Duoda qoim bo‘lmoqning fazilati

Duoda qoim bo‘lmoqning fazilati
Duoda qoim bo‘lmoqning fazilati


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon kechalarini ibodat bilan bedor o‘tkazishga targ‘ib qilar, ammo qat’iy buyruq bermas edilar. Shunda u zot: «Kim Ramazonda iymon va ixlos bilan qoim bo‘lsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi», der edilar».

Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan.

Ramazon oyidan imkon qadar ko‘proq foyda olish uchun bajarish lozim bo‘lgan 13 amal:

1. Iloji boricha ko‘proq Qur’oni karimni o‘qish. Bunda uning ma’nolarini tushunish va oyatlarning mazmuni haqida chuqurroq mulohaza yuritishga e’tibor berish lozim.
2. Nafl namozlarini o‘qish.

3. Quyidagi savollar haqida chuqur fikr yuritib ko‘rish: «Men kimman?», «Qayerdan keldim va qayerga ketmoqdaman?», «Mendan Alloh taolo nimani xohlaydi va mening Uning oldidagi majburiyatlarim qanday?».

4. O‘tmishga nazar solish, bo‘lib o‘tganlarga baho berish, hozirgi ahvoliga nazar solib, kelajak haqida o‘ylab ko‘rish.

5. Ilgari qilingan gunohlarga pushaymon bo‘lgan holda, har kechani oxirgi imkoniyat sanab, duo qilish bilan o‘tkazish.

6. Imkon qadar ko‘p zikr qilish.

7. Kimnidir xafa qilib qo‘ygan bo‘lsa, o‘sha insondan uzr so‘rash va u bilan yarashish.

8. Arazlashib qolganlarni murosaga keltirish, g‘am-anduhdagilarga taskin berish.

9. Beva-bechora va muhtojlarga sadaqa berish, yetim-yesirlar va xastalarning holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, qo‘lgan kelgan yordamini ayamaslik.

10. Yaqinlar va qavmu – qarindoshlardan hol-ahvol so‘rash, ularni yo‘qlash va kerakli masalalarda ko‘maklashish.

11. Diniy yig‘inlarda va dinga oid jamoat tadbirlarida ishtirok etish.

12. Farz namozlarni jamoat bilan birga ado qilishga harakat qilish.

13. Marhumlarning qabrini ziyorat qilish.

Albatta, bu amallar faqatgina Ramazon oyida bajarilishi kerak, degan fikrdan yiroqmiz. Lekin ular uchun bu oyda juda ko‘plab ajru savoblarga ega bo‘lish imkoni mavjud.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa kishining duosi rad etilmaydi: ro‘zadorning og‘zini ochgunicha qilgan duosi, odil imomning duosi, mazlumning duosi». 

Imom Termiziy va Ibn Moja rivoyati.

Safarda takbir va tasbih aytish

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: "Biz (tepalikka) ko‘tarilganimizda takbir (Allohu akbar), tushayotganimizda tasbeh (Subhanalloh) aytardik", dedilar....

Qattiq qalbga nasihat bekor

“Ey Odam farzandi! Maxluqlarni la’natlamang, la’nat o‘zingizga qaytadi. Ey Odam farzandi! Osmon Ismlaridan biri sababli havoda ustunsiz tik turibdi. Ammo qalblaringiz esa Kitobimdagi mingta va’z nasihatim bilan ham to‘g‘ri emas! Ey insonlar! Tosh suvda yumshamaganidek, va’z ham qattiq qalbga ta’sirini o‘tkaza olmaydi......

Zikr

TAXLIL, TASBЕX, TAKBIR, TAXMID va ISTIG‘FOR aytishning fazilati......

Insoniyat dunyoga keltirgan eng buyuk aql

Insoniyat dunyoga keltirgan eng buyuk aql sohibi G‘arb da’vo qilganidek Eynshteyn emas, balki, Abu Rayhon Beruniydir.  Abu Rayhon Beruniy tibbiyot, falsafa, ximiya, fizika, matematika, geologiya, astronomiya, tarix, dorishunoslik, geografiya, filologiya-tarjima fanida olim hamda geodeziya ilmining asoschisi bo‘lgan. ...

Kafolat qani?

Davra katta edi. Suhbat qizigandan qizidi. Kimdir: - Hozir Azroil alayhissalom kelsa-yu: "Uch kundan keyin joningni olaman, tayyorgarligingni ko‘raver", desa, nima qilardinglar? - deb o‘rtaga savol tashladi......

Gunoxlarni yuvuvchi ayrim oson ibodatlar

"Er yuzida kimda-kim "la ilaha illalloh, vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billah" der ekan, uning barcha gunohlariga kafforat bo‘lib ketadi, garchi gunohlari dengiz ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham"......

Qazo namozi

– Bir kishi bir namozni uzr sababli o‘z vaqtida o‘qimasa, nima qiladi? – So‘ngra qazo qilib o‘qiydi. – Bir kishining bir namozi qazo bo‘lib, ikkinchi namozning vaqti kirib qolsa, u kishi qaysi namozni o‘qiydi, ya’ni avval qazo namozni o‘qiydimi yoki vaqti kirgan namozni o‘qiydimi? Masalan, peshin namozi qazo bo‘lib, hanuz qazosini o‘qimay, asr...

Ulug' zotlar tahorat haqida

1. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu: «Agar qalblarimiz pok bo‘lsa, Robbimizning kalomidan to‘ymaydi», degan......

O'tganlar haqiga o'qiladigan duo

Assalomu alaykum! Uzur ustozlar mening dindan savodim xali yaxshi emas xudoga shukur yakinda namoz ukishni boshladim. savolim shunday kaysi duoni ukib yursa utgan avlod ajdodlar uchun yaxshi buladi yo sura oyatlarnimi.. raxmat nomakul savol bergan bulsam uzur......

Anbiyolarning kasb-hunarlari

• Odam alayhissalom yer haydab, dehqonchilik qilganlar. – Idris alayhissalom tikuvchi bo‘lganlar. – Nuh alayhissalom duradgor bo‘lganlar....

Fikr qo'shish