Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday bo‘lgan edilar

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday bo‘lgan edilar
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday bo‘lgan edilar


Rosululloh sollallohu alayhi vasallam shunday bo‘lgan edilar:

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oxirgi so‘zlari: "Namoz, namoz(ga extiyot bo‘lingiz!) Qo‘l ostingizdagi cho‘rilar haqqida Allohdan qo‘rqingiz!", degan so‘zlar bo‘lgan edi.

***
Xulqlar ichida yolg‘onchilikni juda yomon ko‘rardilar.

***
U zot sollallohu alayhi vasallam uchun eng suyumli amal oz bo‘lsa ham davomli bo‘lgani edi.

***
Nabiy sollallohu alayhi vasallam eng yaxshi, eng saxiy va eng shijoatli inson edilar.

***
Agar odamlarga imomlik qilsalar namozni yengilroq, o‘zlari yolg‘iz o‘qisalar uzunroq o‘qirdilar.

***
Agar yonboshlasalar o‘ng qo‘llarini o‘ng yonoqlari ostiga qo‘yardilar.

***
Agar qazoi-hojat qilmoqchi bo‘lsalar, yerga paslamagunlaricha kiyimlarini ko‘tarmasdilar.

***
Agar biror bir xursandchilik xabari yetsa, Allohga shukr qilgan holda sajdaga yiqilardilar.

***
Agar biron qavmdan xavf qilsalar: "Allohim, ularning qarshisiga biz Seni qo‘ygaymiz va Sendan ularning yomonligidan panoh berishingni so‘raymiz", derdilar.
***
Agar uylariga kirsalar, tishlarini misvoklardilar.

***
Agar biron bir kasalni ko‘rgani borib huzuriga kirsalar: "Hech qisi yo‘q, Alloh xohlasa gunohlardan poklanasan", derdilar.

***
Agar biror bir yoqtirgan narsalarini ko‘rsalar: "Allohga hamdu sano bo‘lsinkim, Uning ne’mat-(tavfiqi) ila solih amallar barkamol bo‘lur", derdilar.

***
Agar mayyitni dafn qilishdan forig‘ bo‘lsalar, qabr oldida turib: "Birodaringiz uchun istig‘for aytingiz va unga sobitqadamlikni so‘rangiz, chunki u xozir so‘ralmoqda", derdilar.

***
Agar ahli oilalaridan biron kishi betob bo‘lib qolsa, unga muavvizot ("Ixlos", "Falaq", "Nos" suralari)ni o‘qib dam solardilar.

***
Agar og‘rib qolsalar, muavvizotni o‘qib, o‘zlariga dam solar va badanlarini mas'h qilardilar.

***
Bolalar va ayollarga o‘ta mehribon edilar.

***
U zot sollallohu alayhi vasallam chimildiqdagi kelinchakdan ham hayoliroq edilar.

***
Eng ko‘p qiladigan duolari: "Robbimiz, bizga dunyoda ham yaxshilik va oxiratda ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin!", degan duo edi.

***
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam sukuti uzoq, kulgisi oz bo‘lgan zot edilar.

***
Soqollari mo‘l, haybatlari ulkan edi.

***
Tahajjud namozini hech qoldirmasdilar. Agar betob bo‘lsalar, namozni o‘tirib o‘qirdilar.

***
Safarda ham, hazarda ham to‘lin oy kunlarining ro‘zasini qoldirmasdilar.

***
Uxlaganlarida misvok boshlarining oldida turardi, agar uyg‘onsalar tishlarini masvoklardilar.

***
Tahoratlarida, oyoq kiyim kiyishlarida, soch tarashlarida va barcha ishlarida imkon qadar o‘ngdan boshlashni yaxshi ko‘rardilar.

***
Allohni har doim zikr qilardilar.

***
Zuho namozini to‘rt rakaat o‘qir va uni Alloh xohlaganicha ziyoda qilardilar.

***
Hadyani qabul qilar va uni munosib taqdirlardilar.

***
Agar yosh bolalarning oldidan o‘tsalar, ularga salom berardilar.

***
Dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutardilar.

© Abudavud Yusuf

Ahdga vafo qiling

«Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham O‘z ahdimga vafo qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. Yo‘lboshlovchisiz to‘g‘ri yo‘lga tushib bo‘lmaganidek, jannatga ham amalsiz yo‘l yo‘qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yig‘ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina,...

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar

Imom Marvaziy rohimahulloh aytdilar: «Allox, u bilan azobni daf etuvchi namoz kabi boshqa ibodatni bilmaymiz»....

Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi. Mening amalim ro‘zador bo‘lgan holimda ko‘rsatilishini istayman» (Imom Termiziy rivoyati)......

Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan duo

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqadigan bo‘lsalar, ulovlariga o‘rnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, so‘ngra...

Qur'on karim suralari nomi

١ - Fotiha - Ochuvchi ٢ - Baqara - Sigir ٣ - Oli Imron - Imron oilasi ٤ - Niso - Ayollar ٥ - Moida - Dasturhon ٦ - An'om - Chorvalar ٧ - A'rof- Jannat bilan Do‘zaxni ajratuvchi devor ٨ - Anfol - O‘ljalar ٩ - Tavba - Tavba......

Bandalik haqqi (burchi)

Abu Ayyub Ansoriydan rivoyat qilinadi___ Alloh Rasuli (s.a.v.) aytdilarki___ — Bir musulmonning boshqa bir musulmon birodaridan uch kundan ortiq gaplashmay ketishi, u bilan uch kundan ortiq araz bo‘lishi joiz emas......

Namozni o'tirib o'qish hukmi haqida

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning olamlarga rahmatlari tufayli, Alloh taolo bizga U zotni dinda yengillik va bag‘ri kengliklarga yo‘l ochish uchun yubordi. U zot o‘z ummatlariga farz amallarni ado etishni, xususan, bemor, uzri bor insonlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularga namoz o‘qishni oson qilib berdilar. U Zot namozning ba’zi ruknlarini...

Tonggi zikr

«Asbahnaa 'ala fitrotil Islaam va 'ala kalimatil ixlaas va 'ala diyni Nabiyyina Muhammad va 'ala millati abiyna Ibrohiyma haniyfam muslima va maa kaana minal mushrikiyn»....

Umraning fazli

Alloh taolo aytadi: «Haj va umrani Alloh uchun komil suratda ado qiling!» (Baqara: 196). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْعُمْرَةُ إِلَى الْعُمْرَةِ كَفَّارَةٌ لِمَا بَيْنَهُمَا وَالْحَجُّ الْمَبْرُورُ لَيْسَ لَهُ جَزَاءٌ إِلاَّ الْجَنَّةُ» (رواه البخاري) Abu Hurayra...

Anbiyolarning kasb-hunarlari

• Odam alayhissalom yer haydab, dehqonchilik qilganlar. – Idris alayhissalom tikuvchi bo‘lganlar. – Nuh alayhissalom duradgor bo‘lganlar....

Fikr qo'shish