Istig‘for ayting!

Istig‘for ayting!
Istig‘for ayting!


Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:

أَسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ القَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ

«Astag‘firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qayyum va atubu ilayhi», deb aytsa, (Alloh hatto) urushdan qochgandagi gunohini ham kechirib yuboradi», dedilar.
(Ma’nosi: Barhayot, tirik Allohdan avf etishini so‘rayman va Unga tavba qilaman.)

Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Voy gunohlarim, voy gunohlarim», deb ikki yoki uch marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:

اللَّهُمَّ مَغْفِرَتُكَ أَوْسَعُ مِنْ ذُنُوبِي وَرَحْمَتُكَ أَرْجَى عِنْدِي مِنْ عَمَلِي

«Allohumma mag‘firatuka avsa’u min zunubiy va rohmatuka arja ’indiy min ’amaliy», deb ayt», dedilar. U bu duoni o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam takrorla, dedilar. Bas, u takrorladi. So‘ngra yana takrorla, dedilar. U yana takrorladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, batahqiq mag‘firat qilinding», dedilar.
(Ma’nosi: Allohim, mag‘firating gunohimdan kengroqdir. Rahmating huzurimdagi amalimdan umidliroqdir.)

Imom Hokim rivoyatlari.

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta

يَا أَرْحَمَ الرَّاحِمِيْنَ

«Ya arhamar rohimiyn» («Ey rahm qiluvchilarning rahmlisi»), deb aytadigan kishilarga Alloh taoloning vakil qilingan farishtalari bordir. Kimki buni uch marta aytsa, farishtalar u uchun «Rahm qiluvchilarning rahmlisi (Alloh), Senga yuzlandi, bas, Sen undan so‘ragin, deyishadi».

Imom Hokim rivoyatlari.

Ulug' zotlar tahorat haqida

1. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu: «Agar qalblarimiz pok bo‘lsa, Robbimizning kalomidan to‘ymaydi», degan......

📙Sayyidul istig‘for

“Sayyidul istig‘for” birikmasi “istig‘forlar sayyidi” ma’nosini anglatadi. Tiybiy aytishicha, u tavbaning barcha ma’nosini o‘zida jamlagani uchun shunday atalgan......

Qanoatli bo'l, behojat bo'lasan

"Ey Odam farzandi! Kanoatli bo‘l, behojat bo‘lasan. Hasadni tark kil, rohatda yashaysan. Haromdan saqlan, diningni xolis qilasan. Kim g‘iybatni tark etsa, unga muhabbatim namoyon bo‘ladi. Kim odamlardan uzlatda bo‘lsa, ulardan omonda yuradi. Kimning so‘zi oz bo‘lsa, aqli komil bo‘ladi. Kim oz rizkka rozi bo‘lsa, Alloh bilan boglanibdi......

Nima uchun avvalo namoz deyilgan?!

Namoz – Qiyomat kuni bandani birinchi hisob kitob qilinadigan amali. Namoz – fahsh va munkar ishlardan qaytaradi......

Ko‘p istig‘for aytsangiz

Hasan Basriy aytdilar: Istig‘for aytadigan kishini Alloh azoblaydi deb o‘ylamayman. - Nima uchun? deyishdi. - Isig‘for aytishni uning ko‘ngliga kim soldi? dedi. - Alloh, deyishdi. - Qanday qilib o‘zi kechirim so‘rashga undab yana azoblashi mumkin?! dedi......

Biz bilan Allohni zikr qiling

اللَّهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ، أَوْ بِأَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ، فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَشَرِيكَ لَكَ، فَلَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ Allohumma maa asbaxa biy min ni'matin, av bi axadin min xolqika, fa minka vaxdaka laa shariyka-laka, falakal-xamdu valakash-shukr....

Beshta kerakli ma’lumot

➖1. Azon nihoyasiga yetgach, uning duosini aytganingizdan so‘ng o‘zingizni ijobat bo‘ladigan duodan mahrum qilmang. ➖2. Namoz o‘qiyotganingizda gunohlaringiz qayerga qo‘yiladi ?...

Bolaning sochini oqartirgan kun

«Ey Odam farzandi! O‘zingga va jamiki maxluqotlarimga nazar sol. Agar o‘zingdan azizrog‘ini topsang, uning hurmatini qozon. Illo, o‘zingdan azizini topolmasang, nafsingni tavba va solih amal bilan e’zozla. Allohning senga ato etgan ne’matini va U Zotning sizlar bilan bog‘lagan ahd-miysoqini esla......

Amalingni xolis qil

«Ey Odam farzandi! Ey dinor va dirhamning qullari! Men dinor va dirhamni ular orqali (bergan) rizqimni yeyishingiz, ular orqali (bergan) kiyimimni kiyishingiz, Menga tasbeh aytib, Meni ulug‘lashingiz uchun yaratdim. Keyin sizlar Kitobimni oldingizlar va uni orqaga otdingiz. Dinoru dirhamlarni oldingizlar va ularni boshingizga ko‘tardingiz......

Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q

Ibn Umar roziyalohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q. (Biri) Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bergan va u kecha-yu kunduzi uni infoq qiladi.(Ikkinchisi) Alloh taolo bir kishiga Qur’onni bergan va u kecha-yu kunduz uni qoim qiladi”, dedilar”. (Termiziy rivoyati!)...

Fikr qo'shish