yaprog'iga qo'nib xafa bo'lgan ohangda: Sen nega...

Shokoladli kecha

Ziyoda sakkiz yoshli yoqimtoy qiz ekan. Qishki ta'til kunlarida u ko'p vaqtini xonasida o'yinchoqlar o'ynab o'tkazar ekan. O'sha kuni Ziyoda xonasida koptok o'ynayotganida onasi oshxonadagi shkafga katta qutida shokolad qo'yayotganini ko'rib qolibdi. Qizaloq shokoladni juda yaxshi ko'rar ekan. Shuning uchun butun hayoli shokolad qutisida bo'libdi....

Shlyapa kiygan haykallar

Tog‘dagi bir qishloqda nihoyatda kambag‘al chol bilan kampir yashar edi. Er-xotin poxoldan shlyapa to‘qishar, chol ularni shaharga sotgani olib borardi. Savdosi yurishsa, biror yegulik olib qaytardi. Shlyapa sotilmagan kuni qariyalar och-nahor uxlashga majbur bo‘lishardi......

Sichqonning gugurt qutilari

Kichik bir qishloqda xaroba bir uy bor ekan. Bu uyda ikkita sichqon yashar ekan. Ular birbirlarini juda yaxshi ko'rishar, bir-birlarini yaxshi tushunishar ekan. Sichqonlar faqat bir mavzuda kelisha olmas ekanlar: gugurt qutilari. Erkak sichqon gugurt qutisini yig'ishni yaxshi ko'rar ekan. Qachon bo'sh gugurt qutisini ko'rsa, uni olib uyga keltirar...

Qirq yamoq haqi

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, biz ko‘rmagan, biz bo‘lmagan zamonlarning birida ikki qo‘shni bo‘lgan ekan. Biri o‘ta boy, bo‘g‘zigacha moy, ikkinchisi uning xizmatida sochi oqargan, ammo kosasi oqarmagan kambag‘al ekan......

Toychoq va poyezd

Saman poyezd yo'li yaqinida yashaydigan toychoq ekan. U tez-tez temiryo'l vokzaliga borar, poyezdning kelib ketishini kuzatar ekan. Poyezdning ovozi va tutun chiqarib yurishi unga juda yoqar ekan......

Boylik topgan bola

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim o‘tgan zamonda bir cholning ikki o‘g‘li bo‘lib, ulardan biri sabrli va mehnatkash, ikkinchisi esa yalqov va ishyoqmas ekan. Katta o‘g‘il tinmay mehnat qilgani uchun ham sog‘lom va baquvvat bo‘lsa, dangasa o‘g‘il xo‘ppa semiz va dardmand ekan......

Bolam qayerda

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir ko'l atrofida tinch yashaydigan o'rdak oilasi bor ekan. O'rdak har kuni o'n nafar bolasi bilan ko'lda suzar ekan. Ko'lning chetida chinor daraxti bor ekan. Uning shoxlari uzun bo'lib, bir qismi ko'lning ichiga qarab o'sgan ekan. O'rdak har kuni bolalari bilan birga shu chinorga qarab suzar ekan. U tumshug'ini suvga...

G'alati it

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Katta bir adirda bir qancha itlar birga yashashar ekan. Bu itlarning ranglari turlicha ekan. Biri qora,bir oq, biri jigarrang ekan. Bir kuni bu yerga olachi por it kelibdi. Itlar uni uzoqdan ko'rib hayron bo'lib qolishibdi......

Toshqotgan ajdarho

Qadimda Boysun bilan Sho‘rchi orasidagi kichik so‘qmoq Qoradaradan o‘tardi. Savdogar, yo‘lovchi karvonlari ming azob bilan dara ichidan o‘tib, Hisor tomonlarga borishardi......

Fikr qo'shish