​​🌱🌹 Ibratli hikoya

​​🌱🌹 Ibratli hikoya
​​🌱🌹 Ibratli hikoya


Rum shaxriga bir yosh savdogar tashrif buyurdi. Bu shaxarda mashxur bir tikuvchi bor edi. Yosh savdogar shu chevarda kiyim tiktirishni xoxladi.

Yo‘lovchi mo‘ysafiddan chevarning do‘koni qayerdaligini so‘radi. Mo‘ysafid unga chevarning do‘koni qayerda ekanligini tushuntirib berdi va ogoxlantirdi:

- Bolam, u mashxur chevar bo‘lgani bilan, qo‘li egri. Extiyot bo‘l. Mana man deganlarning matolaridan o‘zlariga bildirmay qirqib oladi.
- Ex otaxon, men savdogarlikni bekorga qilib yuribmanmi? O‘g‘ridan ko‘pini ko‘ribmanmi? Xali mening matolarimni o‘g‘irlaydigan o‘g‘ri tug‘ilmagan!

- Bolam u juda moxir o‘g‘irida!
- Otaxon, mendan xech narsa ololmaydi. Manzilni ko‘rsatganingiz uchun raxmat!

Otaxonga shu javobni aytib, savdogar chevarning do‘koni tomon ravona bo‘ldi. Do‘konni qidirib topdi. Ichidan chevar chiqib keldi. Chevar shunday mulozamat qildiki savdogarga, xuddi ming yillik tanishlardek kutib oldi. Savdogar chevarning oldiga o‘zi bilan olib kelgan qimmatbaxo matoni yoydi. Chevar savdogarning o‘lchamlarini olib matoni qaychi bilan qirqa boshladi.


O‘z ishini bajarayotib Rumning go‘zal qizlari xaqida gapirardi, turli xil latifalar aytardi. Latifalarning qiziqligidan savdogar boshini tepaga qilib, qaxqaxa otib kulardi. Chevar bu onda tezlik bilan matoning bir tomonini qirqib olar va berkitar edi.

Keyingi safar undan xam kulguliroq latifa aytardi. Savdogar kulaverganidan ko‘zlari yumilib ketar, bu onda chevar matoning yana bir parchasini qirqib olib yashirar edi. Birdaniga chevar jim bo‘lib o‘z ishini bajarishda davom etdi.

- Ey chevar, juda qiziq latifalar bilar ekansan. Nega jimib qolding? Davom et . . . - dedi savdogar.
- Ey savdogar, agar yana bir marta latifa aytsam, senga kiyim tor kelib qoladi . . . deb javob qaytardi.

Aziz dindoshim, endi sizga bu qaxramonlarni tanishtiray:
Xikoyadagi savdogar bu - siz, men, barcha insonlar. Mo‘ysafid esa bizga nasixat qilguvchidir. U otamiz, ustozimiz, xikoya, ibratli voqea va xokazolardir. Chevar bu dunyodir. Uning qirqib olayotgan qimmatbaxo matosi esa, insonning qimmatli vaqtidir.

Dunyo shunday, sizga kulgili, ko‘ngil-ochar narsalarni ko‘rsatib, vaqtingizni o‘zining o‘tkir qaychisi bilan “zip” etib qirqib olaveradi. Buni payqamay qolasiz. Ba’zan payqaganingizda, kiyimingiz tor kelib qolgan bo‘ladi. Ya’ni vaqtimiz juda oz qolgan bo‘ladi dunyoda. Vaqtni bekor sarflamaslikni bugun sizga va o‘zimga nasixat qildim!

TO'TIXONNING TANGOSI (hajviya)

Qish. Hammayoq oppoq qor bilan qoplangan. Qishloq ko'chasi bo'ylab rizqini terib yurgan qora qarg'a bir chetda titrabgina turgan to'tini ko'rdi-yu, hayratdan qag'illab yubordi. — To'tixon, ko'chada nima qilyapsan?...

Hikoya: Yurakka sanchilgan so'z

Damir Sultonovich inqillagancha o'rnidan turarkan zalvorli gavdasining qo'zg'alishidan o'tirgan stuli og'ir g'ichirlab ketdi. U oq oralagan jingalak sochlarini qo'li bilan orqaga tarar ekan, chuqur ux tortib qo'ydi. Haqiqatan ham, keyingi paytlarda Damir Sultonovichni oyoq og'rig'i bezovta qilardi. Damir Sultonovich yoq-bu yoqdan suhbatlashib...

