Bandalik haqqi (burchi)

Bandalik haqqi (burchi)
Bandalik haqqi (burchi)


Abu Ayyub Ansoriydan rivoyat qilinadi___
Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki___
— Bir musulmonning boshqa bir musulmon birodaridan uch kundan ortiq gaplashmay ketishi, u bilan uch kundan ortiq araz bo‘lishi joiz emas.

Va yana bir-birlari bilan uchrashib qolganda, biri yuzini u tarafga, ikkinchisi yuzini bu tarafga o‘girgancha o‘tib ketishi ham joiz emas.
Ulardan qay biri yaxshiroq bo‘lsa, ikkinchisiga birinchi bo‘lib salom beradi va so‘z boshlaydi.
Rivoyat qilinishiga qaraganda, Alloh vahiy yo‘li bilan Hz. Yusufga shunday deb buyurdi___— Aka-ukalaringni kechirganing uchun dunyoda va oxiratda sening martabangni va shoningni ulug‘roq qildim.
Hz. Oysha — Alloh undan rozi bo‘lsin — shunday deydi___
— Alloh Rasuli (s.a.v.), o‘z nafsi uchun hech qachon hech kimdan qasos olmadi.
Faqat Allohning bir amri toptalganidagina Alloh uchun qasos oldi.
Ibn Abbos - Alloh undan rozi bo‘lsin — shunday deydi___
— Birovning kamchiligini kechirgan hech bir kimsa yo‘qki, Alloh uning martabasini yuksaltirmagan bo‘lsin...
Allohning Rasuli — Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — dedilarki___
— Zakot bergan bilan mol kamaymaydi.
Alloh bir kimsani afv etsa, uning martabasini orttirishdan boshqa narsa qilmaydi.
Alloh uchun tavozu ko‘rsatgan biron kishi yo‘qki, Alloh uning darajasini yuksaltirmagan bo‘lsin!

Abu Xomud G‘azzoliy✍

Mukoshafat-ul qulub📚

BANDALIK HAQQI (BURCHI) bo‘limini yakunladik, inshaallox keyingi bo‘limlarni ham sizga taqdim etamiz..

Vitr namozi

Savol: Vitr namozi qanday o‘qiladi va u necha rakat? Javob: Vitr 3 rakat bo‘lib, Huftondan keyin o‘qiladi, undan oldin joiz emas. Kim vitr o‘qimoqchi bo‘lsa namozni boshlash uchun takbir aytadi, so‘ng “Sano” “Taavvuz” “Basmala” “Fotiha” va zam suralarni o‘qiydi. So‘ngra ruku va ikki bor sajda qiladi. Keyin ikkinchi rakatga turadi va boshqa...

Alloh taoloning Qur'oni karimdagi 8 va'dasi

«Ey insonlar! Albatta, Allohning va’dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo‘ymasin!» (Fotir, 5)......

Sizni yerda qoldirgan

Sizni yerda qoldirgan va Qiyomatda siz uchun guvox bo‘ladigan eng go‘zal izingiz shu.!...

🤲Duo, Qur'onni qalblarimizga ziyo

Allohim! Qur'onni qalblarimizga ziyo, ko‘zlarimizga jilo, mahzunliklarimizni ketkazuvchi, do‘zaxdan xalos etuvchi, gunohlarni arituvchi et!...

Har soat va har daqiqaga

Allohning har kun, har soat va har daqiqaga tortiqlari bor. Eng katta tortig‘i O‘zining zikriga ilhom bermog‘idir. Subxanallohi va bihamdihi. Subhanallohul A’ziim.. Ayman Yog‘iy....

Xar sajdaga borishingizda

Xar sajdaga borishingizda ota-onangizga mag‘firat so‘rab,bir marta "Alloxummag‘firliy valivalidayya (Alloxim ota-onamni mag‘firat qil!) deb, duo qilib qo‘yishga odatlaning! Shunda, ular uchun bir kunda 64 marta Istig‘for aytgan bo‘lasiz!......

Kimki o‘z uyida omonlikda

«Rasululloh ﷺ: «Kimki o‘z uyida omonlikda, jasadi salomatlikda, kunlik taomi huzurida holda tong ottirsa, xuddi unga butun dunyo jamlangandek bo‘ladi», dedilar» Jannat go‘zalroq va boqiydir...

Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika

«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika». Ya’ni «Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin»...

Barcha ishlarda yordam so‘raluvchi duo

يا حيّ يا قيّوم برحمتك أستغيث ، أصلح لي شأني كلّه و لا تكلني إلي نفسي طرفة عين. Ya hayyu ya qoyyuum, birohmatika astag‘iys, aslih liy sha‘niy kullah, va laa takilniy ila nafsiy torfata ’ayn. Ey (doimo) tirik, ey (doimo) qoim turuvchi zot. Sening rahmating ila yordam so‘rayman, mening barcha ahvolimni yaxshila va meni ko‘z ochib yumgunchalik...

📙Sayyidul istig‘for

“Sayyidul istig‘for” birikmasi “istig‘forlar sayyidi” ma’nosini anglatadi. Tiybiy aytishicha, u tavbaning barcha ma’nosini o‘zida jamlagani uchun shunday atalgan......

Fikr qo'shish