🌱🌹​​IYMON qadrini bilamizmi?

🌱🌹​​IYMON qadrini bilamizmi?
🌱🌹​​IYMON qadrini bilamizmi?


Bir da’vatchi domla hikoya qiladi:
Amerika viloyatlaridan birida qaysidir bir mavzuda ma’ruza qilayotgan edim, ma’ruzam asnosida bir kishi o‘rnidan turdida:
- Domla, bu kishiga kalimai shahodatni aytdirib, talqin qilib yuborsangiz, – deb, yonida o‘tirgan amerikalik - sariqdan kelgan kishiga ishora qildi.

Men xursand bo‘lganimdan: "Allohu akbar" deb yubordim. Zero, Islom ne’mati Alloh yorlaqagan kishilargagina nasib bo‘ladigan bebaho bir gavhar...

Amerikalik yonimga kelib, odamlar ro‘baro‘sida turgach, so‘radim:
- Sizni bu Dinga kirishga nima undadi, undagi qaysi narsa o‘ziga jalb qildi?
- Men anchagina boy odamman, shirkatlarim, boyliklarim ko‘p, biroq hech vaqt ich-ichdan qalbimda baxt tuyg‘usini, saodat shuurini tuymas edim... Qo‘l ostimda bir Hindistonlik ishchi shirkatimda ishlar, ozgina oylik olar edi.. Qachon oldiga bormay, uni doim jilmaygan, xotirjam holda ko‘rardim...

Men - millionlar sohibi esa o‘sha ko‘rimsiz kambag‘alchalik hech vaqt jilmaya olmayotganligim meni juda taajjubga soldi..
O‘zimga-o‘zim: Pullar, shirkatlar egasi men bo‘lsamu, mana bu qashshoqning yuzidan tabassum arimasa?! dedim. Go‘yo bu yerda bir sir bordek tuyular, har ko‘rganimda o‘sha sirni ochishga, haqiqatidan voqif bo‘lishga ishtiyoq menda ortar edi...

Oxiri bir kuni oldiga keldimda, o‘tirishga taklif qilib, so‘radim:
- Nega doim jilmayib yurasiz, bunda biror sir bormi?
U o‘zining odatdagi jilmayishida davom etib, xotirjamlik bilan, soddagina qilib:
- Chunki men Alxamdullilox musulmonman, "La ilaha illalloh, Muhammad Rosullulloh" deb guvohlik berganman, - dedi...!
- Bu degani – musulmon doim baxtli, doim xotirjam deganimi?
- Albatta!
- Qanday qilib axir?
- Chunki suyukli payg‘ambarimiz bizga shu hadisni aytib o‘tib ketganlar:
"Mo‘’min ishi juda ajoyib-da.. Uning barcha ishlarida yaxshilik bor, qanday ahvolda bo‘lmasin, yaxshilik uni tark etmagay: Qiyinchilik, g‘am-qayg‘u yetadigan bo‘lsa, sabr qiladi, yaxshilik ko‘radi.. Yengillik, xursandlik yetadigan bo‘lsa, shukr qiladi, yaxshilik ko‘radi.."

Hayotimiz shu ikki narsadan xoli emas – g‘am-qayg‘uyu xursandlik..
Og‘irligu yengillik..
Baxt ustiga baxt.. Ayting, baxt bu – qalb sokinligi, dil osoyishtaligi emasmi?
U gapini o‘sha odatdagi shirin tabassumi ila tugatar ekan, men qat’iy qarorga kelib ulgurgan edim:
- Men bu dinga kirmoqchiman.
- Juda oson, o‘sha yuqorida men aytgan kalimai shahodatni keltirasiz..
Mana, o‘sha kalimani aytish uchun yoningizda turibman...

Yuragim bir to‘lqinlanib, odamlar oldida unga shahodatni o‘rgatib turdim, amerikaliklarga xos buzib-buzib, tili arang kelib, shahodatni aytdi-da, so‘ng ich-ichidan kelgan yig‘isini tutolmadi, ho‘ngrab yubordi.. Yupatmoqchi bo‘lib kelganlarga: "Qo‘yinglar, ko‘nglini bo‘shatib olsin", dedim.
Yig‘idan to‘xtagach, biroz o‘ng‘aysizlikka tushib, sababini bayon qildi:
- Shu vaqtga dovur qalbimga bu qadar osoyishtalik, surur kirmagan edi, buni ilk bor sezish kishini juda hayajonga solib yuborar ekan...

