Dunyo ayollari va jannat hurlari bahsi

Dunyo ayollari va jannat hurlari bahsi
Dunyo ayollari va jannat hurlari bahsi


🔸Jannatda Odam alayhissalom qizlari bir xil yoshda bo‘lishlari va ammo hurlar turlicha
ekani, jannat erkaklarining nafslari qanday xohlasa, shunday — kichik yoki katta bo‘lishlari
haqida xabarlar bor.


📌Alidan (r.a) rivoyat qilinadi:

➖Rasululloh ﷺ aytdilar: «Albatta, jannatda hurlar yig‘ilib, ovozlarini baland ko‘tarib aytadilar — u
ovozga o‘xshashini xaloyiq eshitmagan:
"Biz abadiymiz, halok bo‘lmaymiz, huzur-halovatdamiz, mahrum bo‘lmaymiz, rozi bo‘luvchimiz, g‘azablanmaymiz. U bizniki va biz uniki bo‘lgan kimsa
naqadar yaxshi!» deydilar.

📌Oisha (r.a) aytadilar: Qachon hurlar mana shu so‘zlarni aytsalar, dunyo ahlidan bo‘lgan mo‘mina ayollar ularga: Biz namoz o‘qiganmiz, sizlar o‘qimagansizlar, biz ro‘za
tutganmiz, sizlar tutmagansizlar, biz tahorat olganmiz, sizlar olmagansizlar, biz sadaqa
qilganmiz, sizlar qilmagansizlar", deb javob qaytaradilar. Va dunyo ayollari ulardan g‘olib
keladilar.
Alloh bilguvchiroq.

📌Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadi: "Allohga qasamki, agar hurlardan biri Arshdan o‘z bilakuzugini ko‘rsatsa, bilakuzugining nuri quyosh va oyning nurini, albatta, o‘chiradi.Shunday ekan, uni taqqan hurning o‘zi qanday bo‘ldi?! Alloh taolo hurga qanday kiyim va ziynatlar yaratsa, uning egasiga ham shundayini yaratadi".

📌Abu Hurayra (r.a) aytdilar: "Jannatda «Iyno» degan bir hur bor. Yursa, atrofida, o‘ng va so‘l tarafida yetmish ming xizmatchi bo‘ladi. U: "Yaxshilikka buyurib,
yomonlikdan qaytarganlar qayerda?" deb aylanib yuradi".

📌Ibn Abbos (r.a) aytdilar: "Jannatda «La’ba» deb ataluvchi hur bor. Agar u dengizga tuflasa, suvi shirin bo‘lib ketadi. Uning dudog‘iga: "Kim meni xohlasa,
Parvardigorimga itoat qilsin", deb yozib qo‘yilgan". (tupugi shunday shirin bo‘lsa o‘zi qanday bo‘lar ekan?!)

📌Nabiy ﷺ "Isro" kechasidagi hurlarning vasfini shunday keltirganlar: "Ularning boshida yuzta soch o‘rimi, har bir soch o‘rimining orasida oltmish
mingta kokil bor, har kokil to‘lin oydan ham nurliroq, boshlariga dur va sof gavhardan toj
kiydirilgan. Uning peshonasiga duru gavhar bilan birinchi satrda: "bismillahir rohmanir
rohim" deb, ikkinchi satrda: "Kim meni xohlasa, Rabbimning toatida bo‘lsin", deb yozilgan.

📌Jabroil alayhissalom menga: Ey Muhammad ﷺ, bu va bunga o‘xshaganlar sening ummating uchun. Xursand bo‘l, ey Muhammad ﷺ, va ummatingga xushxabar ber hamda ularni g‘ayrat
qilishga buyur", dedi".

📌Abulqosim Xataliy aytadi: Ato Salmiy Moliq ibn Dinorga: "Bizni shavklantiring", dedi.
Molik: "Ey Ato, albatta, jannatda bir hur bor, uning go‘zalligi bilan jannat ahli bir-birlariga faxrlanadilar. Agar Alloh taolo jannat ahliga o‘lmaslikni yozmaganida (ya’ni, jannatda o‘lim bo‘lganida) uning go‘zalligidan hamma o‘lib qolar edi", dedi.

📌Muhammad ibn Solih deydi: "Ato Molikning bu so‘zidan keyin (o‘sha hurning ishqida) qirq yil mahzun holda yurdi".

