Birinchilar

Birinchilar
Birinchilar


— Islomdagi birinchi Qibla – Baytul Maqdis.

— Birinchi musulmon shoir — Hasson ibn Sobit Ansoriy roziyallohu anhu.

— Madinada muhojirlardan birinchi vafot etgan inson – Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu.

— Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin Madinadan chiqqan birinchi qo‘shin – Salama ibn Zubayr qo‘shini.

— Musulmonlarning birinchi xalifasi – Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu.

— Birinchi umaviy xalifa – Muoviya ibn Abu Sufyon roziyallohu anhu.
— Birinchi abbosiy xalifa – Abul Abbos Saffoh.

— Birinchi bo‘lib masjidlarni (chiroqlar bilan) yoritgan inson – Tamim ibn Avs Doriy.

— Andalus (Ispaniya)ga yetib borgan birinchi qo‘mondon – Muso ibn Nusayr.

— Musulmonlar va forslar o‘rtasida bo‘lgan birinchi jang – Qodisiya jangi.

— Musulmonlar va mo‘g‘ullar o‘rtasida bo‘lgan birinchi jang – Ayni Jolut jangi.

— Salibchilardan ozod qilingan Masjidul Aqsoda birinchi juma xutbasini uqigan inson – Qozi Muhyiddin ibn Zakiyyuddin.

— Qustantiniya (Konstantinopol)ni birinchi bo‘lib fath qilgan inson – Sulton Muhammad Fotih.

— Qurbonlikni birinchi bo‘lib sunnat qilgan payg‘ambar – Ibrohim alayhissalom.

— Safo va Marva orasida birinchi bo‘lib ichgan inson – Hojar onamiz.

— Zamzam suvidan birinchi bo‘lib ichgan inson – Ismoil alayhissalom.

— Birinchi bo‘lib dengizga chiqqan payg‘ambar – Yunus alayhissalom.

"Hidoyat jurnali"dan.

Qiyomat kunidagi dahshatlarning qattiqligi

«Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar, odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi...

Har tong va kechqurun albatta shuni o‘qing

Har tong va kechqurun albatta shuni o‘qing: يَا حَيُّ يَا قَيُّومُ بِرَحْمَتِكَ أَسْتَغِيثُ، أَصْلِحْ لِي شَأْنِي كُلَّهُ، وَلاَ تَكِلْنِي إِلَى نَفْسِي طَرْفَةَ عَيْنٍ «Ya hayyu ya qoyyumu birohmatika astag‘iysu aslih liy sha'niy kullahu va la takilniy ila nafsiy torfata 'ayn» “Ey hay-tirik va qayyum sifatiga ega bo‘lgan Zot, Sendan yordam...

Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri

Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida. Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz......

Tahorat duolari

Tahorat olishdan avval ushbu duo o‘qiladi:“A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahil a'ziym. Valhamdu lillahi 'ala diynil Islam”. (Ulug‘ Allohning ismi bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman. Islom dini uchun Allohga hamd bo‘lsin.)......

Anbiyolarning kasb-hunarlari

• Odam alayhissalom yer haydab, dehqonchilik qilganlar. – Idris alayhissalom tikuvchi bo‘lganlar. – Nuh alayhissalom duradgor bo‘lganlar....

🌱Rizq Allohdan...

Naql qilishlaricha, Sulaymon alayhis salom dengiz sohilida o‘tirgan edilar, to‘satdan bug‘doy donini ko‘tarib, dengiz tomon o‘rmalayotgan chumoliga ko‘zlari tushib qoldi......

Tonggi zikr

«Asbahnaa 'ala fitrotil Islaam va 'ala kalimatil ixlaas va 'ala diyni Nabiyyina Muhammad va 'ala millati abiyna Ibrohiyma haniyfam muslima va maa kaana minal mushrikiyn»....

Bilasizmi

Payg‘ambarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Farzandlari: ➖ 1. Qosim (onasi Xadiyja roziyallohu anho) ➖ 2. Zaynab roziyallohu anho (onasi Xadiyja roziyallohu anho) ➖ 3. Ruqayya roziyallohu anho (onasi Xadiyja roziyallohu anho)......

Yetti toj

👉 1. ZIKRNING TOJI: «Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’alaa kulli shayin qodiyr» (Yagona Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q, saltanat va maqtov Unikidir. U barcha narsaga qodir Zotdir)......

📙Sayyidul istig‘for

“Sayyidul istig‘for” birikmasi “istig‘forlar sayyidi” ma’nosini anglatadi. Tiybiy aytishicha, u tavbaning barcha ma’nosini o‘zida jamlagani uchun shunday atalgan......

Fikr qo'shish