Qur'ondan shifo topganlar qissasi

Qur'ondan shifo topganlar qissasi
Qur'ondan shifo topganlar qissasi


Rivoyat qilinishicha, bir guruh sahobalar safarga chiqishdi. Arablar yashaydigan joyda qo‘nim topib, ulardan oziq-ovqat so‘rashdi. Ammo qabiladagilarning mehmon qilgilari kelmadi. Shu orada o‘sha qabila boshlig‘ini chayon chaqib oldi.

Qabila a’zolari rahbarlari sog‘ayishi uchun qo‘llaridan kelgan barcha choralarni ko‘rishdi. Biroq hech qanday naf chiqmadi. Shunda ulardan biri:

– Anavi kishilardan so‘rab ko‘ringlar. Shoyad foydasi tegadigan biron narsa bo‘lsa! – dedi.
Qabila a’zolari sahobalar oldiga kelib so‘rashdi:

– Hoy, musofir odamlar! Boshlig‘imizni chayon chaqib oldi. Harchand urinsak ham, hech qanday natija chiqarolmadik. Ichingizda biron kishi bunga davo topa oladimi?

– Ha, men dam solaman. Lekin, sizlar bizni mehmon qilishdan bosh tortdingiz. Endi biron mukofot tayinlamaguningizcha dam solmayman! – dedi sahobalardan biri.

Ular bir to‘da qo‘y evaziga kelishib olishdi. Haligi kishi Fotihani o‘qib dam sola boshladi. Bemor dard ko‘rmagandek tezda sog‘ayib ketdi. Shundan so‘ng qabila boshlig‘i:
– Ahdingizga vafo qiling. Kelishilgan narsani ularga bering! – deb buyurdi.

Sahobalardan biri dedi:

– Qo‘ylarni taqsimlang!

Dam solgan kishi bo‘lsa:

– Shoshmanglar! Avval Nabiy sollallohu alayhi va sallam oldilariga boraylik, bo‘lgan voqeani u zotga aytaylik, nima derkinlar, – dedi.

Ular Rasululloh alayhissalom huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berishdi. Shunda Payg‘ambarimiz alayhissalom dam solgan kishidan:

– Fotiha surasi bilan dam solishni qayerdan bilasan? – deb so‘radilar. Keyin:

– To‘g‘ri qilibsizlar. Qo‘ylarni taqsimlang, menga ham ulush ajrating, – deb kulib qo‘ydilar.

Ibn Qayyim shunday degan: “Bu hadisga ko‘ra, hasharot chaqqan odamga Fotiha surasini o‘qish davo bo‘lgan. Qiroat unga dori o‘rniga o‘tgan. Balki dam solish bilan topgan shifoni dori-darmon bilan topa olmasdi ”.

Fotiha surasi shifobaxshligini Ibn Qayyim tajribada sinab ko‘rgan. U kishi shunday hikoya qiladi: “Makkada yashagan chog‘imda kasal bo‘lib qoldim. U yerda na tabib, na bir dori topa oldim. Shunda o‘zimni Fotiha surasi bilan davoladim, uning ajoyib ta’siri borligiga amin bo‘ldim. Ozroq zamzam suvidan olib, unga Fotihani o‘qib ichdim.

Natijada darddan butunlay xalos bo‘ldim. Shundan so‘ng juda ko‘p kasalliklarni Fotiha surasi bilan davoladim. Bundan judayam ko‘p foyda topdim. Kimdir kasallikdan shikoyat qilib kelsa, unga Fotiha bilan dam solishni tavsiya qilardim. Bemor tezda sog‘ayib ketardi ”.

Rivoyat qilinishicha, Amr ibn Hazm Ansoriy roziyallohu anhu Madina shahrida ilon chaqqan ayolga dam solishga chaqirildi. Biroq u rozi bo‘lmadi. Amrning bu ishi Payg‘ambar alayhissalomga xabar qilingandi, uni huzurlariga chaqirtirib, nega bunday qilganini so‘radilar. Amr:

– Yo Rasululloh, axir o‘zingiz dam solishdan qaytarasiz-ku! Siz qaytargan ishni qanday qilaman?! – deya savol ohangida murojaat qildi.
Shunda Amrdan – qaysi oyat yoki duoni o‘qib dam solishini – so‘radilar. Amr u zotga dam solishda o‘qiydigan oyatlarini tilovat qilib berdi. Nabiy alayhissalom ruqyani eshitgach:

– Hechqisi yo‘q. Uni o‘qib dam solaver, – deb Amrga ruxsat berdilar.

Juma kuni Kahf surasini o'qish

Abu Said al Xudriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollalloxu alayhi vasallam aytadilar: «Juma kunlari Kahf surasini o‘qiganning ikki Jumasi oydinlashadi. (Bu juma bilan keyingisining orasidagi kunlar) (Hokim, Bayhaqiy) Payg‘ambar sollalloxu alayxi vasallam shunday deganlar:...

Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q

Ibn Umar roziyalohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q. (Biri) Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bergan va u kecha-yu kunduzi uni infoq qiladi.(Ikkinchisi) Alloh taolo bir kishiga Qur’onni bergan va u kecha-yu kunduz uni qoim qiladi”, dedilar”. (Termiziy rivoyati!)...

Ёсин сураси фазилати

Yosin surasida Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqiqiy payg‘ambar ekanlari, Iso alayhissalom tomonidan Antokiya shahriga yuborilgan elchilar ko‘rgan-kechirgani, Habib Najjor ismli kishi imon yo‘lida jonini fido qilishi, quyosh, oy, yulduzlar ilohiy qonuniyat asosida harakatlanishi bayon etilgan. Shuningdek, jannat va do‘zax ahllarining...

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar: «Allox, u bilan azobni daf etuvchi namoz kabi boshqa ibodatni bilmaymiz»....

Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri

Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida. Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz......

Farishtaga - aql berdi

Alloh uch narsaga jon ato etdi: 1. Farishtaga - aql berdi, nafs bermadi......

Istig‘for ayting!

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:......

Shukr qil

"Ey Odam farzandi! Qancha chiroqlar bor, ularni havoyi nafs shamoli o‘chirib yubordi. Qancha obidlar bor, o‘ziga bino qo‘yish ularni buzdi. Qancha boylar bor, ehtiyojsizlik ularni aynitdi. Qancha kambag‘allar bor, qashshoqlik ularni buzuqlikka yetakladi......

Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?

🌙 Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki? ✨ “Eng go‘zal hikoyatlar” Ramazon Butiy rohimahulloh Shom o‘lkasida bo‘lib o‘tgan bir voqeani hikoya qilib bergandilar......

Ona bilan bog‘liq olti xaqiqat

1. Onaninig yaqinida yarim soat o‘tirish olti soat tabibning xuzurida o‘tirishga teng. 2. Onang seni bag‘riga bosganida tafakkuring o‘tkirlashadi. 3.Taqdiringda bo‘ladigan yomon holatlar xaqida oldindan his qilish, seza olish qobiliyatiga ega yagona insoning onang. Shuning uchun u seni qayergadir borishdan man qilsa unga itoat qilgin......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Xurnica
    Xurnica 22 сентября 2021 15:03
    Ollox hamisha bizni qollasin

Fikr qo'shish