Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli bo‘ladi

Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli bo‘ladi
Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli bo‘ladi


Shafoat shafoatchiga qarab sakkiz turli bo‘ladi:
1-Anbiyo alayhis sallomlarning ummatlariga shafoati.
2-Farishtalarning gunohkorlarga shafoati
3-Kichik bolalarning ota-onasiga shafoati.
4-Allohning yo‘lida shahid bo‘lganning o‘z ahlidan yetmish kishiga shafoati.
5-Qur’onni yod olgan kishining ahli baytiga shafoati.
6-Mo‘minlarning bir-birlari haqidagi shafoati.
7-Qur’oni karimning o‘z qorisiga shafoati.
8-Ro‘zaning ro‘zadorga shafoati.
Dalil: quyidagi oyatlar:
1-»U zotning huzurida shafoat beradigan, faqat Uning izni ila bo‘lur». (Baqara surasi, 255).
2-»U zot ishning ta’birini qilur. Hech bir shafoatchi yo‘q. Magar Uning iznidan so‘ng bo‘lur». (Yunus surasi, 3)
3-»Shafoatga molik bo‘lmaslar. Magar Rahmon huzurida ahd olgangina bo‘lur». (Maryam su-rasi, 87)
4-»O‘sha Kunda shafoat naf bermas. Magar kimga Rahmon izn bersa va uning gapirishiga rozi bo‘lsa (naf berur)». (Toha surasi, 109)5-»Va shafoat bermaslar, magar kimga rozi bo‘lsa (berurlar). Ular Robbilaridan qo‘rqqan hollaridadir». (Anbiyo surasi, 28)
6-»Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalarning shafoatlari hech bir narsani aritmas. Magar Alloh xohlagan va rozi bo‘lgan odamga izn bergandan keyingina (aritar)». (Najm su-rasi, 26)
7-Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Bas Alloh taolo: «Farishtalar shafoat berdi. Nabiylar shafoat berdi. Mo‘minlar shafoat berdi. Arhamur Rohiymiyndan boshqa hech kim qolmadi»-deydi. So‘ngra do‘zaxdan bir siqim oladi va undan hech bir yaxshilik qilmagan odamlarni chiqaradi», degan hadislari.(Muslim Abu Sa’id al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan).
8-Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning shahidning olti xislatini bayon qilgan hadislari oxirida: «Va o‘z qarindoshlaridan yetmish kishiga shafoat beradi»- deyilgan. (Termiziy va Ibn Moja).
9-Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, mening ummatimdan ko‘pchilikka shafoat beradiganlar, qabilaga shafoat beradiganlar, ota tomon qarindoshlarga shafoat beradiganlar, va bir kishiga, toki jannatga kirishlari uchun shafoat beradiganlar bor»-deganlar. (Termiziy).
10-Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ro‘za va Qur’on bandaga shafoat beradilar»-deganlar. (Bayhaqiy «Shuabul Iymon»da rivoyat qilgan).
11-Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta «Siqt»-(balog‘atga yetmay o‘lgan bo-la) ota-onasini do‘zaxga kirgazgan chog‘da Robbisi ila tortishadi. Shunda unga: «Ey Robbisi ila tortishuvchi bola, ota-onagni jannatga kirit»-deyiladi», deganlar. (Ibn Moja).
Sharh Aqidat at-Tahoviy 59.b6

Taomning avvalida «Bismillah» degin

Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Taomning avvalida «Bismillah» degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin va o‘z oldingdan yegin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyati....

Qur'onda zikr etilgan qalb turlari

Alloh taolo Qur’oni karimda qalbning bir qancha turlarini zikr etgan. Jumladan:...

Kechki zikr tongda va kechda to‘rt marta

Allohumma inniy amsaytu ushxiduka, va ushxidu xamalata a'rshika, va malaa'ikataka, va jamiy'a xolqika, annaka anta Allohu laa ilaxa illa anta vaxdaka laa shariykalaka, va anna a'bduka va rosuuluk....

Keling birga duo yodlaymiz

QUR'ON VA SUNNATDA KELGAN DUOLAR رَبِّ لَا تَذَرْنِي فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ الْوَارِثِينَ Ma'nosi: «Ey Robbim, meni yolg‘iz tashlab qo‘yma, (menga O‘z dargohingdan bir merosxo‘r farzand ato et) Sen, O‘zing vorislarning eng yaxshisisan». («Anbiyo» surasi, 89-oyat)...

Rasululloh va ahli bayt

Tog‘alari: Abduyag‘us ibn Vahb ibn Abdumanof ibn Zuhra (Islom davriga yetib kelmagan)......

Tavbaga shoshil

«Ey Odam farzandi! Men sizlarni befoyda va behudaga yaratganim yo‘q. Men g‘ofil emasman, (holingizdan) xabardorman. Mening roziligim uchun yoqtirmayotgan narsangizga ham sabr qil(ishni o‘rgan)maguncha huzurimdagi narsa (jannat)ga erisholmaysiz......

Nima uchun avvalo namoz deyilgan?!

Namoz – Qiyomat kuni bandani birinchi hisob kitob qilinadigan amali. Namoz – fahsh va munkar ishlardan qaytaradi......

Duoda qoim bo‘lmoqning fazilati

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin. Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin......

Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?

🌙 Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki? ✨ “Eng go‘zal hikoyatlar” Ramazon Butiy rohimahulloh Shom o‘lkasida bo‘lib o‘tgan bir voqeani hikoya qilib bergandilar......

Xar sajdaga borishingizda

Xar sajdaga borishingizda ota-onangizga mag‘firat so‘rab,bir marta "Alloxummag‘firliy valivalidayya (Alloxim ota-onamni mag‘firat qil!) deb, duo qilib qo‘yishga odatlaning! Shunda, ular uchun bir kunda 64 marta Istig‘for aytgan bo‘lasiz!......

Fikr qo'shish