Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli

Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli
Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli


Kundalik darslar turkumidan:

Ixlos surasi va oyatul-kursiyning fazli

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لأَصْحَابِهِ أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ أَنْ يَقْرَأَ ثُلُثَ الْقُرْآنِ فِي لَيْلَةٍ؟» فَشَقَّ ذَلِكَ عَلَيْهِمْ وَقَالُوا أَيُّنَا يُطِيقُ ذَلِكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ؟ فَقَالَ: «اللَّهُ الْوَاحِدُ الصَّمَدُ ثُلُثُ الْقُرْآنِ» (رواه البخاري).

Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam as'hoblariga aytdilar: «Sizlardan biringiz bir kechada Qur’onning uchdan birini o‘qishga ojizlik qiladimi?» Bu ularni qiyin ahvolga solib qo‘ydi va: «Qaysi birimizning bunga kuchi yetadi yo Rasululloh?», deyishdi. Shunda u zot: «Qul huvallohu ahad» Qur’onning uchdan biridir», dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).
عَنْ أُبَيِّ بْنِ كَعْبٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ: «يَا أَبَا الْمُنْذِرِ أَتَدْرِي أَيُّ آيَةٍ مِنْ كِتَابِ اللَّهِ مَعَكَ أَعْظَمُ» قَالَ قُلْتُ اللَّهُ وَرَسُولُهُ أَعْلَمُ قَالَ: «يَا أَبَا الْمُنْذِرِ أَتَدْرِي أَيُّ آيَةٍ مِنْ كِتَابِ اللَّهِ مَعَكَ أَعْظَمُ؟» قَالَ قُلْتُ {اللَّهُ لا إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ} قَالَ فَضَرَبَ فِي صَدْرِي وَقَالَ: «وَاللَّهِ لِيَهْنِكَ الْعِلْمُ أَبَا الْمُنْذِرِ» (رواه مسلم).

Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Munzir, o‘zingizda bo‘lgan Allohning Kitobidagi qaysi oyat eng ulug‘ oyat ekanini bilasizmi?», dedilar. Men: «Alloh va Rasuli biluvchiroq», deb javob berdim. U zot yana: «Ey Abu Munzir, o‘zingizda bo‘lgan Allohning Kitobidagi qaysi oyat eng ulug‘ oyat ekanini bilasizmi?», dedilar. Men: «اللَّهُ لا إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ الْقَيُّومُ» (ya’ni, oyatul-kursiy), dedim. Shunda u zot mening ko‘ksimga urib: «Allohga qasamki, ilmingiz foydali bo‘lsin, ey Abu Munzir», dedilar (Imom Muslim rivoyati).

عَن أَبي أُمَامَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمْ: «مَنْ قَرَأَ آيَةَ الْكُرْسِيِّ دُبُرَ كُلِّ صَلاةٍ مَكْتُوبَةٍ لَمْ يَمْنَعْهُ مِنْ دُخُولِ الْجَنَّةِ، إِلاَّ أَن يَمُوتَ» (أخرجه النسائي).

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Kim har farz namozidan keyin oyatul-kursiyni o‘qisa, uni jannatga kirishdan faqat o‘limgina to‘sib turadi» (Imom Nasoiy rivoyati).

Sharh:

Ixlos surasi va oyatul-kursiy Qur’oni Karimdagi eng ulug‘ oyatlardan sanaladi, ular Allohning tavhidini, go‘zal ismlari va oliy sifatlarini, U zot subhanahu va taoloni ulug‘lash va Unga hamdu-sanolar aytishni o‘z ichiga olgan.

Bugungi darsdan olinadigan foydalar:

1. Ixlos surasining fazli, uning Qur’onning uchdan biriga teng ekani;
2. Oyatul-kursiyning fazli, uning Qur’ondagi eng ulug‘ oyat ekani;
3. Har namozdan keyin oyatul-kursiyni o‘qishning fazli, bunday qilish jannatga kirishga sabab bo‘lishi.

