Erni davolovchi dori

Erni davolovchi dori
Erni davolovchi dori


Bir ayol dugonasini oldiga kelib eridan shikoyat qila boshladi:
- Erim qachon uyga kelsa menga tashlanadi, baqiradi, tergaydi, bundan qutulishni iloji bo‘lmayapti...
Dugonasi:
-Bilasanmi dugonajon, menda bir dori bor, uni menga bir tanishim bergan edi, qaysi ayol bu dorini istemol qilsa eri tinchlanib, sokin bo‘lib qoladi. Senga undan bir shisha beraman. Dorini qo‘llash uslubini yodingda tut: Qachon ering kelib senga baqirishni boshlasa, sen darhol dorini qoshiqga olib og‘zinga sol, lekin yutib yuborma, qachon ering tinchlansa, keyin yut, - dedi.


Ayol dorini olib uyiga ketdi. Bir haftadan keyin dugonalar yana uchrashishdi. Dorini istemol qilgan ayol dugonasiga:
-Rahmat senga, haq ekansan, dori erimga yaxshi ta’sir qildi. Qachon dorini og‘zimga solsam, o‘sha zahoti erim tinchlanib qoladi, - dedi xursand bo‘lib.
Dugonasi:
- Eringni tinchlantiruvchi dori - bu aslida sukutingdir, - dedi.

Er gapirganda sukut saqlashni o‘rganing, ayollar! Bu ish faqat va faqat foyda keltiradi, urush-janjallarni daf qiladi, ro‘zg‘oringizga baraka olib keladi! Ayol kishi eriga gap qaytaradigan, hurmatsizlik qiladigan, odobsiz bo‘lsa, Alloh asrasin, bunday oila tagidan yemirilgan oila hisoblanadi va ertami-kechmi u qulab tushadi, parchalanib ketadi!.....

Qong'iroq

Muhim ish yuzasidan uch kunga safarga chiqishimga to‘g‘ri keldi. Uylanganimga uch yil bo‘libdiki, ayolim va o‘g‘limdan uzoqda bo‘lishga o‘rganmagan, ulardan hech ham ayrilmagandim. Ular ham shunday......

Amerika polisiyasi

Amerikaga endi kelgan vaqtimda eskiroq mashinada yurardim. O'zbekistondan olgan xaydovchilik guvoxnomam bilan. Uch......

Ikki Sevishgan

O'tkan zamonlarning brida bir gozal va jozibali qiz bolgan ekan u qizga bir oq kongili mexribon yigit oshiq bolipdi qiz xam bolani yoqtirip qolipdi oradan yilar o'ti ayni yoz chilasi ikki sevishganlar kata suv xavzasi yonidan o'tishardi shu payt qizning xayoliga ; ilxom akam meni rostan xam sevarmikin o'zi sinap korish kerak dep xudi tasodifan...

Meni ham izlasin kimdur, mayliga topolmasa ham..

Men yaxshi ko`raman yig`loqi qizni,  Kelgandan ketgancha ko`z yosh qilsa ham.  Ko`z yig`lab yupatar har birimizni,  Ko`z yoshdir ko`nglimga eng toza malham.....

ERTAKDAGI DUMSIZ EShAK SARGUZAShTLARI (hajviya)

O'zga dunyo Bir hatlab ko'lchaning narigi sohiliga o'tgandim, butkul boshqa dunyoga tushib qolibman. Bu yerda na ayiq, na cho'chqacha, na boyqush xonim bor ekan. Tevarak mol, qo'y, echki, otlarga to'la. Ularning barchasi baxtli. ...

Boy ayol bir...

Boy ayol bir kambag'alning uyi yonidan o'tib ketayotib, uydagilarning hursandchilik qilayotganini, kulayotganini eshitib qoldi. Ayol hizmatkoriga shu uyga kirib, qanday bayramni nishonlashayotganini so'rashni buyurdi......

UCHINCHI BASHORAT

(Tarixiy hikoya) Movarounnahrda saraton issiqlari avjga chiqqan payt. Sahargi salqinlik ko‘p o‘tmay kunduzgi jazirama bilan almashadi. Quyosh go‘yo odamzod, nabotot va hayvonot olamini o‘z qudratiga yana bir bor ishontirishga qasd qilganday... Butun borliq, hatto shamol ham nafas olmay qotgan kabi. Uch oshyonalik muazzam rasadxona ichi salqin....

Begona qo'ng'iroq

Kunlarning birida begona telefon raqamidan qo'ng'iroq bo'ldi, go'shakni ko'targanimda narigi tarafdan: -Dada, men sizni qattiq sog'indim, juda qattiq sog'indim, tezroq kelsangizchi. Dada! - degan kichkina qizbolaning umidli, mahzun......

Yosh qizning xatosi (Oramizdagi odamlar)

Assalomu alaykum qalbi keng saxovatli aziz yurtdoshlarim, sizlardan iltimos faqat tög'ri tushunasizlar va maslaxat yordamlarizni ayamaysizlar degan umiddaman, eng yaqin dugonam döstimga tög'ri maslaxat beringizlar. Guli oilasida 2 qiz, 1 opasi 1 akasi, va singlisi bor, ular bir vaqtlar baxtli oila edilar, 2004 yil guli boshidan murakab jarohlikni...

Ro'zaning mashru' qilinishi xaqida quyidagicha rivoyat bor

Ro'zaning mashru' qilinishi xaqida quyidagicha rivoyat bor:  Allox aqlni yaratib, unga: "Oldinga o'giril", dedi. U o'girildi. So'ng "Orqangga o'giril", dedi. Yana o'girildi. Keyin Allox: "Sen kimsan-u Men kimman?"...

Fikr qo'shish