Sajdai tilovat

Sajdai tilovat
Sajdai tilovat


Tilovat sajdasini ado qilish tartibi quyidagicha:

Kim sajdai tilovat oyatini o‘qisa yo eshitsa darhol tahoratli holda, pok joynomoz ustida, qiblaga yuzlanib, quyidagi niyatni qiladi:

Niyati:

نويت أن أسجد سجدة التلاوة متوجها إلي الكعبة خالصا لله تعالي ألله أكبر

“Navaytu an asjuda sajdatattilaavati mutavajjihan ilal ka’bati xoolisollillahi ta’aalaa Allohu akbar” deb bilan takbirida qo‘lini ko‘tarmasdan sajdaga ketadi.
Ma’nosi aytish ham mumkin: Tilovat sajdasini qilishni niyyat qildim,qiblaga yuzlandim,xolis Alloh uchun.Allohu akbar.
Va sajdada uch marotaba:

سبحان ربي الاعلي

“Subhaana robbiyal a’laa”ni aytib “Allohu Akbar” deb sajdadan boshini ko‘tarib qo‘llarini duoga ochib quyidagi duoni o‘qiydi:

Duosi:

سجدت للرحمان و آمنت بالرحمان فاغفرلي ذنوبي يا رحمان سمعنا و أطعنا غفرانك ربنا و إليك المصير
“Sajadtu lirrohmaani va aamantu birrohmaani fag‘firliy zunuubiy Ya Rohmaanu, sami’naa va ato’naa g‘ufroonaka robbanaa va ilaykal masiyr” deb qo‘llarini yuzlariga surtib omiyn qiladi.
Ma’nosi: Romanga sajda qildim va Roxmanga imon keltirdim bas mening gunohlarimni kechir yo Roxman. Eshitdik va itoat qildik mag‘firatingni so‘raymiz va qaytish ham sengadir.
Qur’oni karimning o‘n to‘rt surasida 14 ta sajda oyati kelgan. Agar kishi bir o‘tirishda bir joyda bitta sajda oyotini 100 marta kitobdan xoh yoddan o‘qisa ham oxirida bitta sajda qilish kifoya. Agar boshqa xonaga o‘tib joyini o‘zgartirsa yoki boshqa boshqa sajda oyatlarini o‘qisa har biriga alohida sajda qilinadi. Agar jonli ravishda o‘qilayotgan sajda oyatlarini eshitsa ham hukm shu kabi ado qilinadi. Agar namoz ichida qiroat sajda oyati bilan yakunlansa, ruku’ bilan namoz davom ettirilaveradi. Agar sajda oyati qiroat o‘rtasida kelsa, to‘g‘ridan to‘g‘ri Allohu akbar deb sajdaga borib uch marta “Subhana robbiyal a’la” aytib yana Allohu akbarni aytib qiyomga turilib qiroatni davom ettiradi.

Bu amal vojib amaldir, eshitgan vaqtida tahoratsiz bo‘lsa keyinchalik tahorati borligida albatta sajda qilib qo‘yishi vojibdir. Vojib amalni tark qilishlik gunohdir.

Tilovat sajdasini ado qilish hikmati:

Ushbu oyatlarda Allohga qurbat xosil qilish buyrug‘i aytiladi. Banda esa U zotga qurbat xosil qilish amalining afzali sajda vaqtidadir.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Qachon odam bolasi sajda oyatini qiroat qilib, sajda qilsa, shayton chetga chiqib yig‘laydi: «Voy, sho‘rim qursin», deydi» dedilar». Muslim rivoyat qilgan.

Ushbu hadisi sharifda bayon qilinishicha, musulmon inson qachon tilovat sajdasini qilsa, Shaytoni la’inning dardi yangilanib, hasadi qo‘zib chetga chiqib yig‘lar ekan. Odam bolasining Alloh taoloning amriga bo‘ysunib sajda qilib, jannatga noil bo‘lishidan afsus qilib, hasaddan kuyib yonar, o‘zining sajdaga bormagani uchun do‘zaxga tushishiga afsus nadomat qilar ekan

Menga ozroq pand nasihat qilsangiz, iltimos

Hayot tashvishlaridan zerikkan, siqilgan bir kishi imom Ahmad ibn Hanbal huzurlariga kirib: - "Menga ozroq pand nasihat qilsangiz, iltimos", dedi......

