Qiyomat kuni xursand bo'lay desangiz...

Qiyomat kuni xursand bo'lay desangiz...
Qiyomat kuni xursand bo'lay desangiz...


Oxiratda har bir bandaning nomai a’moli o‘ziga ko‘rsatiladi. Bu haqida Alloh taolo shunday degan: “Biz har bir insonning amalini bo‘yniga ilib qo‘yganmiz. Qiyomat kuni unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir kitobni (ya’ni, nomai a’molini) chiqarib (ko‘rsatamiz. O‘shanda unga deyiladi:) “Kitobingni o‘qi, (qancha savobing, qancha gunohing borligini hisob qil!) Bugun o‘z nafsing o‘zingga qarshi yetarli hisob-kitob qiluvchidir”. (Isro surasi, 13-14-oyatlar).

Oxiratda nomai a’moli o‘ng tarafdan berilgan inson xursand bo‘lib: “Mana mening kitobimni o‘qinglar..!” deydi. Nomai a’moli chap tarafdan berilgan kishi esa: “Eh, qani endi menga kitobim berilmasaydi! Hisob-kitob neligin bilmasaydim!” deb oh chekib qoladi.

Hadislarda aytilishicha, tirikliligida ko‘p istig‘for aytgan inson qiyomat kuni nomai a’molini ko‘rib qalbi quvonchga to‘ladi.
عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنَ بُسْرٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: طُوبَى لِمَنْ وَجَدَ فِي صَحِيفَتِهِ اسْتِغْفَارًا كَثِيرًا. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ وَالْبَيْهَقِيُّ وَسَنَدُهُ صَحِيحٌ.

Abdulloh ibn Busr roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Nomai a’molida ko‘p istig‘forni ko‘rgan bandaga qanday yaxshi!” (Ibn Moja, Bayhaqiy rivoyat qilgan. Hadis sanadi sahih).

Inson og‘zidan chiqadigan har bir so‘z amallar sahifasiga yozib boriladi. Qiyomat kuni kishining nomai a’moli o‘ziga ko‘rsatiladi, “Mana kitobingni o‘qi”, deyiladi. Osiy bandalar qilday gunohi ham qolmay bitib qo‘yilganini ko‘rib dahshatga tushadi. Ko‘p istig‘for aytgan mo‘min banda esa sahifasini ko‘rib xursand bo‘ladi. Chunki u dunyoda ko‘p yaxshi amallar qilgan, istig‘for aytgan, tilini behuda so‘zlardan tiygan edi.

عَنْ الزُّبَيْرِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَحَبَّ أَنْ تَسُرَّهُ صَحِيفَتُهُ فَلْيُكْثِرْ فِيهَا مِنْ الإِسْتِغْفَارِ. رَوَاهُ الْبَيْهَقِيُّ وَالطَّبَرَانِيُّ وَسَنَدُهُ حَسَنٌ.

Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Kimda-kim nomai a’molini ko‘rganda xursand bo‘lay desa, unda istig‘forni ko‘paytirsin!” (Bayhaqiy, Tabaroniy rivoyat qilgan. Hadis sanadi hasan).

Abu Minholdan rivoyat qilinadi: “Qabrda banda uchun ko‘p istig‘fordan ko‘ra yaxshiroq qo‘shni (ya’ni, hamroh) bo‘lmaydi”.

Bakr ibn Abdulloh Muzaniy shunday degan: “Sizlar ko‘p gunoh qilyapsizlar. Endi istig‘forni ham ko‘paytiring! Chunki, banda qiyomat kuni nomai a’molining har ikki qatorida istig‘forni ko‘rsa, boshi osmonga yetadi”.

📚«Istig‘forning 40 xosiyati» kitobidan

Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika

«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika». Ya’ni «Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin»...

Farishtaga - aql berdi

Alloh uch narsaga jon ato etdi: 1. Farishtaga - aql berdi, nafs bermadi......

🌱Rizq Allohdan...

Naql qilishlaricha, Sulaymon alayhis salom dengiz sohilida o‘tirgan edilar, to‘satdan bug‘doy donini ko‘tarib, dengiz tomon o‘rmalayotgan chumoliga ko‘zlari tushib qoldi......

Musulmon bolaning odob-axloqi

Ey o‘g‘lon, yeyishning bir qancha odoblari bo‘lib, sen albatta ularga bo‘ysunishing, shunda sening sog‘liging yaxshilanib jisming quvvatli bo‘ladi. Aqling o‘tkirlashib, har xil kasal va og‘riqlardan salomat bo‘lasan......

Biz bilan Allohni zikr qiling

اللَّهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ، أَوْ بِأَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ، فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَشَرِيكَ لَكَ، فَلَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ Allohumma maa asbaxa biy min ni'matin, av bi axadin min xolqika, fa minka vaxdaka laa shariyka-laka, falakal-xamdu valakash-shukr....

Oxirgi imkoniyat

- Hasan Basriy bir brodarini dafn qilgandan keyin uning qabri ustidan turdida yonida turgan insonga o‘girilib: - Nima deb o‘ylaysan hozir bu (ko‘milgan inson) dunyoga qaytarilsa nima qilgan bo‘lar edi?...

Taom pishirayotganda

Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi......

Muslima ayol

Muslima ayol – kulbada yashab, Parvardigoriga ibodat qilib, besh vaqt namozni o‘qib, bir oy ro‘zani tutgan ayol dabdabali qasrda, kanizaklar ichida yonboshlab yotgan ayoldan yaxshidir......

Osmonda yulduzlar nur sochgan onda

Osmonda yulduzlar nur sochgan onda, Bir uyga osmon ham qaraydi hayron, U qanday uy ekan deb so‘raganda, U uyda o‘qilar har tun bu Qur’on...

Banda zurriyotlarini salohiyatli bo‘lishi yo‘lida

Banda zurriyotlarini salohiyatli bo‘lishi yo‘lida uch narsadan ko‘ra afzal ko‘mak topa olmaydi......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    soliha
    soliha 27 ноября 2025 19:14
    raxmat õqib juda tasirlandim inshaalloh istigforni kõpaytiramiz

Fikr qo'shish