Olti diniy kalima

Olti diniy kalima
Olti diniy kalima


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

1. KALIMAI TOYYIBA (eng pok kalima)
لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ.
«Laa ilaaha illallohu Muhammadur Rosuululloh»
Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Allohning Rasulidir.

2. KALIMAI SHAHODAT (guvohlik kalimasi, iqrorlik kalimasi)
أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ.
«Ashhadu allaa ilaaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va Rosuuluh».
Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad Allohning bandasi va Rasuli ekaniga guvohlik beraman.

3. KALIMAI TAVHID (tavhid, ya’ni Allohning birligiga iqrorlik kalimasi)
أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ،
لَهُ الْمُلْكُ، ولَهُ الْحَمْدُ، يُحْيِي وَيُمِيتُ، وَهُوَ حَيٌّ لَا يَمُوتُ،
بِيَدِهِ الْخَيْرُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ.«Ashhadu allaa ilaaha illallohu vahdahu laa sharika lah, lahul mulku va lahul hamd, yuhyii va yumiyt va huva hayyul laa yamuut, biyadihil xoyr va huva ’alaa kulli shay’in qodiyr».
Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga guvohlik beraman. Allohning sherigi yo‘qdir, barcha mulk Unikidir, maqtovlar Ungadir, U tiriltiradi va o‘ldiradi, ammo O‘zi tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ixtiyoridadir va U hamma narsaga qodirdir.

4️. KALIMAI RADDI KUFR (kufrni rad etish kalimasi)
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ أَنْ أُشْرِكَ بِكَ شَيْئًا وَأَنَا أَعْلَمُ،
وَأَسْتَغْفِرُكَ لِمَا لَا أَعْلَمُ، إِنَّكَ أَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ.
«Allohumma! Inni a’uuzu bika min an ushrika bika shay’an va ana a’lam, va astag‘firuka lima laa a’lam. Innaka anta ’allamul g‘uyuub».
Allohim! O‘zim bilib turib Senga biror narsani sherik qilishimdan asrashingni so‘rayman. Bilmay turib sherik qilib qo‘ygan bo‘lsam, kechirishingni so‘rayman. Albatta Sen g‘ayblarni biluvchisan!

5️. KALIMAI ISTIG‘FOR (gunoh kechirilishini so‘rash kalimasi)
أَسْتَغْفِرُ اللهَ، أَسْتَغْفِرُ اللهَ، أَسْتَغْفِرُ اللهَ تَعَالَى مِنْ كُلِّ ذَنْبٍ أَذْنَبْتُهُ عَمْدًا أَوْ خَطَأً، سِرًّا أَوْ عَلَانِيَةً، وَأَتُوبُ إِلَيْهِ مِنَ الذَّنْبِ الَّذِي أَعْلَمُ، وَمِنَ الذَّنْبِ الَّذِي لَا أَعْلَمُ، إِنَّكَ أَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ.
«Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloha ta’ala min kulli zambin aznabtahu ’amdan av xotoan, sirron av ’alaniyya, va atuubu ilayhi minaz-zambillazii a’lamu va minaz-zambillazii laa a’lam, innaka anta ’allamul g‘uyuub».
Allohdan gunohlarimni kechishini so‘rayman, Allohdan gunohlarimni kechishini so‘rayman, Alloh taolodan ataylab yo adashib, yashirin yo oshkora qilgan barcha gunohlarimni kechishini so‘rayman. O‘zim bilgan va bilmagan gunohlardan Unga tavba qilaman. Albatta Sen g‘ayblarni biluvchisan!

6️. KALIMAI TAMJID (ulug‘lash kalimasi)
سُبْحَانَ اللهِ، وَالْحَمْدُ لِلَّهِ، وَلَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، وَاللهُ أَكْبَرُ،
وَلَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللهِ الْعَلِيِّ الْعَظِيمِ،
مَا شَاءَ اللهُ كَانَ، وَمَا لَمْ يَشَأْ لَمْ يَكُنْ.
«Subhaanallohi, valhamdulillaahi, va laa ilaaha illallohu, vallohu akbar.
Laa havla va laa quvvata illaa billaahil ’aliyyil ’aziym.
Maa shaa Allohu kaana va maa lam yasha’ lam yakun».
Allohning aybu nuqsoni yo‘q va maqtov Allohgadir. Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Alloh ulug‘dir, mutloq kuch-quvvat qudratli va buyuk Allohdan o‘zgada yo‘qdir. Alloh nimani xohlasa – bo‘ladi, nimani xohlamasa – bo‘lmaydi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Mo‘minning me’roji” kitobidan

