Eng yahshi aka

Eng yahshi aka
Eng yahshi aka


Bankning yonida katta-qip-qizil o‘ta hashamdor mashina turardi. Uning yonida esa kichkina, yetti–sakkiz yashar bolakay, unga tikilib qolgandi.

Ko‘zlarini katta katta ochib hayajon va havas bilan atrofida aylanib tomosha qilardi.
U xayratdan ko‘zlar chaqnab tikilib qolganidan, ortidan kelgan qimmatbaho elegant kastyum shim kiygan yigitni payqamay qoldi.
— Ha bolakay, mashinam senga yoqib qoldimi?

O‘ta zamonaviy kiyingan, soch soqoli o‘ziga yarashgan, boyvuchcha yigit bo‘lsa kerak, yupungina kiyingan ozg‘ingina bu bolakayga mensimay qaradi..

U bankdan katta pul olib chiqayotgan bo‘lsa kerak, qo‘lida qora keys uni bir qo‘lida aylantirib mashinaning orqa o‘rindig‘iga qo‘ydi. So‘ng esa qo‘lida ikkita buxanka non ushlab olgan bolakayga qarab qo‘ydi:
— Bu mening akamning sovg‘asi, u sehrgar emas, shunchaki eng kuchli bankir, bitta-yu bitta ukasiga eng zo‘r mashinani sovg‘a qiladi-da.
— Mashinangiz juda xam chiroyli va zo‘r ekan. Akangiz xam juda boy ekan, oh, qaniydi men xam.... Bolakay gapini tugata olmadi.
— Shunaqa akang bo‘lishini xohladingmi ? — so‘radi boyvuchcha yigit:

— Yo‘q, men xuddi sizning akangizdek aka bo‘lishni istayman..
Bu javobdan yigitning yuragi uvishib, juda ham g‘arib bo‘lib ketdi, biroz o‘ylanib qoldi.
— Xohlaysanmi, seni aylantirib kelaman?
Bolakay shu qadar sevinib ketdiki, baxtdan sakrardi..
Mashina yo‘lga tushdi..
Qimmatbaho charm qoplangan o‘rindiqlarda ikki xil dunyo — birining ongi shuurida g‘ij-g‘ij boylig-u davlat, ikkinchisining qalbida mehrdaryo muhabbat limmo-lim to‘la ikki inson ketib borardi.
Bolakay shunaqa qimmatbaho mashinada minib ketayotganidan mag‘rurlanganicha, ko‘chadagilarga g‘urur bilan qo‘l siltar ekan, sal narida ko‘ringan ko‘p qavatli uylarni ko‘rib qo‘l silkidi va:
— Aka maylimi mana shu domning pod’ezdi yonigacha meni olib borib qo‘ying, sizdan iltimos , u qo‘shnilariga ham maqtanmoqchi shekilli, deb yigit miyig‘ida kulib, bosh irg‘adi va mashinani bola aytgan pod’ezd yonigacha olib kelib to‘xtatdi..
Shunday qimmatbaho mashina pod’ezd yoniga kelib to‘xtaganini ko‘rib, xamma qo‘shnilar derazalaridan mo‘ralay boshlashdi. Bolakay g‘ayrat bilan eshikdan tushib yigitga o‘girilib qaradi.

– Aka, besh daqiqa meni shu yerda kutib turing, iltimos sizdan.
O‘zi esa shamoldek, pod’ezdga kirib ketdi va ikkinchi qavatga uyiga kirdi.
Xonada esa, besh yashar ukachasi, qanaqadir rasmli kitobchani varaqlab o‘tirardi.
Ukasi tug‘ma oyoq falajligi bilan tug‘ilgandi. U xech qachon yura olmasdi, faqat nogironlar aravachasiga bog‘lanib qolgandi.
Akasi ukasini bir amallab ko‘tarib tashqariga olib tushdi.

«Qara ko‘ryabsanmi Sanjar, qara qanaqa daxshat zo‘r mashina , mana bu akaning akasi ukasiga sovg‘a qilibdi! So‘ng esa go‘yoki qasamyod etayotgandek ishonch bilan ukasiga qaradi:
— Men katta bo‘lsam boy bo‘laman , keyin senga xam xuddi shunday zo‘r mashina sovg‘a qilaman. Keyin uydan magazinga magazindan uyga bemalol borib kelaveramiz! Senga ko‘p o‘yinchoqlar sotib olamiz..
Keyin esa mashinangda Xudoning uyiga borib senning oyoqlaringni tuzalib ketishini so‘raymiz».
Yigit ho‘ngrab yig‘lab yubordi va mashina eshigini ochdi:
— Kutib nima qildik? Mana mening mashinam borku, sizlarni magazinga ham eltib qo‘yadi.. Agar so‘rab surishtirsak, Xudoning oldiga ham yo‘lni topamiz ….

