Ona faryodi ota-ona haqida she'r

Ona faryodi
Ona faryodi


Tor qornimda to‘qqiz oy yashab,
Va tug‘ulding guldayin yashnab.
Bugun esa ko‘zlarim yoshlab,
Oqibating shumidi bolam?!

Ko‘zim yoshlab, yuragim dog‘lab.
Hijronlarga vujudim bog‘lab.
Mehribonlik uyiga joylab,
Oqibating shumidi bolam?!

O‘z-o‘zimni so‘roqlab pinhon,
Deyman qayda adashdim, qachon?
Ko‘zlarimda yosh marjon-marjon,
Oqibating shumidi bolam?!

Bo‘lsin debon quvvat hamda qut,
Ko‘krak tutib bergandim-ku sut.


Naxot bari bo‘ldimi unut,
Oqibating shumidi bolam?!

Alla aytib boshing silardim.
Yaratgandan baxting tilardim.
Faqat mehring umid qilardim,
Oqibating shumidi bolam?!

Otangdan so‘ng tul bo‘lib qoldim.
Parvarishsiz gul bo‘lib qoldim.
Ichim yonib kul bo‘lib qoldim,
Oqibating shumidi bolam?!

Ko‘zga yaqin bo‘ldi deb bolam,
Tuf-tuf derdim, ortingdan har dam.
Dod, men uchun tor bo‘ldi olam,
Oqibating shumidi bolam?!

Mehribonlik uyi-mehrli.
Men kabilar bunda qadrli.
Diydang buncha qattiq qahrli,
Oqibating shumidi bolam?!

Mayli meni olib ketmagin,
Men-la o‘zing abgor etmagin.
Faqat bitta iltimosim bor,
Bolajonim, kel rad etmagin.

Bu yer yozda issiq bo‘larkan,
Konditsioner kerak bo‘larkan.
Puling ko‘p-ku, hamma xonaga,
Konditsioner qo‘ysang bo‘larkan.

Men-ku o‘rganib qoldim xozir,
Biroq bolam, sen sal besabr.
Sen ham bir kun, kelasan axir,
Oqibating shu yerdir bolam.

Hudo bergan uzoq umrni ko'ring

Hudo bergan uzoq umrni ko'ring, Bolam deb jonini talashgan onam. Dunyo turgunicha yonimda turing, Boshiga ro'mollar yarashgan onam....

Ona yuring XAJGA boramiz

Mexr qo'yib yolg'on dunyoga, Qachongacha davron suramiz? Sajda qilib Qodir Hudoga, Ona yuring XAJGA boramiz!......

Dada boringizga shukur qilaman

Dunyoni men uchun bor qilgan inson Ollohni koʼksimga yor qilgan inson Men uchun yoʼqdan xam bor qilgan inson Dada boringizga shukur qilaman......

Ko'p sog'indim

Uyga kelib, atrofga boqib, --Onam qani,-- demagan bormi? Bu so'zni hech aytolmaganni, Dardlariga bir darmon bormi?......

Otam bilan Onamni asragin Alloh

Egilmasin Otamning mag'rur boshlari Oqmasin Onamning ko'zdan yoshlari Iltimos faqatgina o'zing bo'l panoh Otam bilan Onamni asragin Alloh...🙏...

Bolasi deb ishlab tolmagan

Bolasi deb ishlab tolmagan, Yo'lim kutgan odam bor mening. Sog'inganin ayta olmagan, G'ururi tog' DADAM bor mening...!...

Onajon bir sendek inson ko'rmadim

Xech kimsa bo'lolmay sendek birdona Xech kimsa turolmas sabr mardona Jonini berolmas takror yana yana Onajon bir sendek inson ko'rmadim....

Chidaysan bolam - Ona haqida juda ta’sirli she’r

Jismimni ko‘tarib turibdi tuproq, Yerning ustidaman, yo‘q zarra nolam. O‘zi chorlar bir kun bag‘riga, biroq, Mensiz qolganingda chidaysan, bolam......

Zamonlar aylanish charxin yo'qotsa

Zamonlar aylanish charxin yo'qotsa! Yaxshiga yomonlar tinmay tosh otsa! Kiprikda yoshlar ham artilmay qotsa! Sabrimning kosasin to'ldirma hayot! OTAM VA ONAMDAN AYIRMA HAYOT....

Mehribonim onajon

Sahar turib ertalab. Tandirga o'tin qalab. Yopardilar issik, non. Mehribonim onajon......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Навбахор
    Навбахор 28 ноября 2021 20:13
    Юрагим тулкинланиб кетди шеър муалифига минг ташакур

Fikr qo'shish