Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?

Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?
Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?


🌙 Jannatdagi ikkinchi qasr kimniki?

✨ “Eng go‘zal hikoyatlar”

Ramazon Butiy rohimahulloh Shom o‘lkasida bo‘lib o‘tgan bir voqeani hikoya qilib bergandilar.

Bir badavlat kishi masjid qurishga kirishdi va barcha savobni o‘zi olish maqsadida qurilish ishlarida hech kimdan ko‘mak olmaslikni qattiq tayinladi.

Kunlarning birida u tush ko‘rdi. Alloh uning uchun Jannatda go‘zal bir qasr tayyorlab qo‘ygan ekan. Qizig‘i, qasr yonida xuddi shunday yana bir qasr bo‘lib, bunisidan hech qanday kami yo‘q ekan. “Bu kim uchun?”, deb so‘raganida, “masjid qurishda sen bilan sherik bo‘lgan kishi uchun”, degan javob kelibdi. Uyg‘onib ketib qurilish tomon shoshilibdi.
Quruvchilarning kattasidan “qurilishga kim sherik bo‘ldi?”, deb so‘ragan ekan, shunday javob beribdi: “Bir onaxon bir dona g‘isht ko‘tarib keldi va savobingizga sherik bo‘lishni istadi. Biz “xo‘jayin bunga aslo ko‘nmaydi, u bilib qolsa, ishimiz chatoq bo‘ladi”, deb aytdik. Shunda u: “xavotir olma, xo‘jayining hozir mening uyimda, uxlab yotipti” deb aytdi (ya’ni u sizning ayolingiz ekan)”…

Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shunday deganlarini eshitdim: “Kim Alloh uchun bir masjid qursa, Alloh uning uchun Jannatda bir uy bino qiladi” (Buxoriy va Muslim rivoyati).
🍀Shunday Baxtdan benasib etmasin Alloxim...!!! InshaAllox!

Beshta kerakli ma’lumot

➖1. Azon nihoyasiga yetgach, uning duosini aytganingizdan so‘ng o‘zingizni ijobat bo‘ladigan duodan mahrum qilmang. ➖2. Namoz o‘qiyotganingizda gunohlaringiz qayerga qo‘yiladi ?...

Qur'on karim suralari nomi

١ - Fotiha - Ochuvchi ٢ - Baqara - Sigir ٣ - Oli Imron - Imron oilasi ٤ - Niso - Ayollar ٥ - Moida - Dasturhon ٦ - An'om - Chorvalar ٧ - A'rof- Jannat bilan Do‘zaxni ajratuvchi devor ٨ - Anfol - O‘ljalar ٩ - Tavba - Tavba......

Barcha ishlarda yordam so‘raluvchi duo

يا حيّ يا قيّوم برحمتك أستغيث ، أصلح لي شأني كلّه و لا تكلني إلي نفسي طرفة عين. Ya hayyu ya qoyyuum, birohmatika astag‘iys, aslih liy sha‘niy kullah, va laa takilniy ila nafsiy torfata ’ayn. Ey (doimo) tirik, ey (doimo) qoim turuvchi zot. Sening rahmating ila yordam so‘rayman, mening barcha ahvolimni yaxshila va meni ko‘z ochib yumgunchalik...

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: Qur'onni bir oyda bir o‘qib chiqmagan inson, batahqiq uni *hajr qilibdi * Hajr - tark qilish Payg‘ambirimiz alayhissalom Qiyomat kuni Alloh taologa shikoyat qiladilar va biz bu shikoyat qilinadiganlar safidan bo‘lib qolmaslikka harakat qilishimiz kerak. (Furqon 30-oyatga qarang)...

Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q

Ibn Umar roziyalohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ikki narsadan boshqasida hasad yo‘q. (Biri) Alloh taolo bir kishiga mol-dunyo bergan va u kecha-yu kunduzi uni infoq qiladi.(Ikkinchisi) Alloh taolo bir kishiga Qur’onni bergan va u kecha-yu kunduz uni qoim qiladi”, dedilar”. (Termiziy rivoyati!)...

Muhabbat nima ?

Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechalarida u zotning o‘rinlarida to‘shakda uxlagan Ali roziyollohu anhudir. U Rosululloh sallollohu alayhi va sallamni qavmlari o‘ldirish uchun jamlanganini bilar va bu to‘shakda u zotning o‘rnilarida qatl qilinishiga aniq ishonar edi......

Namozning fazilatlari

Alloh buyuradi___ — Bas, qachon xotirjam bo‘lgach, namozni to‘kis ado etingiz. Albatta, NAMOZ mo‘minlarga tayinlangan vaqtlarda FARZ qilindi......

Kahf surasining fazilatlari

«Kahf» so‘zi arab tilida g‘or ma’nosini anglatadi. Suradagi asosiy qissa qahramonlari Robbilariga iymon keltirgan yosh yigitlar o‘z zamonlari podshohi zulmidan qochib, iymonlarini saqlash maqsadida bir g‘orga kirib oladilar va o‘sha yerda ilohiy mo‘’jiza sodir bo‘ladi. Suraning nomi ham shundan olingan......

Uyquning qancha turi bor, bilasizmi?

1. Sunnat uyqu.  Oftob ko‘tarilib, to peshin namozigacha bo‘ladigan oraliqdagi bu uyqu "qaylula" deyiladi. U aqlni ko‘paytiradi. 2. Bid’at uyqu.  Peshin namozi vaqtidagi uyqu. 3. Telbalikka sabab bo‘ladigan uyqu.  Asr namozidan keyingi uyqu devonalik, parishonxotirlik va telbalikka sabab bo‘ladi......

Zikr - Salovat

Allohning zikridan xam yengilroq va ajri ulug'roq ibodat yo'qdir! Allohni zikr qiling azizlarim!...

Fikr qo'shish