Eng oson zikrlar (taxorat shart emas)

Eng oson zikrlar (taxorat shart emas)
Eng oson zikrlar (taxorat shart emas)


Allohning zikri ulug‘ fazilat bo‘lishiga qaramay, Alloh taolo uni shunday oson qildiki, uni qilish uchun biror narsa shart emas. Agar tahorat bilan qiblaga yuzlanib, fikrni bir joyga qo‘yib, zikr qilishga qodir bo‘lsa, juda yaxshi. Lekin uning iloji bo‘lmasa, aylanib, yurib, turib, o‘tirib va ish qilib bo‘lsa ham, har holatda bu ibodatni qilish mumkin. Bu ibodat uchun tahorat ham shart emas.

Balki janobat va hayz hollarida ham zikr qilish joiz. Faqat yalang‘och holatda, najosat o‘rnida, masalan hojatxonada til bilan zikr qilish durust emas. U vaqtda ham qalb bilan zikr qilish joiz. Shuning uchun inson ushbu ulug‘ ibodat savobini har vaqt biror xos mehnat va mashaqqatsiz qo‘lga kirita oladi.

Munosib gap shuki, ertayu kech bir oz vaqt ajratib, qoidaga binoan tahorat bilan qiblaga yuzlanib, xayolni bir joyga qo‘yib zikr qilsa va boshqa vaqtlarda aylanib, yurib, yotib, o‘tirib zikr aytsa, ne’mat ustiga ne’mat bo‘ladi.
Bir necha qisqa zikrlar quyida keltiriladi. Aylanib, yurib bo‘lsa ham, ularni tilda aytib yurib, ularni tilning virdiga aylantirib olinadi.
☘1. Hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘rsatmalari borki, Alloh taolo huzurida eng mahbub to‘rt so‘z bor:

سُبْحَانَ اللهِ، وَالْحَمْدُ للهِ، وَلاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ، وَاللهُ أَكْبَرُ

«Subhanallohi, valhamdulillahi, va laa ilaaha illallohu vallohu akbar»

Ma’nosi: «Alloh barcha aybu nuqsondan pokdir. Unga hamd bo‘lsin. Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Alloh ulug‘dir»
📚(Muslim rivoyati).

🌼2. Hadisda kelishicha, ikki so‘z Rohmanga juda mahbub, tilga yengil, amal tarozisida esa og‘irdir:

سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ، سُبْحَانَ اللهِ الْعَظِيْمِ

«Subhanallohi va bihamdihi, subahanallohil ’aziym»

Ma’nosi: «Alloh barcha aybu nuqsondan pokdir. Unga hamd bo‘lsin. Ulug‘ Alloh pokdir» 📚(Buxoriy va Muslim rivoyati).

☘3. Hadisda borki, «Laa havla va laa quvvata illa billaah» ni ko‘p o‘qinglar. Chunki bu so‘zlar jannat xazinalaridan bir xazinadir (Mushkot).

Ma’nosi: «Toatga ham, gunohdan saqlanishga ham quvvat faqat Alloh tomonidandir».

🌼4. Hadisda kelishicha, qaysi shaxs tongda quyidagi so‘zlarni o‘qisa, bas, unga Ismoil alayhissalomning farzandlaridan o‘nta qulni ozod qilgan kishining savobi yetadi, o‘nta savob yoziladi, o‘nta gunoh afv etiladi, o‘n daraja ko‘tariladi va shomgacha u shayton yomonligidan saqlanadi va shu so‘zlarni shomda aytsa, bas, tonggacha yuqoridagi foydalar hosil bo‘ladi.

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَحْدَهُ لاَشَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ، وَلَهُ الْحَمْدُ، يُحْيِي وَيُمِيتُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ.

«Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariyka lah, lahul mulku va lahul hamd, yuhyi va yumiytu va huva ’ala kulli shay’in qodir»

Ma’nosi: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q. U yolg‘iz, sheriksiz Zotdir. Mulk ham, hamd ham Unikidir. (U) tiriltiradi va (U) o‘ldiradi. U har bir narsaga qodirdir»

📚 (Abu Dovud rivoyati).

حَسْبِيَ اللَّهُ، لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ، عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ، وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ

«Hasbiyalloh, laa ilaha illa hu, ’alayhi tavakkaltu va huva Robbul ’arshil ’aziym»
Ma’nosi: «Alloh menga kifoya qilguvchidir. Undan o‘zga iloh yo‘q. Unga tavakkal etdim va U ulkan Arshning Parvardigoridir».

Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba

Alloh taolo barcha sahobalardan rozi bo‘lsin! Asharai mubashshara bil jannah (Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba)......

Muloyimlik go‘zal hislatdir!

...Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Menga nasihat qiling" dedi. ..."Qayerda bo‘lsang ham, Allohdan qo‘rq" dedilar. ..."Yana ko‘paytiring", dedi......

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin!!!! Kunini Robbisi ila suxbat, bomdod namozi ila boshlaganlar naqadar baxtlilar😊......

Biz bilan Allohni zikr qiling

اللَّهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ، أَوْ بِأَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ، فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَشَرِيكَ لَكَ، فَلَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ Allohumma maa asbaxa biy min ni'matin, av bi axadin min xolqika, fa minka vaxdaka laa shariyka-laka, falakal-xamdu valakash-shukr....

Duoning ijobat bo‘lish vaqtlari

Alloh taolo duoning ijobat bo‘lish vaqti va o‘rinlarini muayyan va xos turlarga ajratib, birini boshqasidan afzal qildi......

Qabrda bo‘ladigan savol javoblar

1)Robbing kim? -Robbimiz Alloh 2)Dinning qaysi? -Dinim Islom! 3)Payg‘ambaring kim? -Payg‘ambarim Muhammad (S.A.V)! 4)Kitobing qaysi? -Kitobim Qur'oni Karim! 5)Tilaging nima? -Tilagim iymon!......

Hayit namozi qanday o'qiladi?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. 2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi....

Tiling bilan diling bir bo'lsin

"Ey Odam farzandi! Tavbasi nuqsonli, orzuhavasi uzun kishilar jumlasidan bo‘lma. Oxiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo‘lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo‘lma. Agar bersa, kanoat etmaydigan, bermasa, sabr kilmaydiganlardan bo‘lma......

O'tganlar haqiga o'qiladigan duo

Assalomu alaykum! Uzur ustozlar mening dindan savodim xali yaxshi emas xudoga shukur yakinda namoz ukishni boshladim. savolim shunday kaysi duoni ukib yursa utgan avlod ajdodlar uchun yaxshi buladi yo sura oyatlarnimi.. raxmat nomakul savol bergan bulsam uzur......

Farishtaning duosi (o'qing faqat yig'lamang)

Uni kasalxonaga og‘ir axvolda olib kelishdi. Kuchli zarbalardan ichki a’zolari ham yorilib ketgan edi. Tezkor guruh chaqirilmagunga qadar bu ishni kim qilganini shifokorlar bila olmadi. Bolaning tepasida izzillab yig‘layotgan ona ko‘ksiga mushtlar, ammo nimanidir yashirayotgani ko‘zlaridan ma’lum edi......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Езоза
    Езоза 14 июня 2026 21:03
    Асалому алейкум алохша хамду санолар болсин

    Асалму алейкум алохга хамду санолар болсин

Fikr qo'shish