Qurt tushgan olma hikmati

Qurt tushgan olma hikmati
Qurt tushgan olma hikmati


Luqmoni Hakimning farzandi o‘ziga nomaqbul do‘stlarni ulfat bilibdi.
Ular bilan bordi-keldini ko‘paytirib borishi xar qanday ota singari Luqmoni Hakimning ham g‘ashini keltiribdi.
Bir kuni u o‘g‘lini chaqirtirib____
- Bolam, do‘stning bo‘lgani yaxshi, ammo do‘st tanlashda adashib qolma.
Hozirgi do‘stlaringning hulqi yaxshi emas.
Senga yomon ta’sir ko‘rsatishlari mumkin, - deb nasihat qilibdi.
O‘g‘li esa o‘ziga ishonch bilan:
- Otajon, siz menga kuchli tarbiya bergansiz, pand-nasihatlaringiz xar doim qulog‘im ostida turadi, do‘stlarimning yomon hulqlari menga aslo ta’sir ko‘rsatmaydi, havotir olmang - deb chiqib ketibdi.Shu asnoda Luqmoni Hakim bog‘dorchilik ishlari bilan o‘g‘lini yordamga chaqiribdi.
Qarasa o‘g‘li butun olmalarni alohida, kam sonli bo‘lsa-da qurt tushgan olmalarni esa alohida savatga joylayapti ekan.
Hakim o‘g‘liga barcha olmalarni bir savtga joylayverishini tayinlab o‘z ishida davom etibdi.
Oradan biroz vaqt o‘tibdi, zarur bo‘lganda olmalar qo‘yilgan joyga borib qarashsa ularga qurt tushib butuni kam qolgan ekan.
Luqmoni Hakimning o‘g‘li otasiga e’tiroz bildirib____
- Otajon, olmalarning hammasini qo‘shib qo‘yaverishimni buyurgan edingiz, qurt tushgan bir-ikki mevani deb butun olmalarning hammasini qurtga yem qilibmiz-ku, - debdi.
Ota esa bir jilmayib qo‘yib___
- Ko‘rdingmi bolam, garchi sog‘-butun olmalar qurtlaganlaridan ko‘ra ko‘proqni tashkil qilgan bo‘lsa-da, qolganlarini ham buzibdi, ularga ham qurt tushiribdi.
Sen qanday qilib qalbiga qurt tushgan ulfatlaring bilan bir joyda ko‘p vaqtga qolasanu ular orasidan sog‘lom qalb bilan qayta olasan? - degan ekan!..

Duoda qoim bo‘lmoqning fazilati

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar: «Allox, u bilan azobni daf etuvchi namoz kabi boshqa ibodatni bilmaymiz»....

Tahorat duolari

Tahorat olishdan avval ushbu duo o‘qiladi:“A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahil a'ziym. Valhamdu lillahi 'ala diynil Islam”. (Ulug‘ Allohning ismi bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman. Islom dini uchun Allohga hamd bo‘lsin.)......

Sajda yechimdir!

Qachonki yuraklar siqilganda Qalbingning tub – tubidan “Alloh” deysan. - Qachonki dunyo ko‘zinga zulmkor ko‘ringanda, hamma qilganlaring behuda bo‘lganida, qanotlaringni qayirganlarida “Yo Alloh” deysan....

Imondan ayirma

Allohim Tilimizni Zikrdan, Boshimizni Sajdadan, Qalbimizni Senga bo'lgan Muxabbatimizdan, Imondan ayirma.🤲...

Eng chiroyli duo

Paygambarimiz Muxammad salalloxu alayxissalom "DUO xam IBODATdir” deb marxamat kilganlar.🌙 Paygambarimiz alayxissalom "NAMOZlari so‘ngida ushbu DUOni o‘qiganlar: -Ey Robbimiz, bizga bu DUNYoDA xam oxiratda xam yaxshilikni bergin va bizni(do‘zax)azobidan saqlagin......

Iymon keltirgan va taqvo qilganlar uchun

وَلَأَجْرُ ٱلْأَخِرَةِ خَيْرٌۭ لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَكَانُواْ يَتَّقُونَ 🍃... «Iymon keltirgan va taqvo qilganlar uchun, albatta, oxiratdagi ajr yaxshiroq bo‘lur.» 📖Yusuf surasi,57-oyat...

Olti diniy kalima

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

«Sura» so‘zining ma'nolari

«Sura» so‘zi lug‘atda «qo‘rg‘on», «manzil» va «sharaf» degan ma'nolarni anglatadi. Ulamolarimiz istilohida esa «Sura Qur'on oyatlarining boshlanishi va tugashi belgilangan mustaqil majmuasidir»......

Eng afzal zikrlar

Zikrlarning eng afzali va butuni bu – Qur’oni karimdir. Uning birgina oyatini tilovat qilish bilan banda qanchadan-qancha savobga ega bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘z hadislarida ta’lim bergan zikrlar ham ko‘pki, bular haqida alohida kitoblar ta’lif etilgan......

Fikr qo'shish