📌Ibn Muborak aytadi: Ibn Mas’ud (r.a) aytdilar: "Hurlarning ikki boldir suyagining iligi go‘shti, suyagi va yetmishta bezagi ortidan, xuddi qizil may oq shishaning ichida
ko‘rinib turgandek ko‘rinib turadi".

📌Habbon ibn Abu Jabala aytadi: "Dunyo ayollaridan jannatga kirganlari dunyoda qilgan
amallari sababli hurlardan afzal bo‘ladi".

📌Yana bir rivoyatda: "Odam ayollari hurlardan yetmish ming barobar afzalroqdir", deyilgan.

🌸 Ayollarimiz hurlar haqida o‘qib achchiqlari kelmasin. Ularni afzalliklarini mana oxirida zikr qildik. Amallariga qarab go‘zalliklari ziyoda bo‘laveradi in shaa Alloh.

🔸Robbimiz hammamizga bunday go‘zal hurlardan nasib qilsin

Ramazon taqvimi 2023 va Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish), Iftorlik (og‘iz ochish) duosi

Oʻzbekiston shaharlari uchun Ramazon oyi taqvimi 2023...

Oxir zamon alomatlari

Paygambarimiz Muxammad s a v ning vafoti oldidan,Jabroil alayxis salom oxirgi ziyoratlariga tushganda,Paygambarimiz Muxammad s a v dan suradilar : Yo Jabroil,mening vafotimdan keyin xam yer yuziga tushasizmi? Shunda Jabroil alayxissalom dedilar : Ey dustim Muxammad sizdan keyin yer yuzida nima xam kilar edim......

Osiylikdan saqlaning

"Ey Odam farzandi! Ehtiyojingiz mikdorida Mendan so‘rang. Jahannamga toqatingiz miqdorida (agar toqat qilolsangiz) Menga osiylik kiling. Kechiktirilgan ajallaringiz, oldingizdagi hozir bo‘lgan rizqingiz va yopib qo‘yilgan gunohlaringizga karamang. "Barcha narsa halok bo‘lguvchidir, magar Uning yuzi - O‘zigina (mangudir)" (Kasos surasi, 88-oyat)"....

Qur'ondan shifo topganlar qissasi

Rivoyat qilinishicha, bir guruh sahobalar safarga chiqishdi. Arablar yashaydigan joyda qo‘nim topib, ulardan oziq-ovqat so‘rashdi. Ammo qabiladagilarning mehmon qilgilari kelmadi. Shu orada o‘sha qabila boshlig‘ini chayon chaqib oldi......

Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?

1. Sunnat uyqu.  Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu.  Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu.  Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi......

Tavbaga shoshil

«Ey Odam farzandi! Men sizlarni befoyda va behudaga yaratganim yo‘q. Men g‘ofil emasman, (holingizdan) xabardorman. Mening roziligim uchun yoqtirmayotgan narsangizga ham sabr qil(ishni o‘rgan)maguncha huzurimdagi narsa (jannat)ga erisholmaysiz......

Qattiq qalbga nasihat bekor

“Ey Odam farzandi! Maxluqlarni la’natlamang, la’nat o‘zingizga qaytadi. Ey Odam farzandi! Osmon Ismlaridan biri sababli havoda ustunsiz tik turibdi. Ammo qalblaringiz esa Kitobimdagi mingta va’z nasihatim bilan ham to‘g‘ri emas! Ey insonlar! Tosh suvda yumshamaganidek, va’z ham qattiq qalbga ta’sirini o‘tkaza olmaydi......

Alloh taoloning Qur'oni karimdagi 8 va'dasi

«Ey insonlar! Albatta, Allohning va’dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo‘ymasin!» (Fotir, 5)......

Sizni yerda qoldirgan

Sizni yerda qoldirgan va Qiyomatda siz uchun guvox bo‘ladigan eng go‘zal izingiz shu.!...

Allohning inson organizimidagi mo'jizalari

🍃1. Odam miyasi sig‘imi 4 terabaytdan ko‘proqdir... 🍃2. Chaqaloq 7 oylikkacha bir vaqtning o‘zida ham sutni yutib, ham nafas ola biladi... 🍃3. Samolyotda uchish jarayonida odam sochi yerdagiga nisbatan ikki karra tezroq o‘sa boshlaydi......

Fikr qo'shish