Yahshilik

Yahshilik
Yahshilik


Shifokorlardan biri aytadi:
“Bir kuni mening qabulimga yoshi oltmishlardan o‘tgan kishi o‘zining taxminan yoshi o‘ttizlarda bo‘lgan o‘g‘li bilan kirdi. Yigit otasining qo‘lidan ushlab olgan, unga nihoyatda g‘amxo‘r edi. Uning uyoq-buyoqlarini tuzatib qo‘yar, unga behad e’tiborli edi. Uning otasi bemor ekan. Ularning muammosini so‘rash va analizlarga ko‘z tashlash asnosida otasining harakatlari g‘ayritabiiy ekanligini sezdim. O‘g‘li otasining aqli zaif ekanligini aytdi. Men otasiga kim qarashi haqida so‘rasam o‘g‘li “men” dedi. Men: “Nega endi biror-bir xizmatkor olmaysiz?”, deb so‘radim. O‘g‘li dedi: “Chunki otam yosh bolaga o‘xshab qolganlar. Hech shikoyat qilmaydilar. Xizmatkor u kishiga aziyat berib qo‘yishi yoki xizmatda nuqsonga yo‘l qo‘yishi mumkinmi deb qo‘rqaman”.

Men o‘g‘ilning otasiga bo‘lgan e’tiboridan hayratda qoldim. Undan uylanganmisiz, deya so‘radim. U: “Ha, farzandlarim ham bor. Xotinim otamning xizmatlarini jon-dildan bajaradi. U kishiga ovqatlarini pishirib taqdim qiladi. Ammo men xotirjam bo‘lishim uchun otam bilan birga ovqatlanaman. Otamning qon bosimlari ham baland. Ustiga- ustak qand kasalliklari ham bor”.


Men u yigitdan yanada ajablandim. Ko‘z yoshlarimni yashirdim. Yashirincha otaning tirnoqlariga nazar soldim. Uning tirnoqlari olingan, toza edi. Shunda ota o‘g‘liga qarab: “Qachon menga chips olib berasan?”, dedi. O‘g‘li: “Otajon, hozir do‘konga borib chips sotib olamiz”, dedi. Otasi bundan xursand bo‘ldi. Shunda o‘g‘li menga qarab: “Otam xursand bo‘lsalar men ham xursand bo‘laman. U kishi mening kichik o‘g‘limdek bo‘lib qolganlar!”, dedi. Men undan: “Bemorlik vaqtingizda otangiz sizga qaraganini, siz uchun g‘am chekkanini eslay olasizmi, siz xursand bo‘lganingizda xursand, xafa bo‘lganingizda xafa bo‘lganlari yodingizda bormi?”, deb so‘radim. O‘g‘li: “Doktor! Otam bir bechora inson. Men o‘n yoshimdan beri u kishining xizmatlarini qilaman. Yoshligimdan beri men u kishiga qarayman, g‘amxo‘rlik qilaman!”.

Men unga kerakli muolaja ro‘yxatini yozib berdim. Dorilarni tushuntirdim. O‘g‘il otasining qo‘llaridan tutib men bilan xayrlashdi-da otasiga: “Ketdik otajon, do‘konga!”, dedi. Ular chiqib ketishi bilan ushlab turgan ko‘z yoshimni qo‘yib yubordim. Bu bola otasiga yaxshilik qiladigan haqiqiy farzand ekan. Vaholanki, otasi unga tarbiya bermagan, g‘amxo‘rlik qilmagan, kechalari o‘g‘li uchun bedor bo‘lmagan, uning dardi bilan alam chekmagan, u yig‘laganda yig‘lamagan ekan. Shunday bo‘lsada o‘g‘il otasiga bunaqa xizmatlarni taqdim qilayapti. Biz sog‘lom ota-onalarimiz uchun bu yigit o‘zining aqli zaif otasiga qilgan xizmatlarini qila olayapmizmi?!
Doktor Samir Muhammad

Marinaning «oshiqlari»

Retsidivist Nikolay Redkin o‘zining navbatdagi muddatini umumiy tartibdagi koloniyada o‘tadi. Uning Permda yashovchi Marina ismli kelishgan tanishi bor edi. Nikolay uni o‘z qallig‘i deb hisoblar va amnistiyaga tushib, ozod bo‘lgach, uylanish uchun ayolnikiga borib, yangi hayotni boshlamoqchi edi. Biroq oxirgi vaqtlarda hech qanday...

