Oxirat hovlisi silsilasi: O‘LIM (12/12)

Oxirat hovlisi silsilasi: O‘LIM (12/12)
Oxirat hovlisi silsilasi: O‘LIM (12/12)


Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Alloh taolo dedi: Ey Odam bolasi, madomiki sen Menga duo qilib, Mendan umidvor turar ekansan, gunohing qanaqa bo‘lishdan qat’iy nazar, (ularning ko‘pligiga ham) parvo qilmasdan mag‘firat etaman. Ey Odam bolasi, agar gunohing bulutlarga qadar yetsa-da, Mendan istig‘for tilasang, seni mag‘firat etaman. Ey Odam bolasi, agar sen huzurimga yer yuzini qoplaydigan gunohlar bilan kelsang va Menga hech narsani sherik qilmagan holda ro‘baro‘ bo‘lsang, men seni yer yuzini qoplaydigan mag‘firat bilan qarshi olaman!» (Hasan hadis, Sahihul-jomi’: №4338, Termiziy: 2/270).Dunyoga ham harakat qilavering, borliqni obod etishdan qolmang, mol-dunyo va tijoratdan ham yuz o‘girmang, faqat bir shart bilanki, haloldan toping va Alloh jalla va aloning haqqini ado eting.

Men sizni dunyodan yuz o‘girishga chorlamayman, hayotdan umidsizlantirishni ham istamayman. Bor-yo‘g‘i avvalo o‘zimga, keyin esa sizga dunyo oxirat uchun ekinzor ekanini eslatib qo‘yishni istayman. Shunday ekan, foniy hovlini deb boqiylik hovlisidan mahrum bo‘lib qolish yaramaydi. Ertaga barchamiz bu dunyodan ketamiz va Alloh taolo huzuriga qaytamiz. O‘shanda sizga faqat o‘zingiz bilan birga olib kelgan amalingiz foyda beradi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Mayyitga uch narsa – moli, ahli va amali ergashib boradi. So‘ng ikkitasi qaytib ketib, bittasi qoladi. Ahli va moli qaytadi va amali qoladi» (Buxoriy: №6514, Muslim: 2960, Termiziy: №2380).
Qabrga kirarkansiz, hol tili bilan sizga shundoq xitob qilinadi:

Yer bag‘rini tilib, o‘ydilar,
Qabr yasab, seni qo‘ydilar.
Hisob uchun turganing onda
Asqotmagay senga hech banda.

Ha, endi u onda sizga dunyoda qilgan amalingiz-u, Abadiy Barhayot Zotning rahmatidan o‘zga hech narsa naf bermaydi.

Taomning avvalida «Bismillah» degin

Umar ibn Abu Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Taomning avvalida «Bismillah» degin, o‘ng qo‘ling bilan yegin va o‘z oldingdan yegin», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyati....

Hammaga yaxshilik qiling

Ey insonlar! Aniqki, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan qalblarga shifo bo‘lib pand-nasihat keldi. Nega faqat sizga yaxshilik qilgan kishigagina yaxshilik qilasiz, sizga bog‘langan kishigagina bog‘lanasiz, sizga yedirgan kishigagina yedirasiz, sizni hurmat qilgan kishinigina hurmat qilasiz?! Birovning yana birovdan afzal joyi yo‘q......

Ulug' zotlar tahorat haqida

1. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu: «Agar qalblarimiz pok bo‘lsa, Robbimizning kalomidan to‘ymaydi», degan......

Mal’un iblis birgina sajda sababli

🌱🌹Mal’un iblis birgina sajda sababli Allohning rahmati-yu jannatidan quvilgan ekan, kuniga besh vaqt namozni tark qilgan kishining ahvoli qanday bo‘larkin?...

Qachongacha?..

«Ey Odam farzandi! Meni kimga shikoyat qilyapsan? Holbuki, shikoyat qilishing (uchun) Menga barobar zot yo‘q! Qachongacha Meni unutasan, holbuki buni sendan talab qilmadim?!......

Banda zurriyotlarini salohiyatli bo‘lishi yo‘lida

Banda zurriyotlarini salohiyatli bo‘lishi yo‘lida uch narsadan ko‘ra afzal ko‘mak topa olmaydi......

Yaratilish mazmuni

«Ey Odam farzandi! Sizlarni avval oz bo‘lib, keyin ko‘paytirish uchun xalq qilmadim. Qo‘rqinchda Menga hamroh bo‘lish uchun yo ojiz bo‘lib qolganimda yordam so‘rash uchun yoki manfaat hosil qilish uchun yoxud zararni daf etish uchun sizlarni yaratganim yo‘q. Balki uzoq vaqt Menga ibodat qilib, ko‘p shukr keltirib, ertayu kech Menga tasbeh...

Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika

«Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika». Ya’ni «Allohim, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin»...

Umraning fazli

Alloh taolo aytadi: «Haj va umrani Alloh uchun komil suratda ado qiling!» (Baqara: 196). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «الْعُمْرَةُ إِلَى الْعُمْرَةِ كَفَّارَةٌ لِمَا بَيْنَهُمَا وَالْحَجُّ الْمَبْرُورُ لَيْسَ لَهُ جَزَاءٌ إِلاَّ الْجَنَّةُ» (رواه البخاري) Abu Hurayra...

Siz bilgan va bilmagan namozlar

1. FARZ namoz. 2. SUNNAT namoz. 3. VITR namoz. 4. TAROVEH namoz. 5. MUSOFIR namoz. 6. JUMA namoz......

Fikr qo'shish