Hikoya: Xorlik badali

Kattagina hovli. Odmigina uy. Uydan chiqib, biroz yurgach, tomiri yerdan bo'rtib, har tarafga tarvaqaylab ketgan bobotutga ko'zingiz tushadi. Bobotutga biroz suyangan yog'och chorpoya, uning ustida uvadasi chiqqan ko'rpacha, bir xil hoshiyali kir yostiq. Ko'rpachaning chetida qariya ingrab yotibdi...

ШАЙТАНАТ… (4-қисм. Биринчи китоб)

Hamdamning taklifini o'ylab ko'rishga ulgurmay depara ichki ishlar bo'limi boshlig'i kapitan Mirsultonov kirib keldi: — Ot aylanib qozig'ini toparkan. Bizdan qutulib bo'psiz! — u shunday deb Zohid bilan qo'shqo'llab ko'rishdi. — Yaxshi, yaxshi. Ishni o'zimizdan boshlaganingiz, yaxshi bo'libdi. Qiynalmaysiz. Mana, bu yoqda biz bor. Borib...

Uyingizdan shaytonni qanday qilib xaydaysiz?

Uyingizdan shaytonni qanday qilib xaydaysiz? Jobir roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: «Rasulullox sollalloxu alayxi vasallamning shunday deganlarini eshitganman: «Kishi uyiga kirayotganida va taom paytida Allox taoloni zikr qilsa, shayton sheriklariga: «Endi sizlarga yotoq xam, ovqat xam yo'q», deydi. Kishi uyiga kirayotganida Allox taoloni...

Seni ham dadang olib bersin...

- Seni ham dadang olib bersin... Bu gap kichik Hadichaga qattiq tasir qildi. Qur’on kitobi yo‘qligi uchun o‘rtog‘ini Kitobini so‘rab turgandi....

UCHINCHI BASHORAT

(Tarixiy hikoya) Movarounnahrda saraton issiqlari avjga chiqqan payt. Sahargi salqinlik ko‘p o‘tmay kunduzgi jazirama bilan almashadi. Quyosh go‘yo odamzod, nabotot va hayvonot olamini o‘z qudratiga yana bir bor ishontirishga qasd qilganday... Butun borliq, hatto shamol ham nafas olmay qotgan kabi. Uch oshyonalik muazzam rasadxona ichi salqin....

Ayyor qiz

"Xavo namuncha sovuq bo'lmasa... Uff, shunchayam kuttiradimi?! Uyga borib olay, oyimga xam, ularga xam shu qilganlari uchun uch kun arazlamasammi?! Bo'ldi. Sabrim tugadi. Ketdim!”......

Ota qadri

Otasi qo'y go'shtidan tayyorlangan kabobni juda yahshi ko'rardi. Buni bilgan o'g'il U kishini yahshi bir oshhonaga olib boribdi... avvaliga OTA kabobini o'zi eyishga xarakat qilibdi... xar safar ovqatini og'ziga olib borganida qariligi sababli qo'llari titrab taomi soqoliyu atrofiga to'kilibdi......

Faqat qabring ajratadi bizning oramiz..

Ayriliq yomon ekan, meni butkul ado qilar yurak qurg'ur tinmasdan erta so'ngan sevgimni so'rar.. Ko'zda yosh bedor tunlar aqlim hayron irodam ojiz qoldim go'yo yakkayu yolg'iz.. samodagi yulduzim seni juda sog'indim.. Sevgini asrang odamlar ayriliq yomon ekan.. Farab.. ...

Niyati yomon kelinning jazosi

Yangi kelin balo chiqdi. Chiroy-bo'yoq, shirinkalom bilan erning boshini aylantirib, onaga qarshi qo'ydi, bu bilan «ostonasi tillo uy»ning yangi bekasi kimligini isbotlab qo'ydi o'zicha......

Asl baxt nimaligini bilasizmi?

Salom hurmatli saytdoshlar. Sizlarga o'z hayot yo'limdan ozgina hikoya qilmoqchiman. Hali maslahat berish yoshida bo'lmasam-da, o'zimdan 8-10 yosh kichik yoshlar xulosa chiqarib olsalar bo'ladi. Oilada uch o'g'ildan keyin tug'ilganman....

Izohlar 2

  1. Офлайн
    JONONA
    JONONA 13 сентября 2023 07:28
    Hikoya zo'r ekan manga yoqdi
  2. Офлайн
    Илҳомжон
    Илҳомжон 18 февраля 2022 11:03
    "Энг зўр ака" ҳикояси менга жуда ҳам таъсир этди ва бир олам ҳаяжон бахш этди. Хикоя учун раҳмат, Ҳамиша саломат бўлинг.

Fikr qo'shish