Hidoyat - Allohdandir

Hidoyat - Allohdandir
Hidoyat - Allohdandir

Ko‘zi ochig‘-u ko‘rmaydiganlar bor.
Qulog‘i sog‘lom-u eshitmaydiganlar bisyor.
Qalbi bor-u tosh kabi qotib qolgan, ma’rifat ta’sir qilmaydiganlar ko‘p.

Muso alayhissalom dengizni ikki bo‘ldilar. Buni ko‘rib ham iymon keltirolmaganlar ko‘p bo‘ldi.

Iyso alayhissalom o‘likni tiriltirdilar. Buni ko‘rib tursada, iymonga musharraf bo‘lolmaganlar bisyor bo‘ldi.

Muhammad alayhissalom oyni ikkiga bo‘ldilar. Buni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib tursa-da, qalbi qoralig-yu toshdek qotganligi sababli qabul qilolmaganlar ko‘p bo‘ldi.

Hidoyat - Haq taolodandir.
Biron inson, hattoki u payg‘ambar bo‘lsa-da, toinki Alloh hidoyat qilmasa, boshqa birorta insonni hidoyatga boshlay olmaydi.
Sahobalar roziyallohu anhumda bizlar uchun buyuk ibratlar bor. Ular bir narsaga ega bo‘lishsa, "Alloh nasib qildi", biror kimsa hidoyatiga sabab bo‘lishsa, "Alloh hidoyat qildi", biron fathni qo‘lga kiritishsa, "Alloh fath qildi", deyishar, o‘zlarini nafy etib, Alloh taoloni isbot qilishar edi.

Rahmat yoqqan chog‘da bo‘sh idish bo‘lgin,
O‘sha rahmat ila limmo lim to‘lgin.
Yomg‘ir yoqqan chog‘da to‘nkarilgan jom,
Qolar quruq bo‘yicha, olmayin nam.

Fikr qo'shish