Asr saodatini qattiq sog‘indim uzbekcha she'r

Asr saodatini qattiq sog‘indim
Asr saodatini qattiq sog‘indim


Allohdan ustinroq sanalsa mansab
Ko‘ngillar zulimga ketganda yumshab
Usoma Ibn Zayd Qo‘shinin qumsab
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Asrlarni otib tezlikla qo‘pib
Haqiyqat ahlini shod bo‘lgum topib
Ibnu Huzofaning boshini o‘pib
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Cho‘loq oyoq bilan Jannatni bosgan
Ibnu jamuhlarni qo‘l yonib yozgan
Qiyomotdan qo‘rqib namozda ozgan
Asr saodatini qattiq sog‘indim

Umarlar sog‘ingan Abu Ubayda
Ayting endi ayting do‘stlarim qayda
Gunohni demagan katta yo mayda
Asr saodatini qattiq sog‘indim .

Bugungi holimni ayladim g‘orat
Yigit boshim bilan yo‘qdir harorat
Hafsaning ko‘zida yongan jasorat
Asr saodatini qattiq sog‘indim .

Bugun fikr yo‘qdir faqqat iqtibos
Tafsirlar turfa xil ba’zi rayga mos
Hammasini rom aylar yosh Ibnu Abbos
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Abu Dardolarni quvgan bu dunyo
Ibn Avf qalbini yuvgan bu dunyo
Abu Zar ostida yurgan bu dunyo
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Yoshlarni qalbini tutgan qafaslar
Bugun chollarni ham ezar havaslar
Yuzga kirib aqli butun Anaslar
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Habbob yelkasida qizargan temir
Bas yetar bo‘l qil tog‘larni yemir
Ey ko‘nglim obi rahmatni simir
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Ul kunning yonig‘ bir sahifasi bor
Janozadan qaytgan Halifasi bor
Sir bilan ko‘milgan Xuzayfasi bor
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Bugun yursak hamki do‘stlarni sizlab

Mushkul ong qo‘yamiz uni yolg‘izlab
Ibodat bobida Mu’ozni izlab
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Sohtalik bo‘lmagan shu bugunchalik
Yolg‘on salomlarga yolg‘ondan alik
Rostlikni o‘rgatsin Ka’b Ibnu Molik
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Eng buyuk zotlarga qilsam havaslar
Rasulullox suygan o‘lik jasadlar
Jannatiy Fotima Binti Asadlar
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Suxayib Rumiyni yelkalash uchun
Qalbiy riyolarni tilkalash uchun
Sa’dning kamonini bir silash uchun
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Odamlar Malakdan farq qilmas paytlar
Hassondan taralgan ilohiy Baytlar
To‘rtta yoningizda Jannatiy Zaydlar
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Bir bog‘ning Jannatiy gul daraxti bor
Qiyomat kelmasdan ko‘rish naqti bor
Talhaning bog‘ida uxlash baxti bor
Asr saodatini qattiq sog‘indim .

Bugunning kunida bechora qolib
Faxirlanish nedur shajara solib
Abu Ayub uyini ijara olib
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Tashkil etsam hamkiy ko‘p sayillarni
Qaytaman topolmay bir hayirlarni
Qaydan topayin bugun Zubayirlari
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Maslahat bobinda dilga ham honam
Zavjidan hadislar so‘zu ko‘zida nam
Onamga ham ona Oisha Onam
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Ikrima baxtidan qarz olay deya
O‘tgan umrim uchun arz olay deya
Vaxshiydan mardlikni dars olay deya
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Ilim bo‘stonida bo‘lmayin nobut
Izg‘isam beshikdan to manzil tobut
Qo‘limdan ushlasa Zayt Ibnu Sobit
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Javobini topgan savollar davri
Jaholat tomoman zavollar davri
Abu Talxa degan rijollar davri
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Charchagan onimda she’r qofiyadan
Asxob o‘rtasida xilafiyadan
So‘rovim bor edi Muoviyadan
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Dillari shod garchi qo‘llar qadog‘da
Zavjining mehriga dillar dudog‘da
Zaynab Bintu Jaxishlar endi qayoqda
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Ul davir taqdiri yurmoq piyoda
Hatto Amrlari ustun hayoda
Qo‘rqmas bolari mingdan ziyoda
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Alining hikmatli so‘zlarin tinglab
O‘zimning kimligim topolsam anglab
Ilim darvozasin ostida xo‘ngirab
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Qoniga bo‘yalgan Qur’onim deya
Fitnalarga qarshi qo‘rg‘onim deya
Malaklar uyalgan Usmonim deya
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Umarning nigohi ko‘nglimni yutar
Adolat bog‘ida qo‘limni tutar
Shaytonlari boshqa ko‘chadan o‘tar
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Abu Bakr bo‘lib suvni tindirgan
Qalbiga g‘ayiblarni kulib qo‘ndirgan
Imoni tarozini bosib sindirgan
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Byog‘iga ko‘limni qaltiroq bosar
Rosululloh so‘zini qanaqa yozar
Boshqa zamonlarda yo‘q o‘rin bosar
Asr saodatini qattiq sog‘indim.

