Ollohni unutib qo‘ymang uzbekcha sher

Ollohni unutib qo‘ymang
Ollohni unutib qo‘ymang

Ey umr karvoni, shoshma bir nafas.
Men hali hayotga to‘yganimcha yo‘q.
Jannatdan umidlar qildimu ammo...
Onam poyiga bosh qo‘yganimcha yo‘q.

Tug‘ilmoq Bomdoddir, o‘lmoq Shom misol.
Menchi, men Peshinni o‘qiy olmadim.
Allohni oldiga kiyib borgani.
Savobdan bo‘z kafan to‘qiy olmadim.

Ortimda gunohlar, oldimda gunoh.
Men esa sarxushman, dunyoga halak.
Axir bilmasmidim chap yelkam minib.
Tinmay yozib borar ko‘z yummas malak.

Bir jonni avaylab nelar qilmadim.
Haromni halolga qo‘shib tashladim.
Boshimga ish tushsa gunohkor birov.
Aslida bor ishni o‘zim boshladim.

Bu mening hayotim, sizga bir ibrat.
Baytimni shunchaki ermakka yo‘ymang.
Atigi besh kunlik karvon yulida.
Dunyo deb Allohni unutib qo‘ymang.

Fikr qo'shish