Jumbok 12 qism

Samshodni asta sekin bilmagan narsalarini urgata boshladi Samshod juda kup narsalardi urganib sir sinoatini tushinishi kerak bulardi Samshod armiyada chegara kushinlarida hizmat kilgan harbiy tayorgarlikdan habari bulgani bilan Samshodni kutib turgan bu jang maydoni hech kande madad kuchlarisiz hech kande yordamsiz birgina hato hayotiga nukta...

Bu voqeani Xind ro'znomalaridan birida o'qidim

Bu voqeani Xind ro'znomalaridan birida o'qidim. Xodisa Xindiston janubidagi Kerala shtatida, aniqrog'i Malappuram shaxarchasida sodir bo'lgan ekan. Shaxarda mexmon bo'lib turgan shimollik tadbirkor Orif Vani kechki ovqat uchun oynavand......

Jumbok 1 qism

Samshod bohchaga bora boshlagan kezlari Edi Bohcha davrida u judaham chiroyli bahtli Edi kunlar shirin hayollar ogushida utar Edi Kunlardi birida eshik ochilib bohcha opa Bilan jajjigina shiringina kizcha kirib keldi Samshod bohcha opasi Bilan birga kelgan Kizga termulib korab turardi jajjigina kizalokniham Samshodga nigohi tushdi Oradan kup utmay...

Hikoya: «Qon va qasos»

— Ustoz, «Menga it tegdi», degani nima degani? Sumkasiga turli narsalarni solish bilan andarmon bo'lib o'quvchilarining        shovqin-suron bilan sinfdan chiqib ketayotganiga unchalik e'tibor bermayotgan Iroda muallim bu savolni eshitib, titrab ketdi. Keyin oldida jovdirabgina turgan Muzaffarning ko'zlariga tikilib, uning qo'llaridan tutdi-da,...

PULGA ALIShILGAN BAHT

Ikki farzandimni xali maktabga chiqmasidan onamga tashlab, horijga ishlash uchun ketdim. Musofir yurtda ish topgunimcha, joylashgunimcha ne-ne kunlarni boshimdan o'tkazmadim. Ahiyri, ikki bolasi bor ayolning uyida ishlay boshladim. O'zimning farzandlarimga berishim kerak bo'lgan mexrimni o'zgalar farzandiga berdim. Ularning kirini yuvdim, ovqatini...

SINOV

Bahrom yoshligidan aqlli bola bo‘lib ulg‘aydi. U huquq sohasiga qiziqar, sud ishi bilan bog‘liq kinolarni miriqib tomosha qilardi. Maktabni a’lo baholar bilan tugatgach, oliy o‘quv yurtiga imtihon topshirish maqsadida poytaxtga yo‘l oldi. Kirish anchagina qiyin bo‘lsa ham yaxshi niyat bilan Yuridik institutiga hujjat topshirdi. Nihoyat niyatiga...

ShAYTON BERGAN SUVNING OQIBATI

ShAYTON BERGAN SUVNING OQIBATI Rivoyat qilishlaricha, shayton uzum urug'ini o'g'irladi. Qancha qidirsalar xam urug'ni topolmadilar. Barcha xayvonlardan so'rab-surishtirdilar, lekin xech biri bilmadi. Ohiri uni shayton olgani ma'lum bo'ldi. – Menga uzumga uch marta suv quyishga ruhsat bersangiz, o'sha urug'ni topib beraman, – deb shayton shart...

Niyatim amalga oshganidan afsusdaman

Yaratgan sizga farzand ato etadi, biroq uning jinsini siz rejalashtirolmaysiz, xatto u sog'lom tug'iladimi-yo'qmi, buniyam bilish mushkul masala. Atrofga nazar tashlab, butkul soppa-sog' odamlar xam nogiron, biron joyi kemtik farzandlar ko'rishganining guvoxi bo'lganman. Bunga balki qandaydir sabablarni ro'kach qilib ko'rsatish mumkindir (masalan,...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    gulsewar
    gulsewar 31 августа 2021 05:52
    Judayam ajoyip hikoyalar.Gap yok

Fikr qo'shish