Mo‘minlarni laqab bilan chaqirishning harom ekani

Mo‘minlarni laqab bilan chaqirishning harom ekani
Mo‘minlarni laqab bilan chaqirishning harom ekani


« Mo‘minlarni laqab bilan chaqirishning harom ekani »

“Laqab” so‘zi lug‘atda “ayblash, ustidan kulish, istehzo qilish” kabi ma’nolarni ifodalaydi. Bizning tilimizda “laqab qo‘yish, laqab to‘qish” deganda ham aynan shu ma’nolar ko‘zda tutiladi. Lekin arablarda “laqab” so‘zi ijobiy ma’noda ham qo‘llaniladi. Bunda u ma’lum bir shaxsning tanilgan ismi sifatida zikr qilinadi. Bu yerda kishini tahqirlash, ayblash ma’nolarini bo‘lmaydi, o‘ziga qo‘yilgan laqab bilan chaqirilayotgan kishi bundan rozi bo‘ladi. Masalan, Abu Bakr roziyallohu anhuning laqabi “Siddiq”, Umar roziyallohu anhuniki “Foruq”, Oisha roziyallohu anhoniki “Humayro”, Hamzaniki “Asadulloh”, Xolid ibn Validniki “Sayfulloh”, Ja’far ibn Abu Tolibniki “Tayyor” bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, aslida laqab asosan salbiy ma’noda birovni ayblash ma’nosida qo‘llaniladi.

Alloh taolo O‘zining Kitobida aytadi: “Ey mo‘minlar,(sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavm ustidan masxara qilib kulmasin – ehtimol (o‘sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroqdir. Yana (sizlardan bo‘lgan)ayollar ham (boshqa mo‘mina) ayollar ustidan masxara qilib(kulmasinlar) – ehtimol (o‘sha masxara qilingan ayollar)ulardan yaxshiroqdirlar. O‘zlaringizni (ya’ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqab qo‘yib olmanglar! Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya’ni, mo‘min kishining yuqorida man qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomon. Kim tavba qilmasa, bas, ana o‘shalar zolim kimsalardandir” (Hujurot, 11).
Ushbu oyatda Alloh taolo O‘zining mo‘min bandalarini boshqa mo‘min birodarlari ustidan masxara qilish, ularni ayblash, laqab qo‘yishdan qaytarmoqda. Balki ular ustidan kulib, laqab to‘qiyotgan odam Alloh taologa ulardan ko‘ra yaqinroqdir. Bu holda laqab qo‘yayotganlar Allohning mahbub bandalarini tahqirlab o‘z nafslariga katta zulm qilgan bo‘ladilar.

Shuningdek, mo‘mina-muslima ayollar ham o‘zlarining mo‘mina opa-singillari ustidan masxara qilishlari nahiy qilinmoqda. Ular bilmaydilar, balki ular masxara qilayotgan mo‘minalar taqvo va solih amallarda ulardan ustundirlar.

E’tibor beradigan bo‘lsak, mazkur oyatda “birodarlaringizni masxara qilmang” ma’nosi “o‘zingizni masxara qilmang” deb ifodalanmoqda. Bundan, mo‘minlarni masxara qilish, ularga laqab qo‘yish o‘zini masxara qilish bilan teng ekani kelib chiqadi.

Bandalar Allohga iymon keltirib, mo‘minlik sharafiga erishganlaridan so‘ng bir-birlariga laqab qo‘yib fosiqona ism bilan ismlanishlari qandoq ham yomon! Kimki mo‘min va mo‘minalarga laqab qo‘yishni bas qilmasa, Allohga tavba qilmasa, ular o‘zlariga zulm qilgan, isyon ishlari bilan Allohning azobini sotib olgan bo‘ladilar.

Muqotil aytadi: “Alloh taoloning bu oyati Bilol, Salmon, Ammor, Xabbob, Suhayb, Fuhayra, Huzayfaning mavlosi Solimlar ustidan maszara qilgan Bani Tamim qabilasi haqida nozil bo‘lgan” (Abu Hotim rivoyati).