Ha.. Dil oromi, qalb lazzati Qalb osoyishtaligi Qur’on tilovati, namoz, ro‘za, sadaqayu ehsonlar, bir so‘z bilan aytganda..... Imon Islom dini naqadar go‘zalligini his ettiradi...

Dil oromi uchun... Har kuni La Ilaha Illallox kalimasini zikr etib qo‘ying... Yangitdan tug‘ilgandek bo‘lasiz..

Hikoya: Xorlik badali

Kattagina hovli. Odmigina uy. Uydan chiqib, biroz yurgach, tomiri yerdan bo'rtib, har tarafga tarvaqaylab ketgan bobotutga ko'zingiz tushadi. Bobotutga biroz suyangan yog'och chorpoya, uning ustida uvadasi chiqqan ko'rpacha, bir xil hoshiyali kir yostiq. Ko'rpachaning chetida qariya ingrab yotibdi...

ШАЙТАНАТ… (4-қисм. Биринчи китоб)

Hamdamning taklifini o'ylab ko'rishga ulgurmay depara ichki ishlar bo'limi boshlig'i kapitan Mirsultonov kirib keldi: — Ot aylanib qozig'ini toparkan. Bizdan qutulib bo'psiz! — u shunday deb Zohid bilan qo'shqo'llab ko'rishdi. — Yaxshi, yaxshi. Ishni o'zimizdan boshlaganingiz, yaxshi bo'libdi. Qiynalmaysiz. Mana, bu yoqda biz bor. Borib...

Uyingizdan shaytonni qanday qilib xaydaysiz?

Uyingizdan shaytonni qanday qilib xaydaysiz? Jobir roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: «Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Kishi uyiga kirayotganida va taom paytida Allox taoloni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Endi sizlarga yotoq xam, ovqat xam yo'q», deydi. Kishi uyiga kirayotganida Allox taoloni...

Seni ham dadang olib bersin...

- Seni ham dadang olib bersin... Bu gap kichik Hadichaga qattiq tasir qildi. Qur’on kitobi yo‘qligi uchun o‘rtog‘ini Kitobini so‘rab turgandi....

UCHINCHI BASHORAT

(Tarixiy hikoya) Movarounnahrda saraton issiqlari avjga chiqqan payt. Sahargi salqinlik ko‘p o‘tmay kunduzgi jazirama bilan almashadi. Quyosh go‘yo odamzod, nabotot va hayvonot olamini o‘z qudratiga yana bir bor ishontirishga qasd qilganday... Butun borliq, hatto shamol ham nafas olmay qotgan kabi. Uch oshyonalik muazzam rasadxona ichi salqin....

Ayyor qiz

"Xavo namuncha sovuq bo'lmasa... Uff, shunchayam kuttiradimi?! Uyga borib olay, oyimga xam, ularga xam shu qilganlari uchun uch kun arazlamasammi?! Bo'ldi. Sabrim tugadi. Ketdim!”......

Ota qadri

Otasi qo'y go'shtidan tayyorlangan kabobni juda yahshi ko'rardi. Buni bilgan o'g'il U kishini yahshi bir oshhonaga olib boribdi... avvaliga OTA kabobini o'zi eyishga xarakat qilibdi... xar safar ovqatini og'ziga olib borganida qariligi sababli qo'llari titrab taomi soqoliyu atrofiga to'kilibdi......

Faqat qabring ajratadi bizning oramiz..

Ayriliq yomon ekan, meni butkul ado qilar yurak qurg'ur tinmasdan erta so'ngan sevgimni so'rar.. Ko'zda yosh bedor tunlar aqlim hayron irodam ojiz qoldim go'yo yakkayu yolg'iz.. samodagi yulduzim seni juda sog'indim.. Sevgini asrang odamlar ayriliq yomon ekan.. Farab.. ...

Niyati yomon kelinning jazosi

Yangi kelin balo chiqdi. Chiroy-bo'yoq, shirinkalom bilan erning boshini aylantirib, onaga qarshi qo'ydi, bu bilan «ostonasi tillo uy»ning yangi bekasi kimligini isbotlab qo'ydi o'zicha......

Asl baxt nimaligini bilasizmi?

Salom hurmatli saytdoshlar. Sizlarga o'z hayot yo'limdan ozgina hikoya qilmoqchiman. Hali maslahat berish yoshida bo'lmasam-da, o'zimdan 8-10 yosh kichik yoshlar xulosa chiqarib olsalar bo'ladi. Oilada uch o'g'ildan keyin tug'ilganman....

Fikr qo'shish