Ayollar namozining farqlari

Ayollar namozining farqlari
Ayollar namozining farqlari


Savol: Ayollar namozi qanday farqlanadi?
Javob: Erkaklar namozidan sakkiz joyda farq qiladi:
1) Takbirda ayollar qo‘llarini yelkagacha ko‘taradilar;
2) Qo‘l ko‘tarilgan paytda qo‘llar yeng ichida bo‘ladi;
3) Ayollar qo‘llarini ko‘kraklarining ustiga qo‘yadilar;
4) Erkaklar ruku’da tizzalarini bukmaydilar, balki yozib turadilar, ayollar ozroq bukib turadilar;5) Erkaklar ruku’da tizzalariga suyangan vaqtlarida qo‘l barmoqlarini ochib turadilar, ayollar ochmaydilar;
6) Sajdada bo‘lgan vaqtda erkaklar bilaklarini yerdan va qovurg‘alaridan, qorinlarini sonlaridan va yerdan uzoq tutadilar, ammo xotinlar sonlarini qorinlariga yopishtirib, yig‘ilibroq sajda qiladilar;
7) Erkaklar qa’dada o‘tirgan hollarida oyoqlarini tik bosib, barmoqlarini qiblaga o‘girib turadilar, chap oyoqlarini yotqizib, uning ustiga o‘tiradilar, ammo ayollar ikki oyoqlarining uchlarini o‘ng tarafga qaratib, chap dumbalarini yerga tekkizib o‘tiradilar;
8 Erkaklar farz namozini azon va iqomat aytib jamoat birla o‘qiydilar, ayollar uchun azon va iqomat shart emas. Ularga namozni jamoat va imom birla o‘qish makruh.

Dunyo g'am chekishga arzimas

"Ey Odam farzandi! Kim dunyo sababli xafalik bilan tong orttirsa, Allohdan faqat uzoqlashibdi. Unga dunyoda qiyinchilik, oxiratda faqat mashaqqat bo‘ladi. Alloh taolo u kishining qalbiga hech kachon tugamaydigan g‘am solib ko‘yadi. Shunday mashg‘ulogta band qiladiki, undan aslo bo‘shay olmaydi. Kambag‘allik berib qo‘yadiki, hech boylikka yetisha...

Mo‘minlarning iymoni komilrog‘i

Abu Hurayra roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: «Mo‘minlarning iymoni komilrog‘i, xulqi yaxshirog‘idir. Sizlarning yaxshilaringiz, xotinlariga yaxshilik qiladiganlaringizdir». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari...

Hammaga yaxshilik qiling

Ey insonlar! Aniqki, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan qalblarga shifo bo‘lib pand-nasihat keldi. Nega faqat sizga yaxshilik qilgan kishigagina yaxshilik qilasiz, sizga bog‘langan kishigagina bog‘lanasiz, sizga yedirgan kishigagina yedirasiz, sizni hurmat qilgan kishinigina hurmat qilasiz?! Birovning yana birovdan afzal joyi yo‘q......

Ayol taqdiri

Yaxshi ayol dunyodagi eng yaxshi odamga turmushga chiqishi mumkin. Muhammad alayhissalomning zavjalari Oisha roziyallohu anhu misoli. Bu turmush Oisha onamizning Allohga muhabbatlarini susaytirmadi va jannat vojib bo‘ldi......

Hijob - bu iffat

Alloh ta'olo ayolning hijob tutishini iffat ramzi deb. belgiladi. Alloh ta'olo "Ahzob" surasining 59-oyatining davomida aytadi: "...Mana shu ularning (cho'ri emas, balki ozod ayol ekanliklarini) tanilib, ozorlanmasliklari uchun eng yaqin vositadir"....

Zikr

TAXLIL, TASBЕX, TAKBIR, TAXMID va ISTIG‘FOR aytishning fazilati......

Qiyomatdan oldin yahudlar mag'lub bo'lishi va g'arqad daraxti haqidagi hadisi sharif

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:...

Qanisiz, ey Umar (roziyallohu anhu)

Qanisiz, ey Umar (roziyallohu anhu) Hayotimiz bo‘lib ketdi alg‘ov -dalg‘ov Bozorlarda halollik yo‘q, faqat aldov Imom haqni gapirolmay turar soqov Sizdek amir qani endi, ey Umar!......

Alloh kibrlilarni suymas

Ey Odam farzandi! Alloh guvohlik beradiki, Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Farishtalar, ilm egalari adolatda barqarordir. Hakimu Aziz Zotdan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Alloh nazdidagi (maqbul) din Islom (dini)dir. Kimki Islomdan boshqa dinni xohlasa, (bu «dini») undan hech qachon qabul etilmaydi. Oxiratda u kimsa ziyon ko‘rguvchilardan bo‘ladi......

Qiyomat kunidagi dahshatlarning qattiqligi

«Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar, odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki ular o‘zlari mast emaslar, lekin Allohning azobi...

Fikr qo'shish