Hujurot surasida odamlar bilan muomala qilish xususida to‘qqiz nasihat kelgan

1. «Agar bir fosiq biror xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar» (6-oyat). 2. «Mo‘minlarning ikki toifasi urushib ketsa, o‘rtalarini isloh qiling» (9-oyat). 3. «Adolat qiling, albatta, Alloh adolat qiluvchilarni suyadi» (9-oyat)......

Qurt tushgan olma hikmati

Luqmoni Hakimning farzandi o‘ziga nomaqbul do‘stlarni ulfat bilibdi. Ular bilan bordi-keldini ko‘paytirib borishi xar qanday ota singari Luqmoni Hakimning ham g‘ashini keltiribdi......

Asalga qo'ngan pashsha

«Ey mo‘minlar! Nega qilmagan ishingizni gapirasiz? Qancha gaplar aytib, xilofini qilyapsiz. Qancha narsalardan man etib, o‘zingiz undan tiyilmayapsiz. Qancha narsalarga buyurib, o‘zingiz uni bajarmayapsiz. Qanchadan-qancha yemaydigan narsalarni to‘playapsiz! Kunlar ketidan kunlar o‘tyapti, qancha tavbalarni kechiktiryapsiz! Yillarni quvib yillar...

Mo'jiza

Nima uchun quloqning suvi achchiq, ko‘zning suvi tuzli, og‘izning suvi chuchuk?! Alloh Taoloning ulug‘ligi hamda bandalariga bo‘lgan cheksiz mehribonligiga bir qarang-a! Quloq suvining achchiq bo‘lishligi, ko‘z suvining tuzli, og‘iz suvining esa chuchuk bo‘lishligi hikmati nimada ekan?......

O‘zgalarning imkoniyatiga qarab emas

O‘zgalarning imkoniyatiga qarab emas, balki o‘zining imkoniyatiga qarab ish qiladigan insonlar o‘zlarini baxtiyor qila oladigan insonlardir. "Hikmatlar chashmasi"dan....

Zikr

TAXLIL, TASBЕX, TAKBIR, TAXMID va ISTIG‘FOR aytishning fazilati......

Kechki zikr

اللَّهُمَّ أَنْتَ رَبِّي، لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ، خَلَقْتَنِي وَأَنَا عَبْدُكَ، وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ، أَعُوْذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ، أَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ، وَأَبُوءُ بِذَنْبِي، فَاغْفِرْ لِي، فَإِنَّهُ لاَيَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَّ أَنْتَ Alloxumma anta robbiy, laa ilaxa illa anta, xolaqtaniy va...

Sajdai tilovat

Tilovat sajdasini ado qilish tartibi quyidagicha: Kim sajdai tilovat oyatini o‘qisa yo eshitsa darhol tahoratli holda, pok joynomoz ustida, qiblaga yuzlanib, quyidagi niyatni qiladi:.....

Oxir zamon alomatlari

Paygambarimiz Muxammad s a v ning vafoti oldidan,Jabroil alayxis salom oxirgi ziyoratlariga tushganda,Paygambarimiz Muxammad s a v dan suradilar : Yo Jabroil,mening vafotimdan keyin xam yer yuziga tushasizmi? Shunda Jabroil alayxissalom dedilar : Ey dustim Muxammad sizdan keyin yer yuzida nima xam kilar edim......

Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli bo‘ladi

Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli bo‘ladi: 1-Anbiyo alayhis sallomlarning ummatlariga shafoati. 2-Farishtalarning gunohkorlarga shafoati 3-Kichik bolalarning ota-onasiga shafoati. 4-Allohning yo‘lida shahid bo‘lganning o‘z ahlidan yetmish kishiga shafoati. 5-Qur’onni yod olgan kishining ahli baytiga shafoati......

Fikr qo'shish