Har bir kunu, tuningga shukur qilaman uzbekcha sher

Har bir kunu, tuningga shukur qilaman
Har bir kunu, tuningga shukur qilaman

Dard berib bardoshim oshirgan Olloh,
G‘amlar berib sabrimni sinagan Olloh.
Bandasiga dunyolarni bezagan Olloh.
Har bir kunu, tuningga shukur qilaman.

Yig‘layman ko'zimda yoshlarim sarson,
Xayot jumboklari qildi meni qon.
Bilmadim nelarni kutmokda imkon,
Har bir kunu, tuningga shukur qilaman.

Osmonga qiyo boq, yulduzlar charos,
Oh, mehirning taftiga qilasan kiyos.
Tong sahar yer yuziga talpinib quyosh,
Har bir kunu, tuningga shukur qilaman.

Tongda tur sajda qil, Ollohdan so'ra,
Turfa mu’jizalarin Ra’no bir qara.
Daryo oqimu to‘lqini mavjlanar yana...
Har bir kunu, tuningga shukur qilaman.

Fikr qo'shish