O'tganlar haqiga o'qiladigan duo

O'tganlar haqiga o'qiladigan duo
O'tganlar haqiga o'qiladigan duo


Assalomu alaykum! Uzur ustozlar mening dindan savodim xali yaxshi emas xudoga shukur yakinda namoz ukishni boshladim. savolim shunday kaysi duoni ukib yursa utgan avlod ajdodlar uchun yaxshi buladi yo sura oyatlarnimi.. raxmat nomakul savol bergan bulsam uzur..

JAVOB:

– Va alaykum assalom! Quyidagi oyatlarni o‘qib yuring. Alloh taolo "Ibrohim" surasida marhamat qiladi:

الْحَمْدُ لِلّهِ الَّذِي وَهَبَ لِي عَلَى الْكِبَرِ إِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَقَ إِنَّ رَبِّي لَسَمِيعُ الدُّعَاء۝

39. Keksalik paytimda menga Ismoil va Is'hoqni hadya etgan Allohga hamd bo‘lsin. Albatta, Robbim duoni o‘ta eshituvchidir.Ma’lumki, Ibrohim alayhissalom uzoq vaqt farzand ko‘rmaganlar. To‘qson yoshlarida Ismoil alayhissalom, so‘ngra Is'hoq alayhissalom dunyoga kelganlar. Keksa kishiga farzand berishi Allohning ulug‘ ne’matidir. Shuning uchun Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoil alayhissalom yordamida Baytullohni qurib bo‘lganlarida ham bu ne’matni yodga olib, o‘zlariga keksalik chog‘ida farzand bergan Allohga hamdu sanolar aytmoqdalar. Alloh taoloning duolarni qabul etuvchi Zot ekanini zikr qilmoqdalar:
«Albatta, Robbim duoni o‘ta eshituvchidir».

رَبِّ اجْعَلْنِي مُقِيمَ الصَّلاَةِ وَمِن ذُرِّيَّتِي رَبَّنَا وَتَقَبَّلْ دُعَاء۝

40. Robbim, meni va zurriyotlarimni namozni to‘kis ado etadiganlardan qilgin. Robbimiz, duoni qabul etgin.
Ibodat paytida yana ibodat uchun Allohdan yordam so‘rash ibodatning bardavom bo‘lishida Allohning O‘zidan yordam so‘rashni anglatadi. Allohning duolarni qabul etuvchi Zot ekanini zikr qila turib, yana duoni qabul etishini so‘rash biror to‘siq bo‘lib qolmasin, degan xavfni anglatadi.
Kelasi oyat ila Ibrohim alayhissalomning duolari so‘ngiga yetadi.

رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ۝

41. Robbimiz, hisob qilinadigan Kunda meni, ota-onamni va mo‘minlarni mag‘firat aylagin». ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati

Shukr qil

"Ey Odam farzandi! Qancha chiroqlar bor, ularni havoyi nafs shamoli o‘chirib yubordi. Qancha obidlar bor, o‘ziga bino qo‘yish ularni buzdi. Qancha boylar bor, ehtiyojsizlik ularni aynitdi. Qancha kambag‘allar bor, qashshoqlik ularni buzuqlikka yetakladi......

Sajda yechimdir!

Qachonki yuraklar siqilganda Qalbingning tub – tubidan “Alloh” deysan. - Qachonki dunyo ko‘zinga zulmkor ko‘ringanda, hamma qilganlaring behuda bo‘lganida, qanotlaringni qayirganlarida “Yo Alloh” deysan....

Yaxshilik yo‘llarining ko‘p va turli-tuman ekani

عَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ لِيَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لا تَحْقِرَنَّ مِنْ الْمَعْرُوفِ شَيْئًا وَلَوْ أَنْ تَلْقَى أَخَاكَ بِوَجْهٍ طَلْقٍ» (رواه مسلم). Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Yaxshilikdan biron narsani haqir-arzimas sanama,...

Muhabbat nimalagini bilasizmi?

Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafotlaridan keyin azon aytishni to‘xtatgan «Biloldir». Muhabbat bu - Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vafotlaridan keyin Madinada yasholmay, uni tark etgan «Biloldir»......

Duo qachon ijobat bo'ladi?

Buyurganimdek amal qil, qaytargan narsamdan to‘xta, shunda seni hech vafot etmaydigan tiriklar jumlasidan qilaman. Men (abadiy) tirikman, hech qachon o‘lmayman. Agar biror narsaga «Bo‘l!» desam, u narsa (paydo) bo‘ladi......

Insoniyat dunyoga keltirgan eng buyuk aql

Insoniyat dunyoga keltirgan eng buyuk aql sohibi G‘arb da’vo qilganidek Eynshteyn emas, balki, Abu Rayhon Beruniydir.  Abu Rayhon Beruniy tibbiyot, falsafa, ximiya, fizika, matematika, geologiya, astronomiya, tarix, dorishunoslik, geografiya, filologiya-tarjima fanida olim hamda geodeziya ilmining asoschisi bo‘lgan. ...

Qirq savolga qirq javob

1. Qur’onning ma’nosi nima? O‘QISH. 2. Dastlabki tushgan joyi. Makka, Xiro g‘ori 3. Dastlabki tushgan kuni. Qodir tuni......

Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q

Ibn Umar roziyalohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q. (Biri) Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bergan va u kecha-yu kunduzi uni infoq qiladi.(Ikkinchisi) Alloh taolo bir kishiga Qur’onni bergan va u kecha-yu kunduz uni qoim qiladi”, dedilar”. (Termiziy rivoyati!)...

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi. Ijobatni kechiktirsa, sabringni ziyoda qiladi. Agar ijobat qilmasa, sen uchun yaxshiroq narsani tayyorlab turgan bo‘ladi....

Qur'ondan shifo topganlar qissasi

Rivoyat qilinishicha, bir guruh sahobalar safarga chiqishdi. Arablar yashaydigan joyda qo‘nim topib, ulardan oziq-ovqat so‘rashdi. Ammo qabiladagilarning mehmon qilgilari kelmadi. Shu orada o‘sha qabila boshlig‘ini chayon chaqib oldi......

Izohlar 3

  1. Офлайн
    AZAMAT
    AZAMAT 22 марта 2025 20:23
    ASSALOMU ALAYKUM KIMDIR OʻTIB QOLSA OʻQILADIGAN DUONI TOʻLIQ YOZIB BEROLADIZMI
  2. Офлайн
    Guliraʼno
    Guliraʼno 13 января 2025 13:23
    Assalomu aleykum tuwlarimga oʻtib qolgan bobom kirayabdi qanday duo qilsam boʻladi nimadandur bezovta boʻlsa kiradimi tushga
  3. Офлайн
    Zilola Alimjanova
    Zilola Alimjanova 19 июля 2023 21:35
    Yaqinda bobom oʻtib qoldilar, aytishlaricha 1yilgacha har kecha ruhlari kelar ekan shunda biz qaysi duo oyat yo suralarni oʻqishimiz kerak

Fikr qo'shish