«ISLOM» va «SALOM» so‘zlari orasidagi bog‘liqlik

«ISLOM» va «SALOM» so‘zlari orasidagi bog‘liqlik
«ISLOM» va «SALOM» so‘zlari orasidagi bog‘liqlik


* «ISLOM» va «SALOM» so‘zlari orasidagi bog‘liqlik:

1. Islom dinini yuborgan Zot Alloh taoloning ismi As-Salom;

2. Islom dinining nomi ham, mohiyati ham – tinchlikdir;

3. Haqiqiy va abadiy tinchlik olami bo‘lmish jannatning nomi ham Dorus-Salom;

4. Islom diniga kirgan odam bu dunyoda ham, oxiratda ham tinchlikka erishadi;

5. Islomga amal qiladigan musulmondan faqat tinchlik va yaxshilik ko‘riladi;
6. Musulmon kishi har kuni «salom» so‘zini Parvardigori bilan bo‘ladigan muomalasida ham, odamlar bilan bo‘ladigan muomalasida ham takror-takror aytib turadi.

* Islom nima uchun turli-tuman millatlarning qalblarini o‘ziga rom qilib oldi? Qanday qilib ularni bir-birlari bilan tinch-totuv yashaydigan qilib qo‘ydi?

* Alloh taolo nido qilmoqda:

{يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا ادْخُلُوا فِي السِّلْمِ كَافَّةً} الآية 208 من سورة البقرة.

«Ey iymon keltirgan insonlar, to‘la holdagi tinchlikka – islomga kiringiz! (Ya’ni, islomning ba’zi hukmlariga itoat qilib, ba’zilariga itoat qilmaydigan kimsalardan bo‘lmangiz, Islom diniga chinakam amal qilinglar)!»

(Baqara surasi, 208-oyat)

«Go‘zal xulqlar» silsilasi /«Bashariyat yaralganidan beri qidirib keladigan ne’mat (1)» darsidan lavha

•┈┈┈┈•✿❁✿•┈┈┈┈•

Alloh kibrlilarni suymas

Ey Odam farzandi! Alloh guvohlik beradiki, Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Farishtalar, ilm egalari adolatda barqarordir. Hakimu Aziz Zotdan o‘zga iloh yo‘q. Albatta Alloh nazdidagi (maqbul) din Islom (dini)dir. Kimki Islomdan boshqa dinni xohlasa, (bu «dini») undan hech qachon qabul etilmaydi. Oxiratda u kimsa ziyon ko‘rguvchilardan bo‘ladi......

Sajda qiladigan jay kichik

Sajda qiladigan jay kichik, sajda paytidagi ruhiyat butun olam va undagi narsalardan kengroqdir!...

Rasululloh va ahli bayt

Tog‘alari: Abduyag‘us ibn Vahb ibn Abdumanof ibn Zuhra (Islom davriga yetib kelmagan)......

Odam alayhissalomning qabrlari qayerda?

Odam alayhissalomning qabrlari qayerda? Savol:   1. Nima uchun oy Islom ramzi sifatida tanlangan? U nimani anglatadi? 2. Odam alayhissalom va Momo Havvoning qabrlari qayerda? Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym......

Muhabbat nima ?

Muhabbat bu- Rosululloh sallollohu alayhi va sallam hijrat qilgan kechalarida u zotning o‘rinlarida to‘shakda uxlagan Ali roziyollohu anhudir. U Rosululloh sallollohu alayhi va sallamni qavmlari o‘ldirish uchun jamlanganini bilar va bu to‘shakda u zotning o‘rnilarida qatl qilinishiga aniq ishonar edi......

Osmonda yulduzlar nur sochgan onda

Osmonda yulduzlar nur sochgan onda, Bir uyga osmon ham qaraydi hayron, U qanday uy ekan deb so‘raganda, U uyda o‘qilar har tun bu Qur’on...

Duoda nimalar so'raladi?

Banda qo‘lini duoga ochib, Allohga iltijo qilar ekan, quyidagilarni so‘rashi tavsiya etiladi......

Saodat_sabablari

1. Solih amal. ''Erkakmi yo ayolmi — kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, Biz unga pokiza hayot ato eturmiz''... Nahl surasi 97-oyat......

Namozni o'tirib o'qish hukmi haqida

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning olamlarga rahmatlari tufayli, Alloh taolo bizga U zotni dinda yengillik va bag‘ri kengliklarga yo‘l ochish uchun yubordi. U zot o‘z ummatlariga farz amallarni ado etishni, xususan, bemor, uzri bor insonlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularga namoz o‘qishni oson qilib berdilar. U Zot namozning ba’zi ruknlarini...

Siz bilgan va bilmagan namozlar

1. FARZ namoz. 2. SUNNAT namoz. 3. VITR namoz. 4. TAROVEH namoz. 5. MUSOFIR namoz. 6. JUMA namoz......

Fikr qo'shish