To‘rt narsadan g‘aflatda qolmang!

To‘rt narsadan g‘aflatda qolmang!
To‘rt narsadan g‘aflatda qolmang!


Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy rohimahulloh aytadi: «To‘rt narsadan g‘aflatda qolgan to‘rt kishiga hayronman: Birinchisi g‘am-g‘ussaga botgan odam. U qanday qilib Yunus alayhissalomning Qur’onda kelgan, «Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, innii kuntu minaz-zolimiyn» (Sendan o‘zga iloh yo‘q, Seni poklab yod etaman! Men o‘zimga zulm qilib qo‘ydim) degan duosidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Biz uning duosini ijobat qildik va g‘am-g‘ussadan najot berdik» demoqda-ku! (Anbiyo surasi, 87, 88-oyatlar)

Ikkinchisi katta zarar yetgan odam. U qanday qilib Ayyub alayhissalomning Qur’onda kelgan, «Innii, massaniyad-durru, va anta arhamur-rohimiyn» (Menga og‘ir zarar yetdi. Ammo Sen rahm qiluvchilarning eng rahmlisisan) degan duosidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Biz uning duosini ijobat qildik va unga yetgan zararni ketkazdik» demoqda-ku! (Anbiyo surasi, 83, 84-oyatlar)
Uchinchisi dahshatga tushgan odam. U qanday qilib Nabiy sollallohu alayhi vasallam boshliq musulmonlarning «Hasbunalloh va ni’mal-vakil!» (Bizga Allohning O‘zi kifoya, U Zot qanday yaxshi vakil!) degan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Ular Allohning ne’mati va fazli ila qaytdilar, ularga aslo zarar yetmadi» demoqda-ku! (Oli Imron surasi, 173, 174-oyatlar)

To‘rtinchisi odamlarning makriga aldangan kishi. U qanday qilib Muso alayhissalomning Qur’ondagi «Va ufavvidu amrii ilalloh. Innalloha basiyrun bil’ibaad» (Ishimni Allohga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarni ko‘rib turuvchidir) degan so‘zidan g‘aflatda qoladi? Axir U Zot bu oyatning ketidan «Alloh uni ularning yomon makridan saqladi» demoqda-ku? (G‘ofir surasi, 44, 45-oyatlar).

Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi. Mening amalim ro‘zador bo‘lgan holimda ko‘rsatilishini istayman» (Imom Termiziy rivoyati)......

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor 🔸Iyd ul-fitr. Bu bayram har yili Shavvol oyining birinchi kuni nishonlanadi;...

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa hujjat-dalilni fahmlash va unga ergashish, faqat eshitishning oʻzi emas. Chunki (inson ham, hayvon ham) barchasi eshitadi......

Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri

Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida. Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz......

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday bo‘lgan edilar

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oxirgi so‘zlari: "Namoz, namoz(ga extiyot bo‘lingiz!) Qo‘l ostingizdagi cho‘rilar haqqida Allohdan qo‘rqingiz!", degan so‘zlar bo‘lgan edi......

Tavbaga shoshil

«Ey Odam farzandi! Men sizlarni befoyda va behudaga yaratganim yo‘q. Men g‘ofil emasman, (holingizdan) xabardorman. Mening roziligim uchun yoqtirmayotgan narsangizga ham sabr qil(ishni o‘rgan)maguncha huzurimdagi narsa (jannat)ga erisholmaysiz......

Hayit namozi qanday o'qiladi?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. 2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi....

Tahorat duolari

Tahorat olishdan avval ushbu duo o‘qiladi:“A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahil a'ziym. Valhamdu lillahi 'ala diynil Islam”. (Ulug‘ Allohning ismi bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman. Islom dini uchun Allohga hamd bo‘lsin.)......

Qiz farzandning ajrini qanchaligini bilganimizda edi

Islom ayolni jismonan zaif va shu bilan birga qalban kuchli hisoblaydi. Erkak aksi. Ayol qalbini hisobga olganlari uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam farzandlarga beriladigan sovg‘alarni qizlardan boshlashga buyurdilar. Ularni "nozik shishachalar" deya ta’rifladilar, hamda sindirib qo‘ymaslikka amr etdilar. © Mubashshir Ahmad Qiz...

Birodarlarimni sog‘indim

Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig‘ladilar. Buni ko‘rgan sahobalar: “Yo Rasululloh! Sizni nima yig‘latdi?”, deb so‘rashdi. U zot esa: “Birodarlarimni sog‘indim!”, deb javob berdilar. Sahobalar: “Bizlar birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh?”, deyishdi. Shunda u zot alayhissalom: “Yo‘q. Sizlar ashoblarimsiz. Birodarlarim...

Fikr qo'shish