Men sabrni tog‘dan o‘rgandim uzbekcha sher

Men sabrni tog‘dan o‘rgandim
Men sabrni tog‘dan o‘rgandim

Men sabrni tog‘dan o‘rgandim,
Do‘lu qordan etmagay nola.
Meva bergan bog‘dan o‘rgandim,
Ko‘z yosh to‘kmas bamisli jala.

Men sabrni guldan o‘rgandim,
Xushhid sochib fido etar jon.
Qishloqdagi yo‘ldan o‘rgandim,
Kas-nokasdan etmagay fig‘on.

Ko‘zni ochib etdim tafakkur,
Sayyorada ko‘rdim sabrni.
Men sabrni ko‘rdim ming shukur
Minorada ko‘rdim sabrni.

Ulug‘lardan o‘rgansa bo‘lur
Sabr etmoqni g‘amu dardlarga.
Sabr oliy mukofot erur,
Berilgaydur faqat mardlarga...

Fikr qo'shish