Qanisiz, ey Umar (roziyallohu anhu)

Qanisiz, ey Umar (roziyallohu anhu)
Qanisiz, ey Umar (roziyallohu anhu)


Qanisiz, ey Umar (roziyallohu anhu)

Hayotimiz bo‘lib ketdi alg‘ov -dalg‘ov
Bozorlarda halollik yo‘q, faqat aldov
Imom haqni gapirolmay turar soqov
Sizdek amir qani endi, ey Umar!
***
Dini uchun, halqi uchun jonin bergan
Halol ishlab halolidan rizqin tergan
Sizni ko‘rsa Shayton boshqa yo‘ldan yurgan
Sizdek amir qani endi, ey Umar!
***
Amir bo‘lib yirtiq yamoq libos kiygan
Bu dunyonimas Oxirati uchun kuyganZolimlikdan, nohaqlikdan o‘zin tiygan
Sizdek amir qani endi, ey Umar!
***
Adolatni teng qo‘llagan hamma uchun
El qiynalsa yig‘ladingiz bo‘lib mahzun
Kambag‘alga tunda turib tashigan un
Sizdek amir qani endi, ey Umar!
***
Riboxo‘rga, sudxo‘rlikga berib barham
"Halq mulkiku" deya xatto olmagan sham
Qo‘riqchisiz bozor kezgan xotirijam
Sizdek amir qani endi, ey Umar!
***
Elni to‘plab qaytardingiz ko‘p mahrdan
Oddiy kampir gapingizni bo‘ldi birdan
Kampir haq deb, xatoingiz oldingiz tan
Sizdek amir qani endi, ey Umar!
***
Podshoh bo‘lib saroy nima bilmadingiz
"Amirman" deb namozni tark qilmadingiz
O‘lishda ham tahoratsiz o‘lmadingiz
Sizdek amir qani endi, ey Umar!
***
Oddiyligu kamtarinlik xosdir sizga,
Odil podshoh degan nisbat mosdir sizga
Bugun juda muhtoj bo‘lib qoldik sizga
Sizdek amir qani endi, ey Umar!

Qurt tushgan olma hikmati

Luqmoni Hakimning farzandi o‘ziga nomaqbul do‘stlarni ulfat bilibdi. Ular bilan bordi-keldini ko‘paytirib borishi xar qanday ota singari Luqmoni Hakimning ham g‘ashini keltiribdi......

Istixora namozi

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar kishini biror ish tashvishga solsa, ikki rakaat nafl namoz o‘qisin. So‘ngra:.....

Mo‘min kishining ota-onasi haqqiga qilgan duosi

{...رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا } “Robbirham humaa kamaa robbayaaniy sog‘iyro”. “Ey Robbim! Ular meni kichikligimdan tarbiya qilganlaridek, ularga rahm qilgin”. (Isro surasi, 24 – oyatidan)....

Istig‘for ayting!

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki:......

Jufti haloli bilan namoz o‘qigan kishi

🍃... «Jufti haloli bilan namoz o‘qigan kishi, shaytonning boshini qilich bilan kesib tashlagan musulmon erkagidir.» Hazrati Umar (r.a)...

Ona bilan bog‘liq olti xaqiqat

1. Onaninig yaqinida yarim soat o‘tirish olti soat tabibning xuzurida o‘tirishga teng. 2. Onang seni bag‘riga bosganida tafakkuring o‘tkirlashadi. 3.Taqdiringda bo‘ladigan yomon holatlar xaqida oldindan his qilish, seza olish qobiliyatiga ega yagona insoning onang. Shuning uchun u seni qayergadir borishdan man qilsa unga itoat qilgin......

Hayit namozi qanday o'qiladi?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. 2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi....

Eng chiroyli rizq mol - mulk emas

Bilasizmi?! Eng yaxshi, eng chiroyli rizq mol - mulk emas. Balki... ✨ Xotirjam, qanoatli qalb, ✨ Ravshan aql, sog‘lom fikr......

📙Farishtalar hozir bo‘lgan janoza

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’laba roziyallohu anhuning janozasida oyoq uchida yurgan ekanlar…...

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi

Alloh duoingni ijobat qilsa, iymoningni ziyoda qiladi. Ijobatni kechiktirsa, sabringni ziyoda qiladi. Agar ijobat qilmasa, sen uchun yaxshiroq narsani tayyorlab turgan bo‘ladi....

Fikr qo'shish