Koʻk daftarning siri

Bu daftarni men toʻqimachilarning madaniyat saroyi oldidagi xiyobondan topib oldim. Bolalarning qishqi ta’tili boshlangan payt edi. Shaharning barcha maydonlaridagi kabi toʻqimachilar xiyobonida ham katta archa oʻrnatilib, xilma-xil oʻyinchoqlar bilan bezatilgan. Ertadan-kechgacha atrofidan bolalar arimaydi. Hatto, kechqurun ishdan qaytayotganimda...

Mehrli bo'laylik

Televizori buzilib qolgan bir musulmon oilasi, uni tuzatish uchun uyiga sozlovchi ustani chaqirdilar. Usta televizorni sozlamoq uchun orqa uskunalarini ochdi-yu... xayratdan dedi:......

Hazonli kunlar. Tuzoq... 2-qism

Sarvihon qaynonasining zaxarhanda gaplaridan alamini ko'z yoshlaridan oldi va o'ziga kelib, kelinlik yumushlarini bajarish maqsadida xovliga chiqdi. Oshhona sari yo'l olar ekan, xovliga kimdir kirib kelayotganiga ko'zi tushdi. Bu Qumri amma edi, aslida, Sarvihonni topgan mana shu Qumri amma edi......

ISHID (ИГИЛ) HAQIDA “KALLAKESAR…” NOMLI HAYOTIY HIKOYA (2-qism)

TUTQUNDA «Mana shu yerdan jilmasligim kerak, — o'yladi Mehmonali uyoqdan-buyoqqa qo'llarida zil-zambil sumkalar bilan o'tib turgan yo'lovchilarga zimdan boqib. — Tursam, kimdir egallab qo'yadi. Undan keyin qaerda mizg'iyman. Ertaga mardikorlikka chiqishim zarur. Aks holda ochdan o'lish hech gapmas....

Men sevgan qiz foxisha ekan..

Kunlardan bir kuni uzoq safardan uyga qaytdim.Hamma xursand hamma meni qaytib kelganimni eshitib,uyimga yig'ilishib keldi ko'plab tabriklar eshitdim.Oradan 1-hafta o'tdi va uyda biroz dam olganimdan keyin,ko'chaga chiqib atrofni tomosha qilgim keldi.Yoshim 21-da ayni yigitlik chog'imda bundan 5-yil oldin bir qiz bilan tanishib,uni sevib qolgandim...

Bahillik horlik keltiradi

Xikoya qilinishicha, er va hotin tovuq go'shtidan tayyorlangan taomni yeb o'tirishganda, to'satdan eshik taqillab qolibdi......

Shariatda bir xukmning fatvo va taqvo taraflari bor

Shariatda bir xukmning fatvo va taqvo taraflari bor. Taqvo yuzasidan rӯzaning xukmi shuki, rӯzador faqat eyish-ichishdan emas, balki nafsni xaromga undovchi barcha narsalardan tiyilishi kerak. Yolg'on, sӯkish, urish-janjal, birovning dilini og'ritish, arazlashib yurish, kӯzini nomaxramdan tiymaslik, fahsh ish va gap-sӯzlardan qochmaslik, bema'ni...

Qotil ota qismati…

Qotil ota qismati…Do’stimiz dilidegi dardlar…!!! Barchaga ma’lumki kirakawlik oila tebratiw,farzandlarning to’kis kamoli uchun eng qiyin va nochor iwlardan biri. 35 yil qo’lim rulda bo’ldi.Tong saxardan to yarim tungacha ko’zlarim tolib tirikchilik uchun kirakawlik qilib pul topardim.Ba’zida farzandlarimga otang nima iw qiladi deyiwsa kirakaw...

Dada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?.

Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib borganida, oyisi...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Илҳомжон
    Илҳомжон 18 февраля 2022 11:09
    "Яҳшилик" номли хикояни ўқиб отамни узоқ ўйладим, менга энди армон у зотни юзини кўришлик. Мени ўғлим хиргойи қилади "мен отамдан бойман, чунки мени отам бор". У ҳақ, отаси бор дунёда энг бой алиграх.

Fikr qo'shish