Kahf surasining fazilatlari

Kahf surasining fazilatlari
Kahf surasining fazilatlari


«Kahf» so‘zi arab tilida g‘or ma’nosini anglatadi. Suradagi asosiy qissa qahramonlari Robbilariga iymon keltirgan yosh yigitlar o‘z zamonlari podshohi zulmidan qochib, iymonlarini saqlash maqsadida bir g‘orga kirib oladilar va o‘sha yerda ilohiy mo‘’jiza sodir bo‘ladi. Suraning nomi ham shundan olingan.

«Kahf» surasi haqida Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamdan bir qancha sahih hadislar rivoyat qilingan.

Baro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Bir kishi Kahf surasini o‘qir edi. Uning oldida ikkita arqonga bog‘langan ot bor edi. Otni bulut o‘rab oldi va bulut aylanib unga yaqinlasha boshladi. Ot esa undan cho‘chib qochdi. Bu veqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan sahobiy bo‘lgan voqeani Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga aytib berdi.
Shunda Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «U Qur’on tilovati uchun tushgan sakiynadir (ya’ni, farishtadir)», dedilar". (Buxoriy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «Kahf» surasining oxirgi o‘n oyatini o‘qisa, Dajjol fitnasidan omonda bo‘ladi», deganlar. (Ibn Hibbon rivoyati).

Boshqa bir hadisda: «Kim «Kahf» surasining avvalidan o‘n oyatni yod olsa, Dajjol fitnasidan saqlanadi», deyilgan.
(Muslim rivoyati.)

«Kim jum’a kuni «Kahf» surasini o‘qisa, Alloh taolo u uchun ikki juma oralig‘ida nur beradi». (Alboniy sahih degan).

«Kim jum’a kuni «Kahf» surasini o‘qisa, qadami ostidan nur chiqib, osmoni falakka ko‘tariladi, qiyomat kuni shu nur unga yorug‘lik berib turadi va ikki jum’a oralig‘idagi gunohlari mag‘firat qilinadi». (Munziriy «Targ‘ib va tarhib»).

Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba

Alloh taolo barcha sahobalardan rozi bo‘lsin! Asharai mubashshara bil jannah (Jannat xushxabari berilgan o‘n sahoba)......

Muloyimlik go‘zal hislatdir!

...Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga “Menga nasihat qiling" dedi. ..."Qayerda bo‘lsang ham, Allohdan qo‘rq" dedilar. ..."Yana ko‘paytiring", dedi......

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin

Jannat shaydolariga Allohning salomi bo‘lsin!!!! Kunini Robbisi ila suxbat, bomdod namozi ila boshlaganlar naqadar baxtlilar😊......

Biz bilan Allohni zikr qiling

اللَّهُمَّ مَا أَصْبَحَ بِي مِنْ نِعْمَةٍ، أَوْ بِأَحَدٍ مِنْ خَلْقِكَ، فَمِنْكَ وَحْدَكَ لاَشَرِيكَ لَكَ، فَلَكَ الْحَمْدُ وَلَكَ الشُّكْرُ Allohumma maa asbaxa biy min ni'matin, av bi axadin min xolqika, fa minka vaxdaka laa shariyka-laka, falakal-xamdu valakash-shukr....

Duoning ijobat bo‘lish vaqtlari

Alloh taolo duoning ijobat bo‘lish vaqti va o‘rinlarini muayyan va xos turlarga ajratib, birini boshqasidan afzal qildi......

Qabrda bo‘ladigan savol javoblar

1)Robbing kim? -Robbimiz Alloh 2)Dinning qaysi? -Dinim Islom! 3)Payg‘ambaring kim? -Payg‘ambarim Muhammad (S.A.V)! 4)Kitobing qaysi? -Kitobim Qur'oni Karim! 5)Tilaging nima? -Tilagim iymon!......

Hayit namozi qanday o'qiladi?

1. Alloh rizoligi uchun Ramazon hayiti namozini o‘qishga niyat qilinadi. 2. Imom “Allohu akbar” deya takbir aytgach jamoat ham qo‘llarini ko‘tarib, ichida iftitoh takbiri (Allohu akbar)ni aytadi....

Tiling bilan diling bir bo'lsin

"Ey Odam farzandi! Tavbasi nuqsonli, orzuhavasi uzun kishilar jumlasidan bo‘lma. Oxiratni amalsiz umid qiladiganlardan bo‘lma. Obidlarning gapini gapirib, munofiqlarning amalini qiluvchilardan bo‘lma. Agar bersa, kanoat etmaydigan, bermasa, sabr kilmaydiganlardan bo‘lma......

O'tganlar haqiga o'qiladigan duo

Assalomu alaykum! Uzur ustozlar mening dindan savodim xali yaxshi emas xudoga shukur yakinda namoz ukishni boshladim. savolim shunday kaysi duoni ukib yursa utgan avlod ajdodlar uchun yaxshi buladi yo sura oyatlarnimi.. raxmat nomakul savol bergan bulsam uzur......

Farishtaning duosi (o'qing faqat yig'lamang)

Uni kasalxonaga og‘ir axvolda olib kelishdi. Kuchli zarbalardan ichki a’zolari ham yorilib ketgan edi. Tezkor guruh chaqirilmagunga qadar bu ishni kim qilganini shifokorlar bila olmadi. Bolaning tepasida izzillab yig‘layotgan ona ko‘ksiga mushtlar, ammo nimanidir yashirayotgani ko‘zlaridan ma’lum edi......

Fikr qo'shish