Tun chog‘i uyquga qovushgan joni
Yomg‘irdek o‘tmish tamon yog‘ildim
Tarix kitobini eng Nurli oni
Asr saodatini qattiq sog‘indim...

Payg‘ambarimiz Sollallohu ’alayhi vasallamga, U Zotning Ahli baytlariga va As'hoblariga salom bo‘lsin...

Insof ber Allohim

Allohim insof ber bag'ri toshlarga, Vijdoni yo'qlar u benomuslarga, Allohim insof ber nomard nokasga, Bir umr hayosiz nazar pastlarga, Allohim insof ber tig'siz so'yganga, Yoningda do'stman deb iymon sotganga....

Bir shirin tabassum qiling maylimi

Nega ko'nglingizga qo'nibdi g'ubor, Yoki homush bo'lish zamon zaylimi? Sizga kichikkina iltimosim bor, Bir shirin tabassum qiling maylimi?......

Odamzot yuz o'girsa, xafa bo'lmadim

Odamzot yuz o'girsa, xafa bo'lmadim. Qalbimga o'q urishsa, aslo o'lmadim. Oyoqlarimni kesib, ko'zimga hanjar, Bo'ynimga shamsher tortsa, Haqdan toymadim....

Siz baribir sevib qolasiz. o'lsam haqida sher

Erib ketar qalbingiz toshi  Oqar közdan ojizlik yoshi  Yetmas ekan inson bardoshi  Siz baribir sevib qolasiz. ...

Keyin mayli gapiring, mayliga kuling

Yolgiz ayol qadamin sanab yurganlar Tuhmat qilib behayo, buzuq deganlar. G'iybatiga hamisha eslab turganlar Bevalikni bir kunlik ta'mini biling Keyin mayli gapiring, mayliga kuling......

Halos aylagin

Mayli ko'kka yetmasa qo'lim, Topolmasam axtarib yo'lim. Oshig'ingni qiynamay gulim- Hijronlardan halos aylagin......

Va'da bilan vafo so'zda bo'lmaydi

Va'da bilan vafo so'zda bo'lmaydi, Aql ham boshdadur, Ko'zda bo'lmaydi. Suratiga emas, siyratga boqing, Go'zallik qalbdadur, yuzda bo'lmaydi........

Yor-yor aytsa bir honadon ichida

Yor-yor aytsa bir honadon ichida. hamma shodon yurib asta kularmish. nomus bilib bir chekkada bir inson. Pastga qarab "qizim" deya yig'larmish...!...

MUZLAGAN BAHORLARIM

Jonim meni,dafn et jonim,  Qondoshdan yo’q dilni umidi.  Qo’nmoqdadir shafaqqa qonim,  Taralmoqda o’limning hidi..! ...

Eringizni kutib oling erkalab

Farishtadek ko'rinasiz ko'zimga, Jon ayollar tinglang meni bir zumga, Baht topasiz amal qiling so'zimga, Eringizni kutib oling erkalab, Hursand qilib kuzatingda ertalab......

Izohlar 2

  1. Офлайн
    Марям
    Марям 4 января 2024 09:31
    Жуддаям рельный шерлар
  2. Офлайн
    Sardor
    Sardor 22 января 2023 01:10
    Kim buni muallifi

Fikr qo'shish