Parhez mobaynida vazn yo'qotishga xalaqit qiluvchi 8ta xato

Parhez mobaynida vazn yo'qotishga xalaqit qiluvchi 8ta xato
Parhez mobaynida vazn yo'qotishga xalaqit qiluvchi 8ta xato

Qisqa vaqt ichida tana vaznini kamaytira olishni va’da qiluvchilarga also ishonmang. Chunki sog’lom va to’g’ri ovqatlanish yordamida qisqa vaqt ichida 5 kg yog’ni yo’qota olmaymiz. To’g’ri, shunday parhez turlari borki, ular to’g’ri tanlansa va astoydil bajarilsa, har qanday maqsadga erishsa bo’ladi. Quyida parhez ushlashdagi 8ta xatoni keltirib o’tamiz.

Uyqusizlik
Soat 22:00dan keyin uhlashga odatlangan bo’lsangizu to’yib uhlay olmasangiz, buyrak usti bezining tiklanishi ishdan chiqib, jigarga yuklama tushishi ortadi. Natijada esa metobolizm sustlashib, vazn ortishi kelib chiqadi.

Odatda ozishni maqsad qilganlar kam kaloriyali mahsulotlar iste’mol qilib, me’yordan kam ovqatlanishga harakat qilishadi. Ammo kam yeyish bilangina ozib bo’lmaydi. Organizm har kungidan kam me’yorda kaloriya qabul qilsa, ortiqcha yog’lar parchalanmaydi.
Kam suyuqlik ichish

Ozmoqchi ekansiz, kunlik suyuqlik miqdoriga ahamiyat bering. Qanchalik kam suyuqlik qabul qilinsa, metobolizm shunchalik sekinlashadi.
Jismoniy mashqlar

Kun davomida, mayli hatto bir mahal bo’lsa ham 25 daqiqadan kam shug’ullansangiz, ozmaysiz! Jismoniy mashqlarning ta’siri 26 daqiqadan keyin sezila boshlaydi.
Taomnomada oqsil kamayib ketsa, yog’larning qayta ishlab chiqarilishi sustlashadi. Shu bois ham oqsil miqdoriga ahamiyat berish lozim.

Har kuni iste’mol qilinadigan 2-4 ta meva va 100-150 gr dimlangan yoki pishmagan holda sabzavotlar organizmda insulin miqdorini me’yorlashuviga yog’ qatlamini yo’qotib, tana vaznining kamayishiga imkon beradi.
Faqat tana vazni ko’rsatkichi emas, balki vaznni kamaytirishi uchun bilish kerak bo’lgan yana bir qancha ko’rsatkichlar bor, bular: tanadagi yog’ miqdorining foizi, tana vazni indeksi, bel va son aylanasining nisbati va har kunlik kaloriya miqdori.
Kam-kamdan tez-tez tamaddi qilish

Kun davomida kam portsiyadan tez-tez ovqatlanish ozishning eng oson yo’li. Ertalab uyg’ongandan so’ng nonushta qilish, keyin har 2-3 soatda kam-kamdan ovqatlanish kerak. Kechqurun soat 19:00 dan so’ng ovqatlanmaslik esa asosiy qoidalardan biri.
Aslida mingdan ziyod parhez turlari mavjud. Ammo barcha qoidalarga amal qilib, topshiriqlarni to’g’ri bajaradiganlar kamdan-kam topiladi. Ozish uchun muntazam parhezda bo’lgan yaxshimi? Biz uchun ovqatlanishdagi me’yor tushunchasi ovqatdan keyingi to’qlik hissimi yoki xohlaganda ovqatlanishmi?

Avvalo tana vaznini o’lchashni to’xtatish kerak. Non mahsulotlarini harid qilishda e’tiborli bo’ling. Tushlikda taxminan oshqozonning uchdan bir qismi bo’sh qolishi kerakligini unutmang!

Fikr qo'shish