Zuxo namozi va uning fazilati

Zuxo namozi va uning fazilati
Zuxo namozi va uning fazilati


Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytdilar: "Kimki o‘n ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, Alloh unga jannatda oltindan bir qasr bino qilgaydir".

(Termiziy, Ibn Moja, Bayhaqiy, Tabaroniy, Bazzor va Ibn Abu Osim rivoyat qilishgan.)
Yuqoridagi hadis quyidagi ko‘rinishda ham rivoyat qilingan:
"Kim ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, g‘ofillardan deb yozilmaydi. Kim to‘rt rakaat zuho namozi o‘qisa, qanoatlilardan deb yoziladi. Kim olti rakaat zuho namozi o‘qisa, u o‘sha kun uchun unga kifoya qiladi. Kim sakkiz rakaat zuho namozi o‘qisa, Alloh taolo uni obidlardan deb yozib qo‘yadi. Kim o‘n ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, u odam uchun Alloh jannatda bir uy barpo qiladi".

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Menga Xalilim sallollohu alayhi vasallam uch narsani vasiyat qilganlar; har oyda uch kun ro‘za tutmoqni, ikki rakaat choshgoh–zuho namoz va uxlashimdan oldin vitr o‘qimog‘imni».(Buxoriy, Muslim, Nasoiy rivoyat qilishgan. Xuddi shu hadisni Abu Dardo’ ham rivoyat qilgan.)

Abu Sa’id al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sallollohu alayhi va sallam zuho namozini (ba’zi kunlar) shunday (uzluksiz) o‘qir edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz tark qilmaydilar, derdik. Ba’zan esa shunday o‘qimay tashlab qo‘yar edilarki, biz hatto, endi bu namozni hargiz o‘qimaydilar, derdik».
(Termiziy va Ahmad rivoyat qilganlar. Termiziy hasan-g‘arib deganlar.)

Zuho namozi necha rakaat?

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sallollohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Kimki ikki rakaat zuho namozini muntazam o‘qisa,
gunohi dengiz ko‘piklaricha bo‘lsa ham, kechirilgaydir».
(Termiziy, Ibn Moja, Ahmad va Is'hoq rivoyat qilganlar.)
Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Sizlarning har bir a’zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz– sadaqa, har bir hamd aytishingiz–sadaqa, har bir tahlilingiz («La ilaha illalloh», deyishingiz)–sadaqa, har bir takbiringiz–sadaqa, yaxshilikka buyurishingiz–sadaqa, yomonlikdan qaytarishingiz–sadaqa. Endi bularning hammasi uchun ikki rakaat zuho namoz o‘qishingiz kifoyadir», - dedilar.
(Imom Muslim rivoyatlari.)
Zuho namozi bu namoz 360 sadaqaga tengdir.
Insonning jisimi 360 bo‘g‘indan iborat bo‘lib, insonga bu ne’matlarning shukronasi o‘laroq har kuni 360 sadaqa qilish lozim bo‘ladi.
Choshgoh namozi ana o‘sha shukronani ado etishga kifoya qiladi.     
Zuho namozining vaqti quyosh to‘la chiqqandan taxminan 3 soat o‘tgach boshlanadi va peshin vaqtidan 10-15 daqiqa avval (bu vaqtda quyosh tikkaga keladi va namoz o‘qish makruh sanaladi)  tugaydi. Eng afzal vaqti – peshin vaqti kirishidan 30-45 daqiqa avvalgi vaqtdir.

Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi. Mening amalim ro‘zador bo‘lgan holimda ko‘rsatilishini istayman» (Imom Termiziy rivoyati)......

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor

Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor 🔸Iyd ul-fitr. Bu bayram har yili Shavvol oyining birinchi kuni nishonlanadi;...

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa

Insonni hayvondan ajratib turadigan narsa hujjat-dalilni fahmlash va unga ergashish, faqat eshitishning oʻzi emas. Chunki (inson ham, hayvon ham) barchasi eshitadi......

Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri

Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida. Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz......

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday bo‘lgan edilar

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oxirgi so‘zlari: "Namoz, namoz(ga extiyot bo‘lingiz!) Qo‘l ostingizdagi cho‘rilar haqqida Allohdan qo‘rqingiz!", degan so‘zlar bo‘lgan edi......

Tavbaga shoshil

«Ey Odam farzandi! Men sizlarni befoyda va behudaga yaratganim yo‘q. Men g‘ofil emasman, (holingizdan) xabardorman. Mening roziligim uchun yoqtirmayotgan narsangizga ham sabr qil(ishni o‘rgan)maguncha huzurimdagi narsa (jannat)ga erisholmaysiz......

Hayit namozi qanday o'qiladi?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. 2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi....

Tahorat duolari

Tahorat olishdan avval ushbu duo o‘qiladi:“A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahil a'ziym. Valhamdu lillahi 'ala diynil Islam”. (Ulug‘ Allohning ismi bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman. Islom dini uchun Allohga hamd bo‘lsin.)......

Qiz farzandning ajrini qanchaligini bilganimizda edi

Islom ayolni jismonan zaif va shu bilan birga qalban kuchli hisoblaydi. Erkak aksi. Ayol qalbini hisobga olganlari uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam farzandlarga beriladigan sovg‘alarni qizlardan boshlashga buyurdilar. Ularni "nozik shishachalar" deya ta’rifladilar, hamda sindirib qo‘ymaslikka amr etdilar. © Mubashshir Ahmad Qiz...

Birodarlarimni sog‘indim

Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig‘ladilar. Buni ko‘rgan sahobalar: “Yo Rasululloh! Sizni nima yig‘latdi?”, deb so‘rashdi. U zot esa: “Birodarlarimni sog‘indim!”, deb javob berdilar. Sahobalar: “Bizlar birodarlaringiz emasmizmi, yo Rasululloh?”, deyishdi. Shunda u zot alayhissalom: “Yo‘q. Sizlar ashoblarimsiz. Birodarlarim...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Alloh rozi bosin
    Alloh rozi bosin 14 февраля 2022 04:38
    Mashaalloh

Fikr qo'shish