🌱🌹Rasululloh aytadilar:

🌱🌹Rasululloh aytadilar:
🌱🌹Rasululloh aytadilar:


1. Tahoratli holda uxlagan kishi kunduzi soim (ro‘zador), kechasi qoim (namoz o‘qib chiqqan) kabidir. Amr ibn Xorisdan (r.a)

2. Yotganda “Fotiha” va “Ixlos” suralarini o‘qisang, o‘limdan boshqa har narsadan omonda bo‘lasan. Anasdan (r.a)

3. Qur’onni uchdan bir qismini o‘qimaguncha uxlamagin. Dedilar: “Bunga qanday kuchimiz yetadi?” Marhamat qidilarki: “ Qul huvallohu ahad...”, “Qul a’uzu birabbil-falaq...”, “Qul a’uzu birabbin nas...”ni o‘qishga kuchingiz yetmaydimi?” Abu Hurayradan (r.a)
4. Kim bir kechada ming oyat o‘qisa, yuzi kulgan holda Allohga ro‘baro‘ bo‘ladi. “Yo Rasulalloh! Ming oyat o‘qishga kimning ham kuchi yetardi?” Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “ Bismillahir Rohmanir Rohim”dan boshlab “ Alhakumuttakasur...”ni oxirigacha o‘qidilar va shundau marhamat qildilar. “Nafsim qudratli qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, bu sura ming oyat o‘rniga o‘tuvchidir” Umardan (r.a)

Istig‘for ayting!

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:......

Do‘zax ahlining belgilari

«Bas, ana o‘shanda kim (hayoti-dunyoda kufru isyon bilan) tug‘yonga tushgan, Va hayoti-dunyoni (oxiratdan) ustun qo‘ygan bo‘lsa, u holda faqat jahannamgina (uning uchun) joy bo‘lur!» (Van-naziot: 37-39)......

Tonggi zikr

«Asbahnaa 'ala fitrotil Islaam va 'ala kalimatil ixlaas va 'ala diyni Nabiyyina Muhammad va 'ala millati abiyna Ibrohiyma haniyfam muslima va maa kaana minal mushrikiyn»....

Qiyomat kuni xursand bo'lay desangiz...

Oxiratda har bir bandaning nomai a’moli o‘ziga ko‘rsatiladi. Bu haqida Alloh taolo shunday degan: “Biz har bir insonning amalini bo‘yniga ilib qo‘yganmiz. Qiyomat kuni unga ochiq holda ro‘baro‘ bo‘ladigan bir kitobni (ya’ni, nomai a’molini) chiqarib (ko‘rsatamiz. O‘shanda unga deyiladi:) “Kitobingni o‘qi, (qancha savobing, qancha gunohing...

Odam alayhissalomning qabrlari qayerda?

Odam alayhissalomning qabrlari qayerda? Savol:   1. Nima uchun oy Islom ramzi sifatida tanlangan? U nimani anglatadi? 2. Odam alayhissalom va Momo Havvoning qabrlari qayerda? Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym......

Bismillahir rohmanir rohim!

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم Bismillahir rohmanir rohim! 🕌NAMOZ 1. Odamlarning Xoliq bilan aloqasi eng yaxshi bo‘lgani xalq bilan aloqasi eng yaxshi bo‘lganidir....

Duoda qoim bo‘lmoqning fazilati

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Ko'zi ko'r avliyo

Yo‘qsil shayxlardan biri ko‘zi ojiz pirning uyida “Qur’on” turganini ko‘rdi. O‘zicha: “Bu yerda “Qur’on”ning nima keragi bor. Bu odam ko‘r bo‘lsa”, dedi. Shu o‘y oromini o‘g‘irladi. “Bu yerda shu ko‘rdan boshqa hech kim yo‘q, bu qanday sinoat? Yaxshisi hech narsa so‘ramay, sabr qilay, sabr bilan niyatimga yetay”, dedi. Tun yarmida “Qur’on”...

O‘zgalarning imkoniyatiga qarab emas

O‘zgalarning imkoniyatiga qarab emas, balki o‘zining imkoniyatiga qarab ish qiladigan insonlar o‘zlarini baxtiyor qila oladigan insonlardir. "Hikmatlar chashmasi"dan....

Namozni o'tirib o'qish hukmi haqida

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning olamlarga rahmatlari tufayli, Alloh taolo bizga U zotni dinda yengillik va bag‘ri kengliklarga yo‘l ochish uchun yubordi. U zot o‘z ummatlariga farz amallarni ado etishni, xususan, bemor, uzri bor insonlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularga namoz o‘qishni oson qilib berdilar. U Zot namozning ba’zi ruknlarini...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Farangiz
    Farangiz 8 сентября 2022 08:49
    Telegram kanalingiz bormi?

Fikr qo'shish