Buxoriyning onasi

Buxoriyning onasi
Buxoriyning onasi


Farzandlarini yeru ko‘kka ishonmay yurgan Fotimani Allohning yana bir imtihoni kutardi. Bir kuni go‘dak o‘g‘li Muhammad atak-chechak qilayotib, yiqildi. Shunda yerda yotgan bir shoxcha uning ko‘ziga zaxa yetkazdi. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgach, ona farzandining ko‘rmayotganini payqab qoldi. Fotima dunyoni unutdi. Allohga nola qildi. Shu topda u o‘g‘lining ko‘ra olishi evaziga hamma narsasini berishga tayyor edi. Katta o‘g‘li bilan birga buxorolik mashhur tabibnikiga jo‘nadi.

Qartaygan, ko‘zlari qisiq, titroq qo‘lli tabib o‘g‘lini obdon sinchiklab ko‘rib, davolashga ojiz ekanini aytdi. “Shifo yolg‘iz Allohdan!” deb taskin ham berdi. Fotima tabib huzuridan bo‘shashib, oyoqqo‘li holsiz qaytdi.


Fotima sarosimaga tushmadi. U tunlari toatibodatda bedor, kunduzlari ro‘zador bo‘lib, Allohga iltijo qilib yolvordi, chin ixlos va umid bilan farzandining kasaliga shifo so‘radi.

Kunlarning birida juda toliqib, ozroq uxlagan edi, tush ko‘rdi. Hassa tutgan baland bo‘yli, yuzi nurli, ko‘rkam soqolli bir qariya tushiga kirdi. Keyin bilsa, bu zot Ibrohim Xalilulloh alayhissalom ekanlar. U kishi Fotimaning qarshisiga kelib, unga xursand holda: “Ey ayol, Allohga ko‘p yolvorib yig‘laganing, tinmay duolar qilganing samarasiz ketmadi. Mehribon Alloh o‘g‘lingga ko‘zlarini qaytarib berdi”, dedilar.

Uyqudan yuragi hapqirib uyg‘ondi. Shoshilinch o‘g‘li yotgan xonaga chopdi. Kirib qarasa, ko‘zi yana hammayoqni ko‘ra boshlagan o‘g‘li o‘rnida jilmayib yotardi. Ayol umid-iltijosi mukofotiga berilgan bu yaxshilikdan cheksiz sevindi. Allohga hisobsiz shukrlar aytdi, hamdu sanolar yo‘lladi.

Onasi suyib-ardoqlab o‘stirgan bu bola keyinchalik hadis ilmining sultoni, ulug‘ muhaddis Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (Imom Buxoriy) bo‘lib yetishdi.

Nilufar Usmonova - Uylanding

Bo`ydoqlik davringda boshing edi xor, Toza kiyimlarga bo`lar eding zor, Mana endi hatto dastro`moling bor, Eh afsus, yuribsan shuncha yil bekor....

Jaxil ustida so'ralgan taloq

Bir kuni oilalik bir er, uyiga qaytishi bilan ayoli janjal ko‘tara boshladi. Janjal shu darajada avj oldiki, xatto ayol taloq so‘rashga o‘tdi. Jahl otiga minib olgan ayol, talog‘ini berishini so‘rashdan nariga o‘tmay qo‘ydi. Hech chora topmagan er, qog‘oz qalamni olib "Ha, men Faloniy o‘g‘li Falonchi, aqli hushim joyida, nima deyayotganimni yaxshi...

Erning ayyorona xiylasi

Er ayoli bilan qattik, aytishib arazlashib qoldi. Ayol arazladi - yu eri bilan gaplashmay qo'ydi. Oradan biroz vaqt o'tib kek ginasini unutgan er ayoliga so'z qotdi......

Jumbok 3 qism

Malik hayotda jiddiy inson kam gap uz davrida V'etnamda V'etnam mafiyasiga Karshi chikan ogir jarohat olib V'etnamda etti yil asir bulib yashagan ming azobni boshdan kechirgan kolganini uzilar tasavur kilib olaverilar......

Yigitlikning koʻchasi

Yigitlikning koʻchasi Ismatga alam qildi. Judayam alam qildi. Axir unga qoʻl koʻtarishdi. Yana kimlar? Qandaydir goʻdaklar! Shefiga aytsa-ku, hammasining dab-dalasini chiqaradi. Kim boʻlipti bular Toshtemir shef qoshida?! Kerak boʻlsa, har birini bir-bir chinchalogʻi bilan uchirib yuboradi. O’shalarning betiga aytdi: «Bittang qimirlamay tur, hozir...

Film

“Dunyoning eng yahshi 10 daqiqalik fil'mi” unvonini olgan qisqa metrajli fil'mni ko'rish uchun kinoteatrga odamlar yig'ildi. Fil'm boshlandi xamki katta ekranda uyning oppoq shiftidan boshqa xech nima ko'rinmasdi. To'rtinchi daqiqada xam shu axvol, beshinchida xam......

Bolakayning sabog'i

Bir chol o'g'linikiga ko'chib keldi. O'g'li uylangan, to'rt yashar farzandi xam bor edi. Cholning yoshi bir joyga borib qolgan, qo'llari qaltirar, ko'zlari hira ko'rar, oyoqlarini zo'rg'a sudrab yurardi......

TO'TIXONNING TANGOSI (hajviya)

Qish. Hammayoq oppoq qor bilan qoplangan. Qishloq ko'chasi bo'ylab rizqini terib yurgan qora qarg'a bir chetda titrabgina turgan to'tini ko'rdi-yu, hayratdan qag'illab yubordi. — To'tixon, ko'chada nima qilyapsan?...

Jumbok 6 qism

Jafar kimorvozlardi yigib yahshilab Ahamyat berib karasa terak gruhidan Uchta kimorvoz tirik kolgan ekan Kimorvozlardan birini oldiga chakirib Nega aynan seni tudendagilardi uldiryapti Deb suragandi terak gruh boshligi bilmadim Deb......

KO'RDIK

KO'RDIK... Hamma  narsangizni  selfi  qilib  joylabsiz... - Ko'rdik, anvoyi taomlar ebsiz.  Qancha insonlar bir burda nonga zor. - Uyingiz xashamatli ekan.  Qancha insonlarning o'z uyi yo'q yoki ijara xaqini to'lolmayapti....

Fikr qo'shish