Ziravorlar haqida ko'pchilik bilgan va bilmagan ma'lumotlar

Ziravorlar haqida ko'pchilik bilgan va bilmagan ma'lumotlar
Ziravorlar haqida ko'pchilik bilgan va bilmagan ma'lumotlar

Ayrim o’simliklar ziravorlari meva va sabzavotlarga qaraganda o’n baravar ko’proq antioksidantlarga ega.
Har bir ziravorda turli miqdorda antioksidantlar bor. Ularning asosiy vazifasi organizmda yoshga doir o’zgarishlarni ortga surishdir. Ziravorlar nafaqat salomatlik balki chiroyli qomat uchun ham foydali sanaladi.

Har bir ziravorning o’ziga hos mazasi va ta’mi bor. Shunga ko’ra ulardan taom tayyorlashda, pishiriqlarda yoki ichimliklarga hushbo’y ta’m berishda foydalanish mumkin. Ozishni istaganlar esa ziravorlarning totli ta’midan ko’ra foydasiga ahamiyat qaratganlari ma’qul.
Choyqoshiqning to’rtdan bir qismi miqdorida dolchin qo’shib ichilgan choy metobolizmni tezlashtiradi. Shuningdek, yog’ qatlamlarining parchalanishiga yordam beradi. Dolchin qo’shilgan shirinliklar, taomlar va salatlar hazm qilish jarayonini yaxshilaydi.
Kurkuma organizmga tushgan zahoti hazm a’zolarini “uyg’otadi”. Asosiy foydasi esa -parxezdan so’ng vaznni me’yorda ushlab turadi. Ya’ni parxez tugagach, taomnomaga yangilik kiritishni istasangiz, taomlarga kurkuma ziravorini qo’shing.

Zanjabil o’simlik holida ham ziravor holida ham juda foydali. Erta tongda zanjabil va asalli suv ichilsa, metobolizm “yuradi”, ishtaxa yaxshilanadi, tana quvvatga to’lib, immunitet tizim o’zini tiklab oladi.
Qora murch. Uning tarkibidagi piperin moddasi ortiqcha kaloriyani parchalaydi. Ovqatga murch qo’shib iste’mol qilinsa, mahsulotlarning organizmga singishi oson kechadi. Qish kunlarida qora murch isituvchi hususiyati bilan ajralib turadi.
Zira. Ushbu ziravor taomlarga qo’shilganda hushbo’y ta’m beradi. Zira har qanday mahsulotga qo’shilgan taqdirda ham hazm jarayonini yaxshilaydi. Qalampirmunchoq va koriandr ham aynan shu hususiyatni o’zida mujassam qilgan.
Sarimsoqpiyoz. Ortiqcha vazn bilan hayrlashishni istasangiz, quritilgan sarimsoqpiyozni taomga qo’shib tanovul qiling. Ammo me’yorini oshirib yubormang. Bordiyu sarimsoqpiyoz oshqozonda og’irlikni paydo qilsa, uni boshqa ziravor bilan almashtirgan ma’qul.

Taomga ziravor qo’shib iste’mol qilinganda ko’proq suyuqlik ichish tavsiya etiladi.

Fikr qo'shish