Ato: “Bir-biriga laqab qo‘yish biron mo‘minni Islomga xos bo‘lmagan ismlar bilan – ey cho‘chqa, ey it, ey eshak, deb chaqirishdir”, deb aytgan (Abd ibn Humayd va Ibn Munzir rivoyati).

Ibn Abbos roziyallohu anhu: “Bir-biriga laqab qo‘yish bir kishi avvalda yomon – gunoh ishlarni sodir etib, so‘ng tavba qilgach, uning o‘tgan gunohlarini yuziga solib ayblashdir”, degan(Ibn Jarir Tabariy rivoyati).

Rasululloh sunnatlarida bu dunyo va oxirat uchun foydalar bor

Qorinni yerga qaratib yotmang! Tixfatul G‘iforiy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda chalqancha holatda uxlab yotganimni ko‘rib qoldilar. Oyoqlari bilan turtib: “Bu uyqu nimasi?! Buni Alloh yomon ko‘radi”, dedilar» (Imom Ibn Moja rivoyati)....

Ahdga vafo qiling

«Ey Odam farzandi! Sizlarga in’om qilgan ne’matimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Shunda Men ham O‘z ahdimga vafo qilaman. Mendangina qo‘rqinglar. Yo‘lboshlovchisiz to‘g‘ri yo‘lga tushib bo‘lmaganidek, jannatga ham amalsiz yo‘l yo‘qdir. Shuningdek, mol mashaqqatsiz yig‘ilmaydi. Xuddi shunday ibodatimga ham sabr qilsangizlargina,...

5 mahal namoz oʻqiydigan odam bir kunda

5 mahal namoz oʻqiydigan odam bir kunda: - 40 marotaba “Bismillah” - 40 marotaba “Fotiha surasi” - 80 marotaba “Ar-Rahmon” - 80 marotaba “Ar-Rohim” - 213 marotaba “Allohu Akbar”......

Eng chiroyli duo

Paygambarimiz Muxammad salalloxu alayxissalom "DUO xam IBODATdir” deb marxamat kilganlar.🌙 Paygambarimiz alayxissalom "NAMOZlari so‘ngida ushbu DUOni o‘qiganlar: -Ey Robbimiz, bizga bu DUNYoDA xam oxiratda xam yaxshilikni bergin va bizni(do‘zax)azobidan saqlagin......

Eng oson zikrlar (taxorat shart emas)

Allohning zikri ulug‘ fazilat bo‘lishiga qaramay, Alloh taolo uni shunday oson qildiki, uni qilish uchun biror narsa shart emas. Agar tahorat bilan qiblaga yuzlanib, fikrni bir joyga qo‘yib, zikr qilishga qodir bo‘lsa, juda yaxshi. Lekin uning iloji bo‘lmasa, aylanib, yurib, turib, o‘tirib va ish qilib bo‘lsa ham, har holatda bu ibodatni qilish...

🌱Rizq Allohdan...

Naql qilishlaricha, Sulaymon alayhis salom dengiz sohilida o‘tirgan edilar, to‘satdan bug‘doy donini ko‘tarib, dengiz tomon o‘rmalayotgan chumoliga ko‘zlari tushib qoldi......

Baxt so'zi

Baxt so'zi Qur'onning birgina joyida kelgan: "BAXTIYORLAR JANNATDADIRLAR UNDA MANGU QOLUVCHILARDIRLAR" (XUD SUR'ASI 108-OYAT)...

Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba

Alloh taolo barcha sahobalardan rozi bo‘lsin! Asharai mubashshara bil jannah (Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba)......

To‘rt narsadan g‘aflatda qolmang!

Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy rohimahulloh aytadi: «To‘rt narsadan g‘aflatda qolgan to‘rt kishiga hayronman: Birinchisi g‘am-g‘ussaga botgan odam. U qanday qilib Yunus alayhissalomning Qur’onda kelgan, «Laa ilaaha illaa anta, subhaanaka, innii kuntu minaz-zolimiyn» (Sendan o‘zga iloh yo‘q, Seni poklab yod etaman! Men o‘zimga zulm qilib...

Taom pishirayotganda

Taom pishirayotganda "Ixlos" surasini o‘qimoqlik, taomni yeyuvchilarni hidoyat va ixloslariga vasila bo‘ladi......

Fikr qo'shish