Til ofati

«Ey iymon keltirganlar! Allohni ko‘p zikr qilinglar, ertayu kech Unga tasbeh aytinglar. Ey Muso ibn Imron, ey bayon qiluvchi Zot! So‘zlarimni eshit! Men mukofot beruvchi podshohdirman. Men bilan sening o‘rtangda tarjimon yo‘q. Ribo yeyuvchi kishiga Rahmonning g‘azabi va do‘zaxning ziyoda azobi bo‘lsin......

Xayo iymondandir

Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xayo iymondandir, iymon (sohibi) jannatdadir. Hayosizlik jafodir, jafo (egasi) do‘zaxdadir», dedilar». (Termiziy, Ibn Hibbon va Hokim rivoyat qilishgan)...

Alloh kibrlilarni suymas

Ey Odam farzandi! Alloh guvohlik beradiki, Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Farishtalar, ilm egalari adolatda barqarordir. Hakimu Aziz Zotdan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Alloh nazdidagi (maqbul) din Islom (dini)dir. Kimki Islomdan boshqa dinni xohlasa, (bu «dini») undan hech qachon qabul etilmaydi. Oxiratda u kimsa ziyon ko‘rguvchilardan bo‘ladi......

Taom pishirayotganda

Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi......

Qalb Allohning nazargohidir

«Ey Odam farzandi! O‘lim sirlaringni ochadi. Qiyomat xabarlaringni sinaydi. Azob yopganlaringni fosh qiladi. Gunoh qilar ekansan, gunohning kichikligiga emas, kimga osiylik qilayotganingga qara! Ozgina rizqlanar ekansan, rizqingning ozligiga emas, kim berayotganiga nazar sol! Gunohi sag‘irani kichik sanama, chunki sen qaysi gunoh bilan Allohga...

Baxt so'zi

Baxt so'zi Qur'onning birgina joyida kelgan: "BAXTIYORLAR JANNATDADIRLAR UNDA MANGU QOLUVCHILARDIRLAR" (XUD SUR'ASI 108-OYAT)...

Amalingni xolis qil

«Ey Odam farzandi! Ey dinor va dirhamning qullari! Men dinor va dirhamni ular orqali (bergan) rizqimni yeyishingiz, ular orqali (bergan) kiyimimni kiyishingiz, Menga tasbeh aytib, Meni ulug‘lashingiz uchun yaratdim. Keyin sizlar Kitobimni oldingizlar va uni orqaga otdingiz. Dinoru dirhamlarni oldingizlar va ularni boshingizga ko‘tardingiz......

🤲Duo, Qur'onni qalblarimizga ziyo

Allohim! Qur'onni qalblarimizga ziyo, ko‘zlarimizga jilo, mahzunliklarimizni ketkazuvchi, do‘zaxdan xalos etuvchi, gunohlarni arituvchi et!...

Zuxo namozi va uning fazilati

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytdilar: "Kimki o‘n ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, Alloh unga jannatda oltindan bir qasr bino qilgaydir"......

Izohlar 6

  1. Офлайн
    Akmaljon
    Akmaljon 28 февраля 2024 17:41
    Rahmat men ham bilib oldim
  2. Офлайн
    Mushtariybegim
    Mushtariybegim 28 декабря 2023 07:37
    Allohga shukr bilmaganlarimizni bildik
  3. Офлайн
    Dilnoza
    Dilnoza 18 октября 2023 10:31
    Assalomu aleykum,savolim bor edi, sajda oyatlarini o'zi bilmagan holda sajda qilmasdan,otkazib yuborsa,o'sha surani qaytadan o'qish kerakmi?
  4. Офлайн
    Zuxra
    Zuxra 22 августа 2023 05:22
    Bilmagan edim oʻrganib oldim
  5. Офлайн
    Dinora
    Dinora 16 июля 2023 08:51
    Alloh rozi bòlsn bilmagan narsalrimnu òrganvoldm
  6. Офлайн
    Qori
    Qori 17 июля 2022 10:49
    Savollarga javob uchun rahmat

Fikr qo'shish