Rabi'ul avval oylarida yuz bergan tarixiy voqealar

Rabi'ul avval oylarida yuz bergan tarixiy voqealar
Rabi'ul avval oylarida yuz bergan tarixiy voqealar


RABI’UL AVVAL OYLARIDA YUZ BЕRGAN TARIXIY VOQЕALAR

1. Hijratdan avvalgi 53 yil, rabi’ul avval oyining 8, 9, 10, 12 kunlardan biri (mil. 571 yil 19–23 aprel
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavallud topdilar.

2. Hijratdan avvalgi 51 yil, rabi’ul avval oyi (mil. 573 yil mart oxiri yoki aprel boshi)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki yoshga to‘lib, ko‘krakdan (sut emishdan) chiqarildilar.

3. Hijratdan avvalgi 13 yil, rabi’ul avval oyi (mil. 610 yil fevral)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qamariy 40 yosh (shamsiy 38 yosh-u to‘qqiz oylik) bo‘lganlarida rost tushlar ko‘rishlari, Makkadagi bir toshning u Zotga salom berishi kabi payg‘ambarlik alomatlari ko‘rina boshladi va bu holat olti oy davom etdi.

4. Hijratdan avvalgi 1 yil, rabi’ul avval oyi (nubuvvatning 13 yili / mil. 621 yil oktabr)
– Isro va Me’roj hodisasi yuz berdi;
– besh mahal namoz farz qilindi.

5. Hijriy 1 yil, 1 rabi’ul avval, dushanbaga o‘tar kechasi (mil. 622 yil 12 sentabr)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan Yasrib (Madina) sari hijratga chiqdilar.

6. Hijriy 1 yil, 8 rabi’ul avval, dushanba kuni (mil. 622 yil 19 sentabr)– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yasrib (Madina) viloyatining ilk qishlog‘i Quboga kirdilar.

7. Hijriy 1 yil, 8–12 rabi’ul avval (mil. 622 yil 19–23 sentabr)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshchiliklarida Qubo qishlog‘ida «Taqvo asosi»ga masjid qurildi (Qubo nomini olgan bu masjid Islom tarixida ilk qurilgan masjid hisoblanadi).

8. Hijriy 1 yil, 12 rabi’ul avval, juma kuni (mil. 622 yil 23 sentabr
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qubo qishlog‘i bilan Yasrib (Madina) shahri o‘rtasidagi Bani Solim ibn Avf vodiyida birinchi juma namozini yuz kishilik jamoat bilan o‘qidilar;
– juma namozidan so‘ng Yasrib (Madinai munavvara)ga kirdilar va Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhuning bo‘sh uyiga joylashdilar;
– «so‘kish, haqorat qilish» ma’nolaridagi «Yasrib» nomi «Madinatur Rasul», «Madinatun Nabiy» (Payg‘ambar shahri) deb, keyinchalik qisqarib «Madina», «Madinai munavvara» deb, atala boshladi;
– bir necha kun o‘tib Madinaga Savda onamiz, Fotima, Ummu Kulsum, Usoma ibn Zayd va Ummu Aymanlar hamda Abdulloh ibn Abu Bakr roziyallohu anhum oilasi bilan kelishdi;
– shundan keyin birinchi bo‘lib Masjidi Nabaviyni qurish ishlari boshlandi.

9. Hijriy 2 yil, rabi’ul avval oyi (mil. 623 yil sentabr)
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallam as'hoblaridan ikki yuz kishi hamrohligida Qurayshning Umayya ibn Xalaf Jumahiy boshliq yuz kishilik, ikki ming besh yuz tuyadan iborat karvoniga qarshi yo‘lga chiqdilar. Razvo nohiyasining Buvot degan joyigacha bordilar va biron yomonlikka duch kelmasdan Madinaga qaytib keldilar (bu Islom tarixida «Buvot» g‘azoti deb ataladi);
– Kurz ibn Jobir Fihriy boshliq mushriklarning kichik bir guruhi Madina yaylovlariga bosqin uyushtirib, musulmonlarning chorva mollaridan bir qismini haydab ketganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetmish nafar sahoba bilan ularning ortidan quvib chiqdilar va Badr nohiyasining Safavon vodiyigacha bordilar. Biroq Kurzning guruhini topa olmay ortlariga qaytdilar (bu Islom tarixida «Safavon», «Birinchi Badr» va «Kichik Badr» g‘azoti deb ataladi).

