Rasululloh va ahli bayt

Rasululloh va ahli bayt
Rasululloh va ahli bayt


Rasululloh va ahli bayt

Tog‘alari:
Abduyag‘us ibn Vahb ibn Abdumanof ibn Zuhra (Islom davriga yetib kelmagan).

Tog‘a urug‘lari:
1) Madinadagi Xazraj qabilasining Banu Adiy ibn Najjor urug‘i (bobolari Abdulmuttalibning onasi Salmo tarafidan);
2) Banu Zuhra urug‘i (onalari Omina tarafidan);
3) Banu Sa’d qabilasi (emizgan onalari Halimai Sa’diyya roziyallohu anho tarafidan).

Doyalari: Shifo binti Avf roziyallohu anho (jannat bashorati berilgan mashhur sahoba Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhuning onasi).

Enagalari:
1) Shaymo binti Horis roziyallohu anhumo (Halima roziyallohu anhoning qizi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘rt yil Banu Sa’d qabilasida yashaganlarida enagalik qilgan);
2) Ummu Ayman Baraka binti Sa’laba roziyallohu anho (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam olti yoshlarida onalari Omina vafot etganidan keyin to balog‘at yoshiga yetgunlariga qadar enagalik qilgan).
Emizgan onalari:
1) Omina (tuqqan onalari) – yetti kun;
2) Suvayba Aslamiyya (Abu Lahabning ozod qilgan cho‘risi) – bir necha kun;
3) Hamza roziyallohu anhuni emizgan Banu Sa’dlik ayol – bir marta;
4) Halima binti Abu Zuayb Sa’diyya roziyallohu anho – ikki yil.

Emikdoshlari:
Suvayba Aslamiyya orqali: Masruh ibn Suvayba, Abu Salama ibn Abdulasad Maxzumiy roziyallohu anhu va Abdulloh ibn Jahsh roziyallohu anhu;
Halimai Sa’diyya roziyallohu anho orqali: farzandlari Shaymo binti Horis roziyallohu anhumo, Abdulloh ibn Horis roziyallohu anhumo va Unaysa binti Horis hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakivachchalari Abu Sufyon ibn Horis ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu;
Suvayba va Banu Sa’dlik ayol orqali: amakilari Hamza ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhu;
Usmon ibn Maz’un roziyallohu anhu ham emikdosh bo‘lgan.

Ummatlarining sifati: hammodun (Alloh taologa ko‘p hamdu sano aytuvchilar).

U zotga salavot aytuvchilar:

1) Alloh taolo;
2) farishtalar;
3) mo‘min-musulmonlar.

Alloh taolo aytadi: «Albatta, Alloh va farishtalari Payg‘ambar (Muhammad sollallohu alayhi vasallam)ga salavot ayturlar. Ey iymon keltirganlar, (sizlar ham) u zotga salavot va salom aytinglar» (Ahzob surasi, 56-oyat).

Namozlari: besh mahal (besh mahal namozning Isro kechasi Me’rojda farz qilinganiga barcha ulamolar ittifoq bo‘lishgan).

"Rasululloh va ahli bayt" kitobidan

Juma kuni Kahf surasini o'qish

Abu Said al Xudriydan rivoyat qilinadi. Payg‘ambarimiz sollalloxu alayhi vasallam aytadilar: «Juma kunlari Kahf surasini o‘qiganning ikki Jumasi oydinlashadi. (Bu juma bilan keyingisining orasidagi kunlar) (Hokim, Bayhaqiy) Payg‘ambar sollalloxu alayxi vasallam shunday deganlar:...

Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q

Ibn Umar roziyalohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q. (Biri) Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bergan va u kecha-yu kunduzi uni infoq qiladi.(Ikkinchisi) Alloh taolo bir kishiga Qur’onni bergan va u kecha-yu kunduz uni qoim qiladi”, dedilar”. (Termiziy rivoyati!)...

Ёсин сураси фазилати

Yosin surasida Muhammad sollallohu alayhi va sallam haqiqiy payg‘ambar ekanlari, Iso alayhissalom tomonidan Antokiya shahriga yuborilgan elchilar ko‘rgan-kechirgani, Habib Najjor ismli kishi imon yo‘lida jonini fido qilishi, quyosh, oy, yulduzlar ilohiy qonuniyat asosida harakatlanishi bayon etilgan. Shuningdek, jannat va do‘zax ahllarining...

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar: «Allox, u bilan azobni daf etuvchi namoz kabi boshqa ibodatni bilmaymiz»....

Jannatga kirishga sabab bo'luvchi amallardan biri

Tahoratdan so‘ng alohida o‘qiladigan 2 rak'at yoki nasib bo‘lgancha nafl namoz o‘qishning fazilati haqida. Jannatga yetaklovchi amallar ko‘p. Ulardan biri haqida quyidagi hadis bilan tanishgach, bilib olasiz......

Farishtaga - aql berdi

Alloh uch narsaga jon ato etdi: 1. Farishtaga - aql berdi, nafs bermadi......

Istig‘for ayting!

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:......

Shukr qil

"Ey Odam farzandi! Qancha chiroqlar bor, ularni havoyi nafs shamoli o‘chirib yubordi. Qancha obidlar bor, o‘ziga bino qo‘yish ularni buzdi. Qancha boylar bor, ehtiyojsizlik ularni aynitdi. Qancha kambag‘allar bor, qashshoqlik ularni buzuqlikka yetakladi......

Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?

🌙 Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki? ✨ “Eng go‘zal hikoyatlar” Ramazon Butiy rohimahulloh Shom o‘lkasida bo‘lib o‘tgan bir voqeani hikoya qilib bergandilar......

Ona bilan bog‘liq olti xaqiqat

1. Onaninig yaqinida yarim soat o‘tirish olti soat tabibning xuzurida o‘tirishga teng. 2. Onang seni bag‘riga bosganida tafakkuring o‘tkirlashadi. 3.Taqdiringda bo‘ladigan yomon holatlar xaqida oldindan his qilish, seza olish qobiliyatiga ega yagona insoning onang. Shuning uchun u seni qayergadir borishdan man qilsa unga itoat qilgin......

Fikr qo'shish