Erni davolovchi dori

Erni davolovchi dori
Erni davolovchi dori


Bir ayol dugonasini oldiga kelib eridan shikoyat qila boshladi:
- Erim qachon uyga kelsa menga tashlanadi, baqiradi, tergaydi, bundan qutulishni iloji bo‘lmayapti...
Dugonasi:
-Bilasanmi dugonajon, menda bir dori bor, uni menga bir tanishim bergan edi, qaysi ayol bu dorini istemol qilsa eri tinchlanib, sokin bo‘lib qoladi. Senga undan bir shisha beraman. Dorini qo‘llash uslubini yodingda tut: Qachon ering kelib senga baqirishni boshlasa, sen darhol dorini qoshiqga olib og‘zinga sol, lekin yutib yuborma, qachon ering tinchlansa, keyin yut, - dedi.


Ayol dorini olib uyiga ketdi. Bir haftadan keyin dugonalar yana uchrashishdi. Dorini istemol qilgan ayol dugonasiga:
-Rahmat senga, haq ekansan, dori erimga yaxshi ta’sir qildi. Qachon dorini og‘zimga solsam, o‘sha zahoti erim tinchlanib qoladi, - dedi xursand bo‘lib.
Dugonasi:
- Eringni tinchlantiruvchi dori - bu aslida sukutingdir, - dedi.

Er gapirganda sukut saqlashni o‘rganing, ayollar! Bu ish faqat va faqat foyda keltiradi, urush-janjallarni daf qiladi, ro‘zg‘oringizga baraka olib keladi! Ayol kishi eriga gap qaytaradigan, hurmatsizlik qiladigan, odobsiz bo‘lsa, Alloh asrasin, bunday oila tagidan yemirilgan oila hisoblanadi va ertami-kechmi u qulab tushadi, parchalanib ketadi!.....

Ғаройиб ҳодисалар изидан: “ЎРМОН ХЎЖАЙИНИ…” (Асаби бўшлар ўқимасин)

Bu qish boshqa yerlarda bo'lgani kabi Verxnaya Valuna qishlog'i yaqinidagi o'rmonlarni ham chetlab o'tmadi. Qalin yoqqan qor, kuchli sovuq o'rmondagi jonivorlarni ham qiyin ahvolga solib qo'ydi. Endi bo'rilar, ayiqlar, tulkilar qishloq odamlarining hayotiga rahna solishi mumkin. Ammo qishloq ahli ulardan qo'rqishmaydi. Ular faqat bir kishidan —...

HO'KIZ MONOLOGI (hajviya)

Ordona qolgan oqibat Akammisan, ukammisan, kim bo'lsangam meni tanivol! Men Ho'kizboy Torg'il o'g'li Suyarqulov bo'laman. Avlodlarimiz o'sha kiroyi ho'kizlardan bo'lishgan. Bobomning bobosimi, yo bobosining bobosimi, allambalo zotlardan bo'lishgan ekan. Zotimiz o'sha kattakon zotlardan ekan. Olaxon momom gapirib bergan. Momom rahmatli meni ne...

Agar ota-onangiz xayot bo'lsalar fursatni g'animat bilib, xaqlariga ko'p duo qiling

Agar ota-onangiz xayot bo'lsalar fursatni g'animat bilib, xaqlariga ko'p duo qiling. Xech kimga abadiy qolish xuquqi berilmagan. Agar birilari xayot bo'lsa xam shunday qiling. Agar bu dunyoni tark qilgan bo'lsalar, Alloxdan mag'firatlarini so'rab duo qiling. Ayniqsa Ramazon oyida bunga jiddu jaxd ko'rsating... «Ota-onaga hizmat qilish odoblari»...

Hazonli kunlar. Tuzoq... 1-qism

Ishdan charchab kelgan Shuxrat aka mexmonhona sari yo'l oldi. Ichkariga mo'ralar ekan, xozirgina mexmonlar kelib ketganini sezdi, chunki xali dasturhon eg'ib olinmagan edi. O'z honasiga kirar ekan, eshik og'zida Mexri hola unga peshvoz chiqdi......

Yetim qolgan gullar

Qaynoq garmsel har quturganda, shaharcha quyuq toʻzon ichida qoladi. U biydek dashtning qoq kindigida boʻy rostlagan bu shaharchani yer yuzidan supurib tashlamoqqa ahd qilgandek, toʻlgʻonib, yulqinib quyun uyurib esadi. Soʻng shiddati andak susaygandek boʻladi-da, tagʻin yangidan kuch olib, koʻp qavatli qizgʻish gʻishtin uylaru koʻkka nayzadek...

Sizdan emas, Ollohdan so'radim!

Saudiyadagi muallimalardan biri xikoya qiladi: - Maktab (madrasa)lardan birida ichki bufet - magazinni yuritar edim. Muallimalar, o'quvchi qizlar kundalik yeb-ichish, qog'oz-qalamlarni shu erdan harid qilishar edi....

Bir boy odam masjidga kirib

Bir boy odam masjidga kirib, namoz o'qibdi. Namozdan so'ng duo qilayotsa, yonida o'tirgan bir darveshning duosini eshitib qolibdi:  – Alloxim! Qornim juda och. Menga falon taom, falon shirinliklardan yetkazgin!......

Hazonli kunlar. Tuzoq... 3-qism

Kun tushdan og'ib, kechga qarab yo'l olgan bir maxal. Qish kunlari kunlar qisqa,tunlar uzun. Xa deganda tushlik vaqti, eg'ishtirib bo'lar–bo'lmas kechki ovqatga unnash kerak. Sarvihon kechki ovqat tayyorlash maqsadida oshhonaga yo'l ola boshladi. Yosh kelinlarning birdan bir katta muammosi nima ovqat qilishda. Sarvihon bu tarafdan xam xam omadi...

Ota-ona xurmati

Ota-ona xurmati... Bir yigit Payg'ambarimiz sallolloxu alayxi vassallamga shikoyat qilib dediki: -Otam qarib, juda bevosh bo'lib ketganlar. Aqldan ozganlarmi, deb qo'rqaman. Uyimga kelib, qo'llariga nima ilinsa, shuni olib chiqib ketaveradilar....

Onangiz oyog'i ostida qul bo'lib yashang

Dahshatli sinov Ona o'g'liga qo'ng'iroq qildi. Yodgor: Allo…! Ona: O'g'lim qaerdasan? Onasini savolidan Yodgorni ensasi qotib, jahli chiqdi......

Fikr qo'shish