Yetti toj

Yetti toj
Yetti toj


👉 1. ZIKRNING TOJI:
«Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva ’alaa kulli shayin qodiyr»
(Yagona Allohdan boshqa iloh yo‘q, Uning sherigi ham yo‘q, saltanat va maqtov Unikidir. U barcha narsaga qodir Zotdir).

👉 2. TASBЕHNING TOJI:
«Subhaanallohi va bihamdih, ’adada xolqih, va rizo nafsih, va zinata ’arshih, va midada kalimaatih»
(Yaratganlarining adadicha, O‘zi rozi bo‘lgunicha, Arshining vaznicha, kalimalarining uzunligicha Allohga hamd aytaman va Uni poklab yod etaman).

👉 3. DUONING TOJI:
«Robbanaa, aatinaa fid-dunya hasanatan va fil aaxiroti hasanatan va qinaa ’azaaban-naar»
(Robbimiz, bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilik ato qil va bizni do‘zax azobidan saqla!)
👉 4. ISTIG‘FORNING TOJI:
«Allohumma, anta Robbiy, laa ilaaha illaa anta, xolaqtaniy va ana ’abduk, va ana ’alaa ’ahdika va va’dika mastato’tu, a’uuzu bika min sharri maa sona’t, abuu’u laka bi ni’matika ’alayya, va abuu’u bizambiy, fag‘firliy, fainnahu laa yag‘firuz-zunuba illaa ant»
(Allohim, Sen Parvardigorimsan, Sendan boshqa iloh yo‘q. Meni Sen yaratding, men Sening qulingman. Men Senga bergan va’damda va Senga bergan ahdimda qodir bo‘lganimcha turibman. Qilgan ishlarimning yomonidan O‘zingdan panoh tilayman. Menga ato qilgan ne’matlaringga iqrorman, gunohlarimga ham iqrorman. Gunohlarimni kechir, chunki Sendan boshqa hech kim gunohlarni kechira olmaydi)

👉 5. ZARARDAN HIMOYALANISH DUOLARINING TOJI:
«Bismillaahillaziy laa yazurru ma’asmihi shayun fil arzi va laa fis-samaa, va huvas-samiy’ul-’aliym»
(Allohning ismi bilan boshlayman, U Zotning ismi tufayli yeru osmonda biror narsa zarar bera olmaydi. U eshituvchi, biluvchi Zotdir).

👉 6. MUAMMODAN QUTILISH DUOLARINING TOJI:
«Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, inniy kuntu minaz-zolimiyn» (O‘zingdan boshqa iloh yo‘q, ey pok Parvardigor! Men o‘z jonimga zulm qilib qo‘ydim, Anbiyo surasi, 87-oyat).

👉 7. XOTIRJAMLIK DUOLARINING TOJI:
«Laa havla va laa quvvata illaa billaahil ’aliyyil ’aziym»
(Oliy va Ulug‘ Allohdan o‘zgada kuch ham, quvvat ham yo‘q).

Oyna...

"...Bir necha kishi Misrga bordik. Do‘konga kirdik. Bir uzuk yoqib qolib, narxini so‘radik. "1400 junayh", dedi. Narxini biroz tushirib berishini iltimos qildik. "Qayerliksizlar?" – dedi......

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi. Ijobatni kechiktirsa, sabringni ziyoda qiladi. Agar ijobat qilmasa, sen uchun yaxshiroq narsani tayyorlab turgan bo‘ladi....

Sajda yechimdir!

Qachonki yuraklar siqilganda Qalbingning tub – tubidan “Alloh” deysan. - Qachonki dunyo ko‘zinga zulmkor ko‘ringanda, hamma qilganlaring behuda bo‘lganida, qanotlaringni qayirganlarida “Yo Alloh” deysan....

Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir

«Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida esa (abadiy)qolguvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroq(orzu qilishga arzirliroqdir)» (Kahf: 46)....

Zikr - Salovat

Allohning zikridan xam yengilroq va ajri ulug'roq ibodat yo'qdir! Allohni zikr qiling azizlarim!...

Muslima ayol

Muslima ayol – kulbada yashab, Parvardigoriga ibodat qilib, besh vaqt namozni o‘qib, bir oy ro‘zani tutgan ayol dabdabali qasrda, kanizaklar ichida yonboshlab yotgan ayoldan yaxshidir......

Zuxo namozi va uning fazilati

Rasululloh sallollohu alayhi va sallam aytdilar: "Kimki o‘n ikki rakaat zuho namozi o‘qisa, Alloh unga jannatda oltindan bir qasr bino qilgaydir"......

Qurbonlik qilish vojib bo‘lgan kishi uning odoblariga rioya qilishi kerak

Qurbonlik qilish vojib bo‘lgan kishi uning odoblariga rioya qilishi kerak. Ya'ni, qurbonlikni o‘z qo‘li bilan qilish......

Qazo namozi

– Bir kishi bir namozni uzr sababli o‘z vaqtida o‘qimasa, nima qiladi? – So‘ngra qazo qilib o‘qiydi. – Bir kishining bir namozi qazo bo‘lib, ikkinchi namozning vaqti kirib qolsa, u kishi qaysi namozni o‘qiydi, ya’ni avval qazo namozni o‘qiydimi yoki vaqti kirgan namozni o‘qiydimi? Masalan, peshin namozi qazo bo‘lib, hanuz qazosini o‘qimay, asr...

Jannat va undagi ne’matlar vasfi

«Taqvo egalari uchun va’da qilingan jannatning sifati (budir): «Unda aynimagan suvdan bo‘lgan daryolar ham, ta’mi o‘zgarmagan sutdan bo‘lgan daryolar ham, ichuvchilar uchun lazzatli (ya’ni badta’m va aqldan ozdiruvchi bo‘lmagan) maydan bo‘lgan daryolar ham, musaffo asaldan bo‘lgan daryolar ham bordir. Ular uchun u joyda barcha mevalardan bordir»...

Fikr qo'shish