10. Hijriy 3 yil, rabi’ul avval, 14-kecha (mil. 624 yil 3 sentabr)
– Ka’b ibn Ashraf o‘ldirildi (u ona tarafdan yahudiy bo‘lib, Ban Nazir yahudiylari boshliqlaridan biri edi. Islom dini va musulmonlarga adovati cheksiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ozori kuchli, u Zotga qarshi urush qilishga eng ko‘p chaqiruvchi va fitnachi bo‘lgan).

Har soat va har daqiqaga

Allohning har kun, har soat va har daqiqaga tortiqlari bor. Eng katta tortig‘i O‘zining zikriga ilhom bermog‘idir. Subxanallohi va bihamdihi. Subhanallohul A’ziim.. Ayman Yog‘iy....

Gunoxlarni yuvuvchi ayrim oson ibodatlar

"Er yuzida kimda-kim "la ilaha illalloh, vallohu akbar, va la havla va la quvvata illa billah" der ekan, uning barcha gunohlariga kafforat bo‘lib ketadi, garchi gunohlari dengiz ko‘pigidek ko‘p bo‘lsa ham"......

Alloh kibrlilarni suymas

Ey Odam farzandi! Alloh guvohlik beradiki, Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Farishtalar, ilm egalari adolatda barqarordir. Hakimu Aziz Zotdan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Alloh nazdidagi (maqbul) din Islom (dini)dir. Kimki Islomdan boshqa dinni xohlasa, (bu «dini») undan hech qachon qabul etilmaydi. Oxiratda u kimsa ziyon ko‘rguvchilardan bo‘ladi......

Ona bilan bog‘liq olti xaqiqat

1. Onaninig yaqinida yarim soat o‘tirish olti soat tabibning xuzurida o‘tirishga teng. 2. Onang seni bag‘riga bosganida tafakkuring o‘tkirlashadi. 3.Taqdiringda bo‘ladigan yomon holatlar xaqida oldindan his qilish, seza olish qobiliyatiga ega yagona insoning onang. Shuning uchun u seni qayergadir borishdan man qilsa unga itoat qilgin......

Saodat_sabablari

1. Solih amal. ''Erkakmi yo ayolmi — kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, Biz unga pokiza hayot ato eturmiz''... Nahl surasi 97-oyat......

Ofiyat - bebaho ne'mat

«Ey Odam farzandi! Agar diningiz salomat bo‘lsa, amalingiz, go‘shtingiz va qoningiz ham salomat bo‘ladi. Agar diningiz fasod topsa, amalingiz, go‘shtingiz, qoningiz ham buziladi. Sizlar o‘zini kuydirib, odamlarga ziyo tarqatadigan sham kabi bo‘lmang. Qalbingizdan dunyo muhabbatini chiqarib tashlang, chunki Men hech qachon dunyo muhabbati bilan...

Ko‘zini nomahramdan to‘suvchi yigitning mukofoti…

Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashovchi bir faqir go‘zal xulqli dindor arab yigit bo‘lgan. Uni odati doim nomahram ayollarga qarashlikdan ko‘zini to‘sib yurardi… Kunlardan bir kuni u AQSHning osmono‘par binolarining birida muayyan bir qavatga liftda ko‘tarilayotgan edi. U liftda bir amerikalik o‘zini go‘zalligi bilan mashhur bo‘lgan bir qiz ham bor...

Tahorat duolari

Tahorat olishdan avval ushbu duo o‘qiladi:“A'uzu billahi minash-shaytonir rojiym. Bismillahil a'ziym. Valhamdu lillahi 'ala diynil Islam”. (Ulug‘ Allohning ismi bilan quvilgan shaytonning yomonligidan Allohdan panoh tilayman. Islom dini uchun Allohga hamd bo‘lsin.)......

Amalingni xolis qil

«Ey Odam farzandi! Ey dinor va dirhamning qullari! Men dinor va dirhamni ular orqali (bergan) rizqimni yeyishingiz, ular orqali (bergan) kiyimimni kiyishingiz, Menga tasbeh aytib, Meni ulug‘lashingiz uchun yaratdim. Keyin sizlar Kitobimni oldingizlar va uni orqaga otdingiz. Dinoru dirhamlarni oldingizlar va ularni boshingizga ko‘tardingiz......

Ahdga vafo qiling

«Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham O‘z ahdimga vafo qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. Yo‘lboshlovchisiz to‘g‘ri yo‘lga tushib bo‘lmaganidek, jannatga ham amalsiz yo‘l yo‘qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yig‘ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina,...

Fikr qo'shish