Qiyomat kuni seni ahvoling qanday bo‘ladi?

• Sen vaqtingni behuda ketkazganingga afsuslanasan! • Sen keraksiz narsalar bilan band bo‘lganing uchun afsuslanasan! • Sen vaqtida o‘ranmaganing uchun afsuslanasan! • Sen ko‘zingni tiymaganing uchun afsuslanasan! • Sen namozni ado etmaganing uchun afsuslanasan! • Sen ro‘za tutmaganing uchun afsuslanasan!...

Alloh yakkaligiga iymon keltirgan oxiratda saodatga erishadi

Alloh yakkaligiga iymon keltirgan oxiratda saodatga erishadi. Dini haqida qayg'urgan falokatdan salomat chiqadi. Bu dunyo havaslaridan uzoq turganga qiyomatda Allohning rahmati bor....

Yaxshisi, gunoh qilmang!

Yaxshisi, gunoh qilmang! Alloh gunohlarni kechiradi, lekin yozilgan yeridan o‘chirmaydi. Hatto qiyomat kuni egasiga bir bor ko‘rsatib qo‘yiladi, garchi u tavba qilgan bo‘lsa ham. Bilol Ibn Sa’d...

Buyuk haqiqatni anglash

Inson ezgu va haq so‘zni yaxshi ko‘radi, shirin so‘zning gadosi. Ayniqsa, bu foniy dunyoning bebaqoligini anglagan kishi o‘zini buyuk savol-javob kuniga tayyorlab boradi. O‘sha kuni tiliga biror kalima kelmay, sharmanda bo‘lishidan qo‘rqadi. Har kuni nafsini tergaydi, gunohkorligini, bandaligini eslab turadi. Allohning kalomini qalbiga muhrlaydi....

Rasululloh sunnatlarida bu dunyo va oxirat uchun foydalar bor

Qorinni yerga qaratib yotmang! Tixfatul G‘iforiy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda chalqancha holatda uxlab yotganimni ko‘rib qoldilar. Oyoqlari bilan turtib: “Bu uyqu nimasi?! Buni Alloh yomon ko‘radi”, dedilar» (Imom Ibn Moja rivoyati)....

Istixora namozi

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar kishini biror ish tashvishga solsa, ikki rakaat nafl namoz o‘qisin. So‘ngra:.....

Shukr qil

"Ey Odam farzandi! Qancha chiroqlar bor, ularni havoyi nafs shamoli o‘chirib yubordi. Qancha obidlar bor, o‘ziga bino qo‘yish ularni buzdi. Qancha boylar bor, ehtiyojsizlik ularni aynitdi. Qancha kambag‘allar bor, qashshoqlik ularni buzuqlikka yetakladi......

Qurbonlik qilish vojib bo‘lgan kishi uning odoblariga rioya qilishi kerak

Qurbonlik qilish vojib bo‘lgan kishi uning odoblariga rioya qilishi kerak. Ya'ni, qurbonlikni o‘z qo‘li bilan qilish......

Ona bilan bog‘liq olti xaqiqat

1. Onaninig yaqinida yarim soat o‘tirish olti soat tabibning xuzurida o‘tirishga teng. 2. Onang seni bag‘riga bosganida tafakkuring o‘tkirlashadi. 3.Taqdiringda bo‘ladigan yomon holatlar xaqida oldindan his qilish, seza olish qobiliyatiga ega yagona insoning onang. Shuning uchun u seni qayergadir borishdan man qilsa unga itoat qilgin......

Sabr haqida

Domla minbarga chiqib, zohidlik, sabr va isrofni tark qilish haqida gapira boshladi. Ko‘cha tozalaydigan ishchilardan biri uning gapini bo‘ldi: - Taqsir! Siz ishga qimmatbaho mashinada, qimmatbaho kiyimlarda , masjidni to‘ldirar darajada xushbo‘y atirlarni sepib kelasiz. Qo‘lingizda ayfon. Yil ora umraga borasiz....